Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


yuk kelajagimizga ishonchimizni mustahkamlash demakdir



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə288/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

yuk kelajagimizga ishonchimizni mustahkamlash demakdir.
Muhtaram yurtdoshlar!
Samarqand - azaliy buyuk va daholik qudrati mujassam boTgan, 
Alloh nazari tushgan maskan. Uning jahon ilm-u fani, madaniyati va 
san’ati rivojiga qo‘shgan katta hissasi, siz muhtaram shahar ahlining 
ko‘p asrlik m a’naviy merosimizni asrab-avaylab kelayotganingiz va 
mustaqil 0 ‘zbekiston shon-shavkatini oshirishdagi g ‘oyat katta xiz- 
matlaringiz uchun Samarqand shahri «Amir Temur» ordeni bilan 
taqdirlangan edi.
Bugun men uchun sharafli vazifani ado etish - qadrdon va aziz 
shahrimiz bayrog‘iga ana shu ordenni qadab qo‘yish nasib etdi.
Bu quvonchli voqea Amir Temur bobomizning muborak taval- 
lud kunlarini nishonlash paytida, u zotning muhtasham haykali fayz 
bag‘ishlab turgan shu go‘zal maydonda sodir boTmoqda. Bu albatta, 
teran ma’no va mazmunga ega.
Qadrli Samarqand ahli!
Ana shu oliy mukofot bilan barchangizni chin qalbimdan mubo- 
rakbod etaman!
Sohibqiron bobomizning siymosi Samarqand osmonida yulduz 
kabi nur sochaversin!
Millatimizning faxr-u iftixori boTmish azim Samarqand ham,
5 5 0


hazrati Amir Temuming tabarruk nomlari ham, ona 0 ‘zbekistonimiz 
ham dunyo turguncha tursin!
Buyuk Amir Temur va aziz ajdodlarimizning ruhi poklari bizni 
qoTlab-quwatlasin, yurtimizga tinchlik va osoyishtalik, xalqimizga 
farovonlik va baxt-u saodat ato etsin!
S a m a r q a n d s h a h r id a
A m ir T em ur h a y k a lin in g o c h ilis h
m a r o s im id a s o ‘z la n g a n n utq,
1 9 9 6 - y il 1 8 - o k ta b r
Sohibqiron kamolga yetgan yurt
Assalomu alaykum aziz vatandoshlar!
Muhtaram do‘stlar!
Bugun Temurbek bobomizning qadimiy yurtida, mard va tanti, 
halol va shijoatli, oriyati baland, iymoni butun insonlar yurtida tu- 
rib, avvalambor go‘zal Shahrisabz ahliga, butun qashqadaryoliklarga 
ezgu tilaklarimni izhor etaman!
Qadimiy va tabarruk Shahrisabz zamini g ‘oyat qutlug‘ maskan- 
dir. Jahon madaniyati betimsol namoyandalarining zuvalasi mana 
shu tuproqdan olingan. Xusrav Dehlaviy, Mirzo Bedil, Mirzo G ‘olib 
kabi allorrjalaming ota-bobolari xuddi shu joy da kamol topganlar. 
Lekin bu el-yurtni butun jahonga mashhur etgan, dong‘ini taratgan 
zot, shubhasiz, sohibqiron Amir Temur bobomizdir.
Hazrati Amir Temuming butun suronli umri, uning bunyodkor- 
lik bilan yo‘g ‘rilgan faoliyati salkam yetti asrkim, xalqimiz, milla- 
timiz nomini olamga yoyib kelmoqda. Bu nomni mustabid tuzum 
qanchalik toptashga urinmasin, dunyoning pok niyatli kishilari ulug‘ 
ajdodimizga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatishni o‘zlariga sharaf, 
deb bilganlar.
Muborak istiqlol bobomizning nomini qaytib berdi, uning ruhini 
shod etdi.
Amir Temurday ulug‘ zotni kamolga yetkazgan ota makon - ta­
barruk Kesh yurtining millatimiz tarixida, shu zaminda yashayotgan 
el-ulusning boshini qovushtirishda o‘mi beqiyosdir. Bobokalonimiz- 
ning Turkiston diyorini bosqinchilardan xalos qilish yoTidagi jasur 
harakatlari aynan shu mo‘tabar yurtdan boshlangan.
Sohibqiron o‘z ota makonini behad qadrlagan. Bu. makon Amir 
Temur hazratlarining nainki ota-bobolari, balki pir-u ustozlari va far- 
zandlarining ham xoki poklari bilan mukarram boTgan. Buyuk bo-
551


bomizning to‘ng‘ich o ‘g ‘li Jahongir Mirzo xuddi shu yerda mangu 
uyquda yotibdi.
Hazrati Temur o ‘z oldiga ulug‘vor maqsadlami qo‘yganida, av- 
valo o‘z eliga, o ‘z ona yurti - Keshga ishongan va unga tayangan. 
U qaysi bir safaridan qaytmasin, dastawal Keshni ziyorat qilgan, 
aziz-avliyolaming qadamjolarini tavof etgan, hamyurtlarining duo 
va maslahatlarini oigan.
Hurmatli birodarlar!
Buyuk bobomiz haqida soatlab so‘zlash mumkin. Ulug‘ zotlar- 
ning tarix osmoniga yuksaladigan manzillari boiadi. Bugun Sharq 
olamida «Ilm-u adab qubbasi» deya e ’tirof etilgan Shahrisabz hazrat 
Amir Temur uchun ana shunday parvoz nuqtasidir. Biz sohibqiron 
bobomizning qutlug‘ to‘yini o ‘tkazayotgan shu kunlarda eng aw al 
bu zoti sharifni dunyoga keltirgan va voyaga yetkazgan el dahosiga 
va tabarruk zaminga ta’zim qilamiz.
Katta ishonch bilan shuni ta’kidlashim kerakki, bu yurtning far- 
zandlari, Temurbekning nabiralari o‘z qalblarida ulug‘ bobosiga xos 
go'zal fazilatlami asrab-avaylab, bugungi hayotimizda ham namo- 
yon qilmoqdalar.
Aziz do‘stlar!
Ming afsuskim, ko‘p yillar davomida mustabid bosqinchi 
mafkura davrida bizni Amir Temurdek buyuk bobomizdan, boy 
o ‘tmishimizdan ayirib, xalqimizning ma’naviyatini, g‘ururini, ifti- 
xorini yerga urmoqchi boTdilar. Yurtimizda, jumladan, Shahrisabzda 
bevosita sohibqironning sa’y-harakatlari bilan bunyod etilgan tarixiy 
obidalar xarobaga aylantirildi. Hatto ul zot va avlodlarining qabr- 
maqbaralari ham «ilmiy tadqiqotlar» niqobi ostida talon-toroj etildi, 
toptaldi.
Lekin xalqimiz ulug‘ ajdodini hech qachon unutmadi. Uning xo- 
tirasini hamisha yuragida saqladi.
Qadrli Shahrisabz ahli!
Mana shu qarshimizda turgan Oqsaroy har birimiz uchun ta- 
riximizning aziz va mo‘tabar yodgorligidir. Bu ulug‘ bino ham 
mustamlakachilar tajovuzining qurboni boTganini yaxshi bilasiz. 
Sohibqironning ulug'vor haykali aynan Oqsaroy oldida qad rost- 
lagani bejiz emas. Buning o ‘ziga xos, o ‘ziga mos chuqur ramziy 
ma’nosi bor.
Jannatmakon Amir Temur bobomiz bu koshona peshtoqiga 
shunday bir hikmatni naqsh etib ketganlar. Uning mazmuni sizlarga 
maTum: 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin