Journal of new century innovations


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix14.10.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#155506
1   2   3   4   5
65-69

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/  Volume–18_Issue 4_December_2022 
68 
Uzunqir
- shahar xarobasi. Zarafshon tizmasidan bosh olgan Shoʻrobsoy boʻyida 
(Kitob tumani) joylashgan. 1981-yilda ToshDU Oʻrta Osiyo arxeologiya kafedrasi 
ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan topib tekshirilgan. Uzunqir oʻrnida mil. av. VIII-
VII asrlarda qadimgi manzilgoh boʻlgan. Mil. av. VII-VI asrlarda 70 ga maydonni 
egallagan. Uzunqir Kitob - Shaxrisabz vohasining iqtisodiy va maʼmuriy markaziga 
aylangan. Uzunqirdan Taxtakrracha dovoni orqali qad. Samarkand (Marokanda)gacha 
boʻlgan masofa 70 km ni tashkil qilgan. Shahar Marokanda, Baqtra karvon yoʻli 
boʻyida joylashib muhim savdo-sotiq va hunarmandchilik ahamiyatiga ega boʻlgan. 
Uzunqir ichki qalʼa va shahar hududidan iborat. Yodgorlikning janubiy-garbiy 
tomonida uzunligi 450m mudofaa devorining xarobalari saqlanib qolgan.Devor ham 
gʻishtdan qurilgan toʻgʻri burchakli burjlarga, burjli xonalarga va jangovar shinaklarga 
ega.
Uzunqir 
yirik 
oʻtroq 
dehqonchilik 
vohasining 
markazi 
sifatida 
qoʻrgʻonqarorgohi, guzarlari boʻlgan. Uzunqir topilmalari — sopol idishlar, jezdan va 
temirdan ishlangan mehnat va harbiy qurollari shaharda hunarmandchilik kasbi
yuqori darajada taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Shoʻrobsoy vohasidan topilgan 
madaniy oʻsimliklar (arpa, bugʻdoy), turli uzum navlari urugʻlari bu yerda 
dehqonchilik va bogʻdorchilikning taraqqiy etganligidan dalolatdir. Bu davrda kanal, 
ariqlar, qazish, daryolardan suv chiqarish, yangi ekin maydonlari oʻzlashtirish va 
sugorish ishlari keng yoʻlga qoʻyilgan. Dehqonlar atrofi devor bilan oʻralgan qoʻrgʻonli 
uylarda va qishloqlarda yashashgan. 
Keyingi davrda Uzunqir yanada kengroq o’zlashtirildi. Uning xuddi shu 
Darajada kengayishi aholining himoyalsh maqsadida istehkomlar qurish ehtiyoji 
tug’ildi. Mil.avv.VII-VI asrlarda murakkab mudofaa tizmi: Xom g’ishtlardan
qurilgan mustahkam devordan bo’rtib chiqqan, burj xonalariga va plyastrlariga bo’lgan 
burjlar bilan mustahkamlangan mudofaa devorlari vujudga keladi. Lekin 
dastlabki davrda Uzunqir devor qalinligi, burjlar oralig’ida bor yo’g’i 1.85 metr ga teng 
bo’lgani unga qo’shimcha ikkinchi devorning qurilishi shu tufayli bo’lsakerak
1

1. Rtbeladze E.B, Buryakov Y.F, Sulaymonov P.X. Qarshi. T., Ma’naviyat, 2006. 4-5-

Tadqiqotlar natijalari va shurfdan olingan ma’lumotlar Uzunqir o’rnida ilk temir 
davri shahar markazi mavjud bo’lganligidan dalolat beradi. Qadimgi shahar qurilishida 
joyning tabiiy-geografik xususiyatlaridan muvafaqqiyat bilan foydalanilgan. Bu narsa 
birinchidan, uning joylashuvida, ikkinchidan, mudofaa devorining ilonizi shakldagi 
janubiy qismi ko’rinishida o’z aksini topgan. Uzunqir va uning atrofini suv bilan 
taminlash masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi, suv Sho’robdan va Zax bulog’i 
soyi hamda irmoqlaridan olingan bo’lib, u Uzunqirdan shimolroqda oqib o’tgan. 
Hozirgi davrda bu hudud Pistaxon kanali bilan sug’oriladi. U mahalliy aholi 
ma’lumotlariga ko’ra, ilgari bevosita Uunqir devorlarigacha kelgan bo’lib, endilikda 



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin