Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


-§. Islom Karimov - mustaqil 0 ‘zbekistonning



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

4-§. Islom Karimov - mustaqil 0 ‘zbekistonning
birinchi Prezidenti
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvi- 
ning yangi, zamonaviy va samarali tizimi shakllana boshlandi. Bosh- 
qaruvning Prezidentlik shakli mazkur tizim 
0
‘zagini tashkil etdi.
1991-yil oxirida 0 ‘zbekiston hayotida tom ma’noda ulkan tari- 
xiy voqea sodir bo‘ldi. 29-dekabrda xalqimiz uzoq yillik mustamla- 
kachilikdan so‘ng tom ma’nodagi mustaqillik ramzi sifatida birinchi 
bor umumxalq xohish irodasi bilan mustaqil 0 ‘zbekiston Respubli- 
kasi Prezidentini sayladi. 0 ‘zbekistonda demokratik jarayonlaming 
yangi bosqichi shu sanadan boshlanadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bu tarixiy voqea juda katta mehnat, siyosiy faollik, milliy bir- 
lik, g ‘oyalar va maqsadlar mushtarakligi mahsuli bo‘ldi. Bu sharafli 
ishni Markaziy saylov komissiyasi, 13 saylov okrugi va qariyb 7 
mingta uchastka saylov komissiyasi amalga oshirdi. Asosiy vazifa 
0 ‘zbekiston Respublikasi referendumi to‘g‘risidagi va 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentini saylash haqidagi qonunlar talablarini 
og‘ishmay amalga oshirish - bir tomondan millionlab fuqarolarga 
o‘z konstitutsion huquqidan foydalanishda, xohish-irodalarini erkin 
bildirishda, ikkinchi tomondan prezidentlikka nomzodlarga ulaming 
saylovoldi kurashida teng sharoit yaratib berishdan iborat edi.
Referendum va saylovga tayyorgarlik jarayonida Markaziy say­
lov komissiyasi eng aw alo saylovga doir barcha hujjatlami mar- 
kazlashtirilgan holda tayyorlash va joylarga o ‘z vaqtida yetkazish 
choralarini ko‘rdi. Bu vazifa muvaffaqiyatli hal etildi. Xususan refe­
rendum va Prezident sayloviga doir byulletenlar barcha saylovchilar- 
ga yetadigan miqdorda - o ‘n bir million nusxada chop etildi.
Prezidentlikka nomzodlar har birining saylovoldi dasturlari aks 
ettirilgan 301 ming nusxadan iborat plakat, nomzodlar har birining 
40 ming nusxadan saylovchilarga murojaatnomalari chop etildi.
Markaziy saylov komissiyasi saylovoldi kompaniyasida nom­
zodlar uchun teng sharoit yaratish, ularga o‘z saylovoldi dasturlarini 
ommaviy axborot vositalarida e’lon qilishga bir xil imkon yaratish 
masalalariga Prezident saylovi haqidagi qonun talablaridan kelib 
chiqqan holda alohida e’tibor berdi.
Umumxalq Prezident saylovlari mamlakat tarixida ilk bor 
o ‘tayotganini, saylovchilarimizda hali yetarli tajriba va ko‘nikma 
yo‘qligini inobatga olib, bu tadbimi uyushqoqlik bilan ko‘tarinki 
ruhda o ‘tkazish maqsadida faollar keng ko‘lamda jalb qilindi. Say­
lov komissiyalari ishida 75 mingdan ziyod kishi qatnashdi. Saylov
4 6


komissiyalariga yordam tariqasida Oliy Kengash va mahalliy 
kengashlar deputatlari samarali faoliyat ko‘rsatishdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi saylovlari muqobillik asosida o‘tdi. 
Oliy lavozimga ikki nomzod - 0 ‘zbekiston XDP va 0 ‘zbekiston 
kasaba uyushmalari federatsiyasi nomzodi I.A. Karimov va «Erk» 
demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) 
nomzodi qo‘yildi.
Saylovlar yakuniga ko‘ra 8 million 514 ming 136 ovoz yoki 
ovoz berishda qatnashganlaming 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 
1 million 220 ming 474 saylovchi (12,3%) Saloy Madaminov nom­
zodini yoqlab ovoz berdi.
Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis ba- 
yonlarini ko‘rib chiqib, 0 ‘zbekiston Respublikasi Preziden- 
ti saylovi to‘g ‘risidagi qonunning 35-moddasiga asosan Islom 
Abdug'aniyevich Karimovni 0 ‘zbekiston Respublikasi Preziden- 
ti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi. Shuni alohida 
ta’kidlash joizki, respublikaning barcha hududlarida saylov uyush- 
qoqlik bilan, qonunlarga qat’iy amal qilingani holda saylovchilar- 
ning yuksak faolligida o ‘tdi. Saylov puxta tashkil etilgani, saylovlar- 
ning o ‘tkazilishi va uning natijalarini hisoblab chiqish qonun asosida 
adolatli tashkil etilgani MDH m^nlakatlari, shuningdek, AQSH, 
Turkiya va Malayziyadan hamda % qator xalqaro tashkilotlardan 
kelgan betaraf kusatuvchilar tomonidan e’tirof etildi.
Saylovlar natijalari o ‘zbek xalqining mustaqil taraqqiyot va ri- 
vojlanishning yutuqlarini I.A. Karimov shaxsi, uning dono siyosati
tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan bog‘lashining yaqqol dalili edi.
*
*
*

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin