3-topshiriq. Gaplarni o‘qing va ko‘chirib yozing. O‘z o‘rnida va o‘z ma’nosida qo‘llangan so‘zlarni aniqlang. Ajratilgan so‘zlarning ma’nolarini izohlang.
1. Quyoshning oltin qalami nur taratar edi.
Bu yerda oltin so’zi nur taratish ma’nosida kelgan.
2. Odamning qo‘li — gul, xalqim eking gul, yashasin tobora obod shahrimiz (S. Zunnunova).
Bu yerda gul so’zi yaratuvchanlik ma’nosida kelgan.
3. Nimani aniq tasavvur etolmasang, uni shu qadar chalkash gapirasan: noaniq va chalkash ifoda faqat fikrning belgisidir (N. G. Chernishevskiy).
Bu yerda chalkash so’zi o’z ma’nosida yani pala-partish ma’nosida kelgan.
4. Nodonlardek yuzlab so‘zni qilma qator, donolardek bir so‘z degil, lek ma’nodor (S. Sheroziy).
Bu yerda yuzlab so’zi ko’p manosini ifodalab kelgan.
5. Sizlar bilan gaplashganimda o‘zimning qora o‘tmishimda ham ba’zi yorug‘ nuqtalar bo‘lganligini his qilyapman (A. Muxtor).
Bu yerda qora o’tmish so’zi o’tmishning yaxshi o’tmaganligini, xotalar yoki ko’ngilsizliklarga boy bo’lganligini ifodalab kelgan. Yorug’ nuqtalar so’zi esa aksincha yaxshi ishlar bo’laganini ifoda etadi.
Dostları ilə paylaş: |