Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«O‘zbekiston» 
degan yozuvlar tilla 
rangda, g‘o ‘za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, tog‘lar 
havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq 
rangda, 0 ‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i tasvirlangan 
lenta to‘rt xil rangda berilgan. 
^
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1^2-yil 10- 
dekabrida b o iib c^tgan XI sessiyasida « 0 ‘zbekiston Respublikasi­
ning Davlat madhiyasi to‘g ‘risida»gi qonun qabul qilindi. Sessiyada 
shoir Abdulla Oripov va 
bastakor Mutal Burhonov tomonidan tay- 
yorlangan quyidagi madhiya varianti tasdiqlandi:
Serquyosh hur o‘lkam, elga baxt najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon. 
Yashnagay to abad ilm-u fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
N a q o r a t:
Oltin bu vodiylar - jon 0 ‘zbekiston 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo ‘sh urgan zamon 
Olamni mahliyo aylagan diyor!
i t
Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
43


Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Xalq sevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!
N a q o r a t:
Oltin bu vodiylar - jon 0 ‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo ‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor.
0 ‘zbekiston mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lgan kundanoq 
dastlab mustaqillikka erishgan Boltiqbo‘yi respublikalari bilan teng 
huquqli davlat sifatida munosabat o ‘matish uchun harakat boshladi. 
1991-yilning 30-sentabrida respublika Oliy Kengashi Latviya, Lit- 
va va Estoniya respublikalari mustaqilligini e’tirof etish to‘g ‘risida 
qaror va shu respublikalar Oliy Kengashlariga Murojaatnoma qabul 
qildi. Jumladan, Latviya Respublikasining Oliy Kengashini, butun 
xalqini Latviya to‘la davlat mustaqilligiga erishganligi, u xalqaro 
ko‘lamda keng tanilganligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qa­
bul qilinganligi bilan tabrikladi. Tabriknomada, jumladan, shunday 
so‘zlar bitilgan edi:
«Latviya bilan 0 ‘zbekiston o ‘rtasidagi munosabatlar an’anaviy 
do‘stlik ruhida bo‘lib, xayrixohlik va ikkala respublikaning suvere- 
nitetini tan olish prinsiplariga asoslanadi. Mustaqil 0 ‘zbekiston bun- 
dan buyon teng huquqlilik va o‘zaro hurmat asosida har tomonlama 
iqtisodiy va madaniy aloqalami sifat jihatidan yangi darajada davom 
ettirish niyatida.
Latviya xalqiga mustaqil demokratik davlat qurilishida katta 
muvaffaqiyatlar, baxt va ravnaq tilaymiz».
Xuddi shu mazmundagi murojaatnomalar Litva va Estoniya 
Respublikalari Oliy Kengashlari nomiga ham yuborildi. Mustaqil- 
lik qo‘lga kiritilgan davrdan boshlab 0 ‘zbekiston tarixida mutlaqo 
yangi davr boshlandi.
0 ‘zbekiston o ‘z suverenitetini qo‘lga kiritgandan so‘ng bu haq- 
da respublika ichkarisida ham, uning tashqarisida ham ayrim kishilar 
turlicha qarashlami ilgari surdilar. Jumladan: « 0 ‘zbekiston osongi- 
na, kurashsiz mustaqil bo‘lib oldi», - degan fikrlar paydo boidi. 
To‘g‘ri, 1991-yilning o ‘rtalariga kelib sobiq SSSRning yemirilishi, 
Ittifoq hukumati esa boshqaruv jilovini qo‘ldan chiqarib yuborgan- 
ligi tufayli mustaqillikka erishish uchun qulay tarixiy shart-sharoit 
paydo bo‘ldi. Biroq, tarixiy tajriba shuni isbotladiki, o‘ta murakkab
4 4


rahbarlik siyosatining muhim jihatlaridan biri hal qiluvchi qadamni 
to‘g ‘ri belgilash va qat’iy harakat boshlashdan iborat.
0 ‘zbekiston rahbariyati ana shunday donolik bilan harakat qildi, 
eng qulay paytdan dadillik bilan foydalanib, respublikaning davlat 
mustaqilligini e’lon qildi.
Mustaqillik bu in’om emas, balki butun xalqning, millionlaming 
uzoq yillik intilishi tufayli qo‘lga kiritilgan tarixiy kurashning nati- 
jasi - buyuk g‘alaba. Zotan, 0 ‘zbekistonning davlat mustaqilligiga 
ega bo‘lganligi buyuk tarixiy ahamiyatga ega voqea hisoblanadi. 
Chunonchi:

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin