A.Hidoyatov nomidagi drama teatri, «Ilhom» teatr studiyasi, Rus
yosh tomoshabinlar teatri shu jihatdan ibratli ishlar qildilar. Na-
voiy nomidagi teatr balet truppasining
Malayziya va Tailandga,
A.Hidoyatov nomidagi teatrining Angliya, Shotlandiya va Germani-
yaga, Rus bolalar teatrining Qohiraga safarlari shular jumlasidandir.
Shu yillarda o‘zbek teatrlari sahnasida yangi zamonaviy mav-
zudagi asarlar namoyish etila boshlandi. Jumladan, 1992-yilning
o ‘zidagina Abror Hidoyatov nomidagi o‘zbek davlat drama teatri
ijodiy jamoasi mashhur italyan komediyanavisi
Karlo Gashinning
«Malikai Turandot» spektaklini, Muqimiy nomidagi o ‘zbek davlat
musiqali teatri jamoasi esa «Shum bolaning sarguzashtlari» va ko-
mediya janrida yaratilgan «Mening oppoq kabutarlarim» spektakl-
larini, shuningdek, Yunus Rajabiy nomidagi
Jizzax musiqali drama
teatri A.Navoiyning «Layli va Majnun» dostoni asosida yaratilgan
asarlami sahnaga qo‘ydilar. Bu spektakllar tomoshabinlar tomonidan
yuqori baholandi.
Uzoq yillardan buyon taqiqlab kelingan Amir Temur mavzusida
Qashqadaryo viloyat musiqali drama va komediya teatridan so‘ng
respublikamizda ikkinchi boiib, Hamza nomidagi o‘zbek Davlat
akademik drama teatrida jahongir hayoti haqidagi drama sahnaga
qo‘yildi.
Milliy istiqlolning ikki yilligi arafasida poytaxtimizning qa-
tor teatrlarida ygngi sahna asarlarining ko‘riklari bo‘lib o‘tdi.
A.Hidoyatov nomidagi o ‘zbek Davlat
drama teatrida jahon badiiy
xazinasining oTmas durdonalaridan biri Abdulqosim Firdavsiyning
«Shohnoma» asarining 1000 yilligiga bag‘ishlab mazkur asar aso
sida «Faridun» nomli ikki qismli fojia sahnalashtirildi. Shuningdek,
Abdulhamid ChoTpon qalamiga mansub, badiiy jihatdan yaxshilik,
chin muhabbat,
insof-diyonat ulugTanib, fisq-u fasod hamda tajo-
vuzkorlik keskin qoralangan «Yorqinoy» pyesasi ham yana sahna
yuzini ko‘rdi. A.Majidiy nomidagi Kattaqo‘rg‘on shahar drama te
atrining ijodiy jamoasi mazkur tomoshani o‘z muhlislariga taqdim
etdilar. 1993-yilning avgust oyida Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat
musiqali drama va komediya teatri jamoasi dramaturg Erkin Saman-
daming «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy
dramasini ham sahnaga
qo‘ydi.
Markaziy Osiyo xalqlari teatrlarining o‘zaro ijodiy hamkorli-
gi yoTga qo‘yildi. Mazkur soha jamoalarining, 1992-yilning 26-
martidan to 4 aprelgacha «Navro‘z-92» xalqaro anjumani o'tkazildi.
Anjumanda Tojikistonning «Axorun» teatri «Yo‘qolgan Yu
suf xonadonga qaytadi», Turkmaniston Davlat yoshlar tajriba teatri
5 2 9
«Dali Dumbul», Lohutiy nomidagi Tojikiston Akademik drama te-
atri «Asrga tatigulik kun», A.Hidoyatov nomidagi o‘zbek Davlat
drama teatri «Iskandar», Qirg‘iziston Akademik drama teatri «Aykul
manas» («Ajoyib manas»), Y.Shakaijonov nomidagi Farg‘ona vilo-
yat musiqali drama va komediya teatri «Toshkentga sayohat» tanlov
spektakllarini namoyish etdilar.
4-aprel kuni «Navro‘z-92» xalqaro teatr bayramining g ‘oliblari
e’lon qilindi. Oliy mukofot (Gran-Pri) -
Turkmaniston Davlat yosh-
lar teatrining «Dalli Dumbul» spektakliga, Xalqaro Teatr uyushmala-
ri konfederatsiyasining maxsus mukofoti - Y.Shakaijonov nomidagi
Farg‘ona viloyat musiqali drama va komediya teatrining «Toshkent
ga sayohat» komediyasiga berildi.
Yuksak rejissyorlik mahorati uchun «Asrga tatigulik kun» spek-
takli rejissyori Ozarbayjon Mambetov (Qozog‘iston), milliy qadri-
yatlami tiklash yoTidagi katta xizmatlari uchun - Qirg‘izistonlik
san’atkorlaming «Buyuk qalbi manas» spektakliga, rejissuradagi
yangi uslub va shakl izlanishlari uchun Abror Hidoyatov nomidagi
o‘zbek davlat drama teatrining «Iskandar»
spektakli rejissyori Ba-
hodir YoTdoshevga Xalqaro Teatr uyushmalari konfederatsiyasining
maxsus mukofoti berildi.
1993-yil iyul-avgust oylarida 0 ‘zbekiston mustaqilligining ikki
yilligiga bag‘ishlab Navoiy viloyatida tumanlararo do‘stlik festival-
lari boTib o‘tdi.
Bu bayram festivallarida xalqlarimiz o'rtasidagi do‘stlik, mehr-
oqibat, milliy an’analar va qadriyatlarimizga hurmat tarannum etildi.
Bizda bayramlar ma’lum sanalar atrofida,
sanalami nishon-
lashdan iborat boiibgina qolmaydi. U ayni tafakkur tarzimizni
o ‘zgartiradigan, mustaqillik va Vatanga boTgan tuyg‘ularimizni jon-
lantiradigan qudratli omilga aylandi. Biz ayni ana shu bayramlar va
yubileylar orqali,
Dostları ilə paylaş: