Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Birinchidan, 
ilgari davlat boshqaruvi sohasida juda katta va hal 
qiluvchi masalalar Ittifoq idoralari vakolatida edi. Mustaqillik sharo- 
itida bu vakolatlar to‘liq ravishda 0 ‘zbekiston Respublikasi tegishli 
markaziy idoralariga - Prezident, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va 
boshqa mahkamalarga o ‘tdi.
A w al respublika hukumati, vazirliklari va davlat qo‘mitalarining 
80-90 foizi markazning tegishli idoralariga itoat etgan boisa, endi- 
likda ular mustaqil davlat idoralariga aylandi. Demak, respublikada 
markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi vazifasi nihoyatda kengay- 
di.
Ikkinchidan, 
bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan hozirgi sharoitda 
0 ‘zbekistonda jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar sodir boiishida 
Prezident, Vazirlar Mahkamasi olib borayotgan ishlar ko‘lami tobora 
kengayib boryapti, ular faoliyatida avvalgi ma'muriyatchilik uslub- 
lari kamayib, yangi sharoit talablariga ko‘ra ishlash ustun kelayapti. 
Ilgari vazirliklar, davlat qo’tnitalari va boshqa markaziy mahkamalar 
faqat davlat korxonalari va tashkilotlariga rahbarlik qilgan bo‘lsa, 
endilikda ular o ‘rnîga barpo etilayotgan konsem, assotsiatsiya, kom- 
paniya, uyushma va korporatsiyalar ham davlat, ham mulkchilikning 
boshqa shakllari asosida faoliyat ko'rsatuvchi korxona va tashkilot- 
larga rahbarlik qilyapti, yoki ulaming faoliyatini muvofiqlashtirib 
turyapti.
Shunday qilib, 0 ‘zbekiston mustaqil davlat sifatida bozor iqti­
sodiyotiga o'tish jarayonida iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning 
yangi shakli vujudga kelgan paytda dadillik bilan boshqaruv tizimini 
o‘z milliy taraqqiyotiga mos tarzda o'zgartira bordi.
Umuman olganda 1991-1996-yillar yosh Mustaqil mamlakati- 
mizda davlat tizimini takomillashtirish va uni butunlay yangi shaklda 
barpo etish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Ayrim tashkilot va 
muassasalar nomi ikki-uch yil orasida bir necha marta o ‘zgartirildi. 
Ba’zi turdosh tarmoqlar birlashtirildi, bir qismi bo‘lib yuborilib, 
yangitdan tuzildi. Bir qator sohalar, ayniqsa, bank, pul-kredit, tashqi 
iqtisodiy faoliyat, sobiq SSSR markaziy organlari va qator idfralar 
bilan bog iiq boigan sohalarda butunlay yangi vazirliklar va boshqa 
shakldagi muassasalar tashkil etildi.
Tarixan juda qisqa davrda tub islohotlami amalga oshiradigan,
127


aholi ongi va dunyoqarashini butunlay o ‘zgartira oladigan davlat 
tizimini mustahkamlash, keng tarmoqli xalq xo‘jaligini boshqarish- 
ga qodir bo‘lgan, eng samarali va eng zamonaviy usullami qidirib 
topish zarur edi. Mamlakatimiz hukumati aholi turmush darajasi va 
iqtisodiy-ijtimoiy hayotida barqarorlikni saqlab turish, o ‘tish davrida 
jiddiy qiyinchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, ma’naviy-ruhiy ozurdalik, 
tushkunlik va qashshoqlikning oldini olish maqsadida eng aw alo 
boshqaruv tizimini takomillashtirish, davlat apparatining har qanday 
tanglik sharoitida ham barqaror ishlashini ta’minlash ishiga jiddiy 
e’tibor berdi.
Milliy davlatchilikda yangicha boshqaruv usullari haqida gap 
ketganda 0 ‘zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilgan islohot- 
laming ikki muhim yo‘nalishi haqida fikr yuritish joiz.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin