Ma’lumki, 80-90-yillaming boshlariga
kelganda bu muassasa-
lar o‘zlarining demokratik xususiyatlarini yo‘qotgan edi. Mahalliy
kengashlar o‘ziga xos ravishda KPSS siyosatini hayotga tatbiq etish
quroliga, aniqrog‘i partiya tashkilotlari rahbarlik qiladigan bir muas-
sasaga aylangan edi. Bu -
birinchidan.
Ikkinchidan,
bozor iqtisodiyotiga o ‘tish jarayoni Mahal
liy Kengashlar mustaqilligini kengaytirish, hududlar tizimida tub
o ‘zgarishlar yasashni ham talab qila boshladi. Ma’lumki, ma’muriy-
buyruqbozlik tizimi sharoitida hududiy taraqqiyot ko'pincha markaz-
lashtirilgan tarzda qayta taqsim qilinadigan davlat ajratmalari hisobi-
ga amalga oshirilar edi. Endilikda yangicha munosabatlarga o‘tish
jarayonida mahalliy hokimiyat organlari o ‘z hududining ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga bevosita mas’ul qilib belgi-
lanishi kerak edi. Shuning uchun ham 0 ‘zbekiston mustaqillikka
erishgandan keyin respublikada bir qator
qonun va rasmiy hujjatlar
qabul qilindi. Ular orasida Oliy Kengashning o‘n birinchi sessiya-
sida qabul qilingan 0 ‘zbekiston Respublikasinmg Konstitutsiyasi -
Asosiy Qonuni, «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g ‘risida»gi Qonun
(1993, sentabr), «Fuqarolaming o‘z-o‘zini boshqarish idoralari haqi-
dagi Qonun (1993, sentabr), «Xalq deputatlari viloyat, turnan, shahar
Kengashlariga saylovlar to‘g‘risida»gi Qonun (1994, may) kabilar
muhim o‘rin egallaydi.
Jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-
moddasida ta kidlanganidek,
viloyatlar, tumanlar va shaharlarda
(tumanga bo'ysunadigan shaharlardan, shuningdek, shahar tarkibiga
kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq
deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular
davlat va fuqarolaming manfaatlarini ko‘zlab o ‘z vakolatlariga taal-
luqli masalalarni hal etadilar.
Konstitutsiyaning 100-moddasiga muvofiq esa mahalliy hoki
miyat organlari ixtiyoriga: «Qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fu
qarolaming xavfsizligini ta’minlash; hududlami iqtisodiy,
ijtimoiy
va madaniy rivojlantirish; mahalliy budjetni shakllantirish va uni
ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlami belgilash; budjetdan tashqari
jamg'armalarm hosil qilish; mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbar
lik qilish; - atiof-muhitni muhofaza qilish; fuqarolik holati aktlari-
ni qayd etishni ta’minlash; normativ hujjatlami
qabul qilish hamda
0 ‘zbekiston Re. nubhkasi Konstitutsiyasiga va 0 ‘zbekiston Respub
likasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlami amalga oshi-
rish» berilgan.
«Mahalliy hokimiyat organlari, - deyiladi Konstitutsiyaning
130
10 1 -moddasida, - 0 ‘zbekiston Respublikasining qonunlarini, Prezi-
ilcnt farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini
amalga oshiradilar, xalq deputatlari quyi Kengashlari faoliyatiga rah-
barlik qiladilar, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalar-
ni muhokama qilishda qatnashadilar.
Yuqori organlaming o‘zlariga berilgan vakolat doirasidagi qabul
qilgan qarorlami quyi organlar ijro etishi majburiydir.
Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlaming vakolatlari mud-
dati - 5 yil».
Ko‘rinib turibdiki, xalq deputatlari
mahalliy Kengashlari davlat
hokimiyatining vakillik organi bo‘lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy ri-
vojlantirishga rahbarlik qiladilar. Xalq deputatlari mahalliy Kengash
lari hududlar bo‘yicha tuziladi. Xalq deputatlari mahalliy Kengash
lari deputatlari saylovini o‘tkazish tartibi « 0 ‘zbekiston Respublikasi
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari saylovi» haqidagi
Qonun bilan belgilanadi. Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga
shaharlardagi turnan, shahar, turnan va viloyat Kengashlari kiradi.
1994-yil 25-dekabrdagi Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari
saylovlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi jo ‘qorg‘i Kengesi, vilo-
yatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari katta tayyorgarlik ko‘rdilar.
Toshkent shahrida Oliy Majlisga saylov o'tkazuvchi 30 ta okrug,
Xalq deputatlari shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 60 ta okrug
tuzildi. Qonunda bef^ilangan tartibda va
tavsiya etilgan vaqtda ka-
lendar rejasiga asosan Oliy Majlisga saylov o ‘tkazuvchi 30 ta saylov
Komissiyasi va shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 60 ta saylov
komissiyasi tashkil etildi.
Saylov komissiyalari tarkibiga sanoat korxonalari, jamoat
tashkilotlari, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash xodimlari va mahalla
yig‘inlari vakillaridan iborat 810 kishi jalb etildi.
Bunday ishlar mamlakatning barcha hududlarida amalga oshi-
rildi. Jumladan, Andijon viloyatida ham qonunlarga to‘la rioya qi-
lingan holda saylovga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Oliy Majlisga vi
loyat, turnan, shahar kengashlariga munosib nomzodlar ko‘rsatiladi.
Ular
orasida olimlar, huquqshunoslar, iqtisodchilar, vrachlar.
o‘qituvchilar, ishchi-xizmatchilar bor edi. Namangan viloyatida ham
boshqa joylarda bo‘lganidek, deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish de-
mokratik prinsiplarga amal qilingan holda olib borildi. Bu jarayon
siyosiy partiyalar, hokimiyat vakillik organlari ishtirokida, mj^qo-
billik asosida amalga oshirildi. Shuni ta’kidlash kerakki, viloyat ho-
kimligi siyosiy partiyalar hamda hokimiyat organlari o ‘rtasida o‘zaro
hurmat va ijodiy fikrlashuvlar bo'lishiga katta e’tibor berdi. Siyosiy
131