Journal of new century innovations



Yüklə 414,58 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix30.04.2023
ölçüsü414,58 Kb.
#105118
97-98



JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
 
http://www.newjournal.org/   
Volume–14_Issue-2_October_2022
 
97 
YETUKLIK DAVRINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
Xusanov Samariddin Maxmadaminovich 
Kalit so`zlar: yetuklik davrining bosqichlari, yetuklik xaqida tadqiqot olib borgan 
psixologlar, o’zlikni anglash, yetuklik davri qonuniyatlari, yetuklik davrida odam kuch-
quvvati, qobiliyati. 
Ключевые слова:
этапы периода зрелости, психологи, проводившие 
исследования зрелости, самосознания, законов периода зрелости, сил и 
способностей человека в период зрелости. 
Yetuklik davri ancha murakkab davrdir, mazkur davrda shaxs ham jismoniy, 
ijtimoiy jihatdan yetuklikka yetgan, jamiyat fuqarosi hamda saylash huquqini qo’lga 
kiritib bo’lgan bo’ladi. Bularning barchasi ijtimoiy jihatdan voyaga yetish, turmushda 
o’z o’rnini topish, o’z taqdirini o’zi hal qilishi, yetuk shaxs sifatida ruhiyati va 
ma’naviyatining rivoji uchun jamiki shart-sharoitlarni yaratadi. Shaxs ijtimoiy hayotda, 
oliy o’quv yurti jamoasida, tengqurlari bilan shaxslararo munosabatlar davrasidagi
o’qish va turmush sharoitidagi o’zgarishlar ta’siri ostida tarkib topa boshlaydi. 
Shaxsning mehnat faoliyatida ta’lim-tarbiya jarayonida aqliy va axloqiy jihatdan 
o’sishida o’ziga xos o’zgarishlar, yangi xislat va fazilatlar namoyon bo’layotganligi 
ko’rsatiladi. 
Yetuklik davrining kamol topishining birinchi bosqichiga 28-35 yoshlardagi erkak 
va ayollar kiradilar. Yetuklik davrida odam o’zining barcha kuch-quvvati, qobiliyati, 
aql-zakovati, ichki imkoniyatlarini o’z kasbiga, ijtimoiy faoliyatiga, jamoat ishlariga 
to’la safarbar qila oladi. Erkak va ayollarning bu davrda mehnat va ijtimoiy faoliyatda 
muayyan tajribaga egaligi ularni istiqbol sari yetaklaydi. 
Yetuklik davrining ikkinchi bosqichida qarilik alomatlari ko’proq o’rin egallay 
boradi, uning boshlanish nuqtasi 45-50 yoshlardir, lekin odamlarning o’ziga xos 
xususiyatlariga ko’ra chegara turlicha masalan, bu bir kishida 60 yoshda, boshqa birida 
esa 70 yoshda bo’lishi mumkin. Shu sababli yosh davrining chegaralari faqat shartli 
belgilanadi. Bu omil odamlar yashayotgan oila muhitiga tarixiy-ijtimoiy shart-
sharoitiga, jug’rofiy iqlim va hokazolarga ham bog’liqdir. 
Yetuklik davrining asosiy xususiyatlardan biri ijtimoiy yetuklikning jadal sur’at 
bilan ro’yobga chiqarishdir. Ma’lumki ijtimoiy yetuklik (kamolot) shaxsdan zarur aqliy 
qobiliyatini hamda ijtimoiy tuzishda bajariladigan turli rollarni egallash (oila qurishga), 
farzandlarni tarbiyalashga, foydali mehnatga qatnashishga (mas’ul vazifada ishlashga) 
tayyorlanishini talab etadi. Mazkur jarayonning bosh mezonlari va ko’rsatkichlari o’rta 
ma’lumotlilik ko’rsatish qonunlar oldida javobgarlik, mutaxassis bo’lish imkoniyati, 
unga intilish tuyg’usi, irodaviy zo’r berish, yosh otalik va onalik burchi, jamoat arbobi 


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
 
http://www.newjournal.org/   
Volume–14_Issue-2_October_2022
 
98 
vazifasini o’tash, ijtimoiy guruhga rahbarlik qilish, sport bilan shug’ullanish, bo’sh 
vaqtni tashkil eta olish, to’garakda qatnashish va hokazolardan iboratdir. 
Psixologlardan M.G. Davletshin, A.V. Dimitrieva, B.G.Ananyev, N.V.Kuznina, 
N.F.Talizina, V.Y.Lyandus, L.S.Kon, O.T.Lisovskiy, A.A.Badalov, A.V.Petrovskiy, 
I.I.Ilyasov, 
Z.F.Esarova, 
A.A.Verbitiskiy, 
V.A.Tokarova, 
E.G’.G’oziyev 
va 
boshqalarning tadqiqotlariga ko’ra yetuklik davrining boshlang’ich qismi insonlar
uchun og’ir kechadi, chunki bu davrda shaxsning murakkab fazilatlari xislatlari sifatlari 
takomillashish bosqichida bo’ladi. 
Adabiyotlar 
1. Дубровина И.В. Возрастная и педагогическая психология. Хрестоматия 
/ И.В. Дубровина, А.М. Прихожан, В.В. Зацепин. - М.: Аcадемиа, 2018. – 256 c. 
2. Dodge K.A. (1993). Xulq-atvor va depressiyani rivojlanishidagi ijtimoiy-
kognitiv mexanizmlar. Yillik psixologiya sharhi, 44, 559-584. doi: 10.1146 / 
annurev.ps.44.020193.003015. 
3. Emelin VA, Txostov A. Sh., va Rasskazova EI (2014). Axborot-
kommunikatsiya jamiyatidagi psixologik moslashuv: Texnologiyalar bilan bog'liq 
psixologik oqibatlar anketasining qayta ko'rib chiqilgan versiyasi. Rossiyadagi 
psixologiya: San'at holati, 8 (2), 105-120.
4. Garber J., Quiggle NL, Panak WF va Dodge KA (1992). Bola taraqqiyoti, 63 
(6), (1992 yil dekabr), 1305-1320. doi: 10.2307 / 1131557
5. Gebel C., Vütscher S. (2015). Ijtimoiy tarmoqlar vafot etganlar: Verteund 
Medienkompetenz Jugendlicher. Potenzialen der Medienarbeit mit Social Media 
ekspertizasi. Myunxen: JFF - Institut für Medienpädagogik in Forschung und Praxis. 
 

Yüklə 414,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin