JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume–18_Issue 4_December_2022
65
QASHQADARYO VOHASI ILK TEMIR DAVRI YODGORLIKLARI
Oltiyev Quvonchbek Avliyoqul o'g'li
Oʻzbekiston Milliy Universiteti
Tarix fakulteti arxeologiya
yoʻnalishi 2-kurs magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Qashqadaryo vohasidagi ilk temir davriga oid
yodgorliklar,
u yerdan topilgan qazilmalar, bu mavzuga o’z hissasini qo’shgan
arxeolog va tarixchilarning o’rni va qilgan ishlari haqida fikr-muohazalar mavjud.
Kalit so’zlar:
moddiy va ma’naviy yodgorliklar, arxeologik va me’morchilik
yodgorliklari,
Chiroqchi manzilgohi,
Uzunqir
yodgorligi.
Vatanimiz O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng ota-
bobolarimiz yashab o’tgan tarixiy davr, yashash tarzi, madaniyati, ma’naviy-ma’rifiy
jabhalarini o’rganish borasida izlanishlarni qaytadan boshlandi. Tarixga oid moddiy va
ma’naviy yodgorliklar tarixchi va arxeologlar tomonidan o’rganilishiga jiddiy e’tibor
qaratildi.
Qashqadaryo vohasi (Janubiy So’g’d) Markaziy Osiyoning qadimiy tarixiy-
geografik hududlaridan biridir. Vohaning boy tarixi ko’plab
tadqiqotchilar diqqatini
o’ziga jalb qilib kelmoqda. Qashqadaryo viloyati ko’p sonli arxeologik va
me’morchilik yodgorliklari, xalq hunarmandchiligi markazlari keng tarqalgan o’lkadir.
Vohaning qadimiy tarixi ham muhim voqealarga boy. Viloyat qadimgi savdo yo’llari
chorrahasida joylashgan bo’lib, bu to’g’risidagi ma’lumotlar yozma manbalarda ham
keng zaqlangan
1
.
Ilk temir davriga oid yodgorliklar S.K.Kabanov tomonidan bundan 60-yil oldin
o’rganilganligi va bular Tanhozardaryo va Yakkabog’daryo
quyi qismlarida topib
tekshirilgan edi
2
.
Toshkent Davlat universiteti O’rta Osiyo arxealogiyasi kafedrasining 1976-
1976-yillarda A.S.Sagdullayev tomonidan olib borgan tadqiqotlari natijasida
Qashqadaryo vohasining sharqiy qismida ham bir qator ilk temir davri yodgorliklari
ochildi. Daratepa yodgorligida ko’p yillik tadqiqotlar natijasida ushbu hudud uchun xos
mil.avv VII-IV asrlarga oid turar joylar tuzilishi qazib o’rganildi.
Miloddan avvalgi II ming yillik oxiri va I ming yillik boshlari O'rta
Osiyoda
qabila va xalqlarning keng ko'lamli ko'chishi, ilk temir davrining boshlanish davri
bo'lgani bilan e'tiborlidir. Bu davrda O'rta Osiyoning asosiy tarixiy-madaniy hududlari
-
Baqtriya, Marg'iyona, So'g'd, Xorazm shakllangan. Bu davrda ushbu mintaqada
dastlabki shaharlar - dehqonchilik vohalarining markazlari paydo bo'ladi, ilk davlatlar