Journal of new century innovations


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix14.10.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#155506
1   2   3   4   5
65-69

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/  Volume–18_Issue 4_December_2022 
66 
tashkil topadi. Shu davrdan boshlab O'rta Osiyoda shahar madaniyati uzluksiz, jadal 
sur'atlar bilan rivojlanib boradi. 
Sirdaryo va Amudaryo oralig'ida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida qadimgi 
so'g'd elati va o'troq dehqonchilik madaniyati shakllanadi. Qashqadaryoda miloddan 
avvalgi birinchi asrning boshidan ikkita asosiy voha - Qarshi va Shahrisabz vohalari 
shakllanadi. Aleksandr Makedonskiy bilan birga yurtimizga kelgan yunon tarixchilari 
milodning IV asri oxirida Qashqadaryo vodiysidagi ikkita tarixiy-madaniy viloyat - 
Nautaka va Nikshapani eslab o'tishadi. 
Qarshi vohasining qadimiy poytaxti - Yerqo'rg'on shahristoni hozirgi Qarshi 
shahri Shayxali mahallasidan 2 kilometr shimolda joylashgan tuproq qal'a bo'lgan. 
Yerqo'rg'on 50-60-yillarda dastavval S.Kabanov va M.Masson tomonidan o'rganilgan. 
XX asrning 70-80-yillarida esa O'zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya 
institutining ekspeditsiyasi tomonidan buerda ilmiy arxeologik tadqikotlar olib 
borilgan. Yerqo'rg'on hududi turli hajmdagi tepaliklar bilan qoplangan bo'lib, ular sobiq 
shahar vayronalaridir. Eng yirik tepalik hukmdor saroyi ekani aniqlangan. Shuningdek, 
qazuv ishlari davomida shahar butxonasi, maqbara, zardushtiylik dahmasi, 
hunarmandlar mahallalari topilgan. Yerqo'rg'ondagi shahar taxminan VI asrning 
ikkinchi yarmida Turk xokonligi va Sosoniylarning birlashgan kuchlari tomonidan 
eftalitlar davlatini yakson qilish paytida vayron qilingan. 
Miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o'rtalarida shahar kengayib boradi. U 
35 gektarlik maydonni egallaydi. Taxminan miloddan avvalgi VI asrda qurilgan yangi 
mudofaa devorining balandligi 8 metr, poydevori 3 metr kenglikda bo'lgan. U shaharni 
sak chavandozlaridan himoya kilgan. Vaqt o'tishi bilan u bir necha marta ta'mirlangan 
va kengaytirilgan, IV asrning o'rtalariga kelib, uning qalinligi 20 metrgaetgan. 
Miloddan avvalgi III-II asrlarda Yerqo'rg'on o'rnidagi shahar rivojlanib borgan, buni 
arxeologik topilmalar tasdiklaydi. Jumladan, sopol buyumlarning shakli o'zgara 
boshlagan. Bular nafis jomlar, ovqat solinadigan idishlar, laganlardir, ayni paytda bu 
davrda vohada koroplastika san'ati vujudga kela boshlaydi. Bu davrdagi noyob 
terrakota rasmlar va bezaklar ellincha usulda yasalgan. Qazilmalar mobaynida topilgan 
momaqaldiroq xudosi Zevs tasviri tushirilgan miloddan avvalgi V-IV asrlarga mansub 
etruskcha gemmaintaliya ham shu davrga oiddir. Soqolli yalang'och mavjudot yarim 
burilgan holda chap qo'lida Zevsning hamrohi - burgut qo'ngan asoni ushlab turgan 
tarzda tasvirlangan. 
Qashqadaryo vohasida topilgan ilk temir davriga oid birinchi yodgorlik 
Chiroqchi manzilgohi bo‘lib, keyinchalik Erqo‘rg‘on qishlog‘i madaniy yotqiziqlari 
negizida ilk temir davri qatlamlari topilgan, so‘nggi yillarda esa Toshkent davlat 
universiteti arxeologiya kafedrasi tomonidan Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ 
tumanida ilk temir davriga oid o‘ndan ortiq manzilgohlar aniqlandi. Ularning dastlabki 
tipologik tadqiqini A.S.Sagdullayev olib bordi (Sagdullayev A.S., 1984). 



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin