Journal of new century innovations


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 393,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix16.12.2023
ölçüsü393,74 Kb.
#183894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
217-227

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–28_Issue-1_May_2023 
222 
operatsiyalaridan tushgan valyuta tushumlaridan 15 foizini sotishlari majburiydir. 
Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalar eksport 
operatsiyalaridan tushgan tushumlarning 15 foizini valyuta bozorida sotishlari zarur. 
Korxonaning valyuta schoti ochilgan tijorat banki kelib tushgan valyutaning yuqorida 
ta’kidlangan 15 foizini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ko‘rschotiga 
o‘tkazib berishi kerak. Valyuta muomalalaridagi ushbu xususiyat tranzit valyuta 
schotida kelib tushgan valyutalar hisobini aks ettirishga bevosita ta’sir qiladi. 
Valyutani majburiy sotish to‘g‘risidagi topshiriqqa sotilgan valyutaning so‘mdagi 
ekvivalentini qoplash va uni korxonalarning hisob-kitob schotiga o‘tkazishni 
ta’minlovchi to‘lov topshirig‘i ilova qilinadi. Shunday qilib, chet el valyutasidagi 
barcha tushumlar 2 qismdan iborat bo‘ladi: chet el valyutasining 85 foizini joriy 
valyuta schotiga, qolgan 15 foizini esa bankdagi hisob-kitob schotiga so‘mdagi 
ekvivalenti bo‘yicha o‘tkazib beriladi. 
So‘mdagi ekvivalent bu - O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan 
kurslar bo‘yicha chet el valyutasini qayta hisoblashdir. Bunday katta hisoblash har 
haftada bir marta O‘zbekiston Markaziy banki e’lon qilgan kurslar bo‘yicha amalga 
oshiriladi. Valyuta muomalalarining buxgalteriya hisobini yuritish uchun 52 "Valyuta 
schoti"da quyidagi subschotlarni ochish mumkin: 
1.
"Tranzit valyuta schoti" 
2.
"Joriy valyuta schoti" 
3.
"Cheteldagi valyuta schoti". 
Korxona o‘zining valyuta mablag‘larini nafaqat majburiy balki o‘z xohishi bilan 
ham sotishi mumkin. Ushbu muomalalar korxonaning valyuta schoti ochilgan bank 
orqali amalga oshiriladi va ularning buxgalteriya hisobi 48 "Boshqa aktivlarni sotish" 
schoti orqali amalga oshiriladi. Korxona ixtiyorida qolgan valyutalarni o‘z xohishi 
bilan sotganda ham yuqoridagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi. 
Chet el valyutasini sotishga doir xo‘jalik muomalalalrini buxgalteriya hisobida 
aks ettirilishining mazmunini ko‘rib chiqsak: 
1.
Chet ellik xaridor korxonaning tranzit valyuta schotiga tovar (ish, xizmat) 
kiymatini o‘tkazib beradi. 
2.
Tranzit valyuta schotidan majburiy sotishga tegishli 30% valyutani o‘tkazib 
berdi. Ammo bu bankdan tegishli hujjatlar olgunga kadar 57 "Yildagi o‘tkazishlar" 
schotida hisobga olinadi. 
3.
Sotilgan valyutaning tranzit valyuta schotidagi kiymati 48 "Boshqa aktivlarni 
sotish" schotining debetiga o‘tkaziladi. 
4.
Sotilgan valyutaning so‘mdagi ekvivalenti bankdagi 51 "Hisob-kitob" schotiga 
kelib tushadi. 
5.
Valyutaning ijobiy kursdagi farqi foyda sifatida 80/4 "Moliyaviy faoliyatdan 
kurilgan foyda va zararlar" schotida aks ettiriladi. 



Yüklə 393,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin