Volume–28_Issue-1_May_2023 220 boyliklar hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun pul to‘laganda; mexnatga haq to‘lash va
turli xo‘jalik ehtiyojlari uchun kassaga naqd pul olib kelinganda; davlat budjeti va
sug‘urta organlariga majburiyat yuzasidan pul o‘tkazib berilganda; bankdan olingan
ssudalar va ularning foizi qaytarilganda; xo‘jalik faoliyatiga doir boshqa to‘lovlar
to‘langanda. Naqd pul hisob-kitob schotidan pul schotiga asosan beriladi. Xo‘jalikning
farmoyishi bilan to‘lanadigan boshqa barcha naqd pulsiz to‘lovlar tulov topshirig‘iga
asosan rasmiylashtiriladi. Bu hujjat uch nusxada tuzilib bankka topshiriladi. To‘lov
topshirig‘ining 1- 2- nusxasini bank olib qoladi, 3-nusxasiga pul to‘langanligi
to‘g‘risida belgi quyib to‘lovchi tashkilotga qaytarib beradi. Bank xo‘jalikning hisob-
kitob schotidan mustaqil ravishda mol yuboruvchining to‘lov talabnomasiga asosan
haqdor tashkilotga o‘tkazadi. Bunday vaqtda to‘lovchi korxonadan xech qanday
farmoyish hujjatlari talab qilinmaydi. Xo‘jalik haq to‘lashini belgilangan tartibda
asosli rad etgan vaqtdagina bank pul o‘tkazib bermaydi. Ba’zi hujjatlarga asosan bank
korxonaning hisob-kitob schotidan so‘zsiz (to‘lovchining rozi bo‘lishi yoki
bo‘lmasligiga qaramasdan) pul oladi. Bunday hujjatlarga xalq sudining ijro varaqalari,
davlat arbitraji organlarining buyruqlari kiradi. Bunday hujjatlarga asosan kreditor
tashkilot to‘lov talabnomasi yozib bankka topshiradi. Bank bu pulni so‘zsiz undirib
beradi. Korxonaning hisob-kitob schotidan sarflanadigan pulni bank tomonidan
hujjatlarning kelib tushish ketma-ketligiga qarab to‘laydi. Korxonaning o‘z hisob-kitob
schotidan pul mablag‘lari harakati ustidan nazorat qilib turish uchun bankdan vaqti-
vaqti bilan ko‘chirma olib turadi. Bu ko‘chirma hisob-kitob schoti buyicha bankda
yuritiladigan shaxsiy schotning ikkinchi nusxasi hisoblanadi. Ko‘chirmada hisob-kitob
schotiga tushgan va undan to‘langan hamma pul mablag‘lari ko‘rsatiladi. Pul
mablag‘lari xo‘jalikning buyrug‘idan tashqari hisob-kitobidan sarflangan hollarda
ko‘chirmaga tegishli hujjatlar ilova qilinadi. Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, bank
uchun korxonalarning hisob kitob schotlari passiv schot bo‘lib hisoblanadi. Shuning
uchun uning kreditida ko‘payishi, debetida kamayishi aks ettiriladi. Banklar (korxona
bilan kelishgan holda) ko‘chirmani berish muddatini belgilaydi, shu bilan birga
ko‘chirmani tekshirish muddati, ya’ni bank yozuvlariga norozilik bildirish muddati
ham belgilanadi. (2 kun) Ko‘chirmalarni tekshirish paytida aniqlangan xatolar hisob-
kitob schotida bank tomonidan yozilgan summada aks ettiriladi.
Shu bilan birga xato yozilgan summa "Da’volar bo‘yicha hisob-kitob" schotiga
o‘tkazib qo‘yiladi. Bildirilgan da’volar bank tomonidan hal etilganda bu schot
yopiladi. Bu xildagi hisob-kitob schoti xo‘jalik ma’lumotlari bo‘yicha ham bir xilda
qoldiqqa ega bo‘lish imkonini beradi. Hisob-kitob schotining qoldig‘i doimo debetida
bo‘ladi.
Bankning
ko‘chirmasida
keltirilgan
summalar
qarshisiga
korrespondentlanuvchi schotlarning nomerlari yozib chiqiladi, so‘ng kirimga olingan
pul mablag‘lari summasiga 51 schot debetlanib, chiqim summalariga esa 51 schot
kreditlanadi. Bankdagi valyuta schoti korxonaning respublika hududidagi va xorijdagi