JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS http://www.newjournal.org/ Volume–18_Issue 4_December_2022 68 Uzunqir - shahar xarobasi. Zarafshon tizmasidan bosh olgan Shoʻrobsoy boʻyida
(Kitob tumani) joylashgan. 1981-yilda ToshDU Oʻrta Osiyo arxeologiya kafedrasi
ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan topib tekshirilgan. Uzunqir oʻrnida mil. av. VIII-
VII asrlarda qadimgi manzilgoh boʻlgan. Mil. av. VII-VI asrlarda 70 ga maydonni
egallagan. Uzunqir Kitob - Shaxrisabz vohasining iqtisodiy va maʼmuriy markaziga
aylangan. Uzunqirdan Taxtakrracha dovoni orqali qad. Samarkand (Marokanda)gacha
boʻlgan masofa 70 km ni tashkil qilgan. Shahar Marokanda, Baqtra karvon yoʻli
boʻyida joylashib muhim savdo-sotiq va hunarmandchilik ahamiyatiga ega boʻlgan.
Uzunqir ichki qalʼa va shahar hududidan iborat. Yodgorlikning janubiy-garbiy
tomonida uzunligi 450m mudofaa devorining xarobalari saqlanib qolgan.Devor ham
gʻishtdan qurilgan toʻgʻri burchakli burjlarga, burjli xonalarga va jangovar shinaklarga
ega.
Uzunqir
yirik
oʻtroq
dehqonchilik
vohasining
markazi
sifatida
qoʻrgʻonqarorgohi, guzarlari boʻlgan. Uzunqir topilmalari — sopol idishlar, jezdan va
temirdan ishlangan mehnat va harbiy qurollari shaharda hunarmandchilik kasbi
yuqori darajada taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Shoʻrobsoy vohasidan topilgan
madaniy oʻsimliklar (arpa, bugʻdoy), turli uzum navlari urugʻlari bu yerda
dehqonchilik va bogʻdorchilikning taraqqiy etganligidan dalolatdir. Bu davrda kanal,
ariqlar, qazish, daryolardan suv chiqarish, yangi ekin maydonlari oʻzlashtirish va
sugorish ishlari keng yoʻlga qoʻyilgan. Dehqonlar atrofi devor bilan oʻralgan qoʻrgʻonli
uylarda va qishloqlarda yashashgan.
Keyingi davrda Uzunqir yanada kengroq o’zlashtirildi. Uning xuddi shu
Darajada kengayishi aholining himoyalsh maqsadida istehkomlar qurish ehtiyoji
tug’ildi. Mil.avv.VII-VI asrlarda murakkab mudofaa tizmi: Xom g’ishtlardan
qurilgan mustahkam devordan bo’rtib chiqqan, burj xonalariga va plyastrlariga bo’lgan
burjlar bilan mustahkamlangan mudofaa devorlari vujudga keladi. Lekin
dastlabki davrda Uzunqir devor qalinligi, burjlar oralig’ida bor yo’g’i 1.85 metr ga teng
bo’lgani unga qo’shimcha ikkinchi devorning qurilishi shu tufayli bo’lsakerak
1
.
1. Rtbeladze E.B, Buryakov Y.F, Sulaymonov P.X. Qarshi. T., Ma’naviyat, 2006. 4-5-
b
Tadqiqotlar natijalari va shurfdan olingan ma’lumotlar Uzunqir o’rnida ilk temir
davri shahar markazi mavjud bo’lganligidan dalolat beradi. Qadimgi shahar qurilishida
joyning tabiiy-geografik xususiyatlaridan muvafaqqiyat bilan foydalanilgan. Bu narsa
birinchidan, uning joylashuvida, ikkinchidan, mudofaa devorining ilonizi shakldagi
janubiy qismi ko’rinishida o’z aksini topgan. Uzunqir va uning atrofini suv bilan
taminlash masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi, suv Sho’robdan va Zax bulog’i
soyi hamda irmoqlaridan olingan bo’lib, u Uzunqirdan shimolroqda oqib o’tgan.
Hozirgi davrda bu hudud Pistaxon kanali bilan sug’oriladi. U mahalliy aholi
ma’lumotlariga ko’ra, ilgari bevosita Uunqir devorlarigacha kelgan bo’lib, endilikda