Volume–28_Issue-1_May_2023 223 6.
Valyutaning salbiy kursdagi farki zarar sifatida 80/4 "Moliya-viy faoliyatdan
ko‘rilgan foyda va zararlar" schotida aks ettiriladi.
7.
Valyutaning qolgan 85%i "Tranzit valyuta" schotidan joriy valyuta schotiga
o‘tkaziladi. Korxonalar muomalalarini tartibga soluvchi qonunga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasining ichki valyuta bozoridan qonunda ruxsat etilgan maqsadlar uchun chet
el valyutasini tegishli banklar orqali sotib olishlari mumkin. Korxonaning bankga chet
el valyutasini sotib olish to‘g‘risidagi iltimosi zayavka orqali rasmiylashtiriladi. Chet
el valyutasini olish buxgalteriya hisobi schotlarida quyidagicha sxemada aks ettirilgan.
56 "Pul hujjatlari" schoti korxona kassasidagi pul hujjatlari (pochta markalari,
davlat boji markalari, veksellar haqi to‘langan aviapattalar, dam olish uylariga va
sanatoriyalarga haqi to‘langan yo‘llanmalar va hokazolarning) mavjudligi va harakati
haqidagi axborotni umumlashtirishga mo‘ljallangan. Pul hujjatlari 56 "Pul hujjatlari"
schotida nomli qiymati bo‘yicha hisobga olinadi va ularning analitik hisobi pul
hujjatlarining turlari bo‘yicha yuritiladi. 57 "Yo‘ldagi jo‘natmalar" schoti yo‘ldagi
milliy va xorijiy valyutalardagi pul mablag‘lari (o‘tkazmalarning) ya’ni korxonaning
hisob-kitob schoti yoki boshqa schotida qayd etish uchun banklar kassalarida omonat
kassalarga yoki pochta bo‘linmalari kassalariga kiritilgan, lekin hozircha belgilangan
maqsad bo‘yicha qayd etilmagan pul summalari (asosan savdo tushumi)ning
mavjudligi va harakati haqidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bank
muassasalari, omonat kassalari pochta bo‘linmalarining kvitansiyalari tushumni bank
inkassatorlariga topshirish uchun ilova qilinadigan qaydnomalar nusxalari va shu
kabilar summalarni (masalan, tushumni topshirishda) "Yo‘ldagi jo‘natmalar" schoti
bo‘yicha hisobga olish uchun asos buladi.
Xorijiy valyutalardagi pul mablag‘lari (o‘tkazmalarning) harakati 57 "Yo‘ldagi
jo‘natmalar" schotida alohida tarzda hisobga olinadi. Shunday qilib, pul mablag‘larini
yuqorida ko‘rsatilgan tartibda taftish va nazorat olib borish korxonaning pul
mablag‘larining samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi. Korxonaning iqtisodiy
samaradorligini oshirish nafaqat ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini va
miqdorini oshirish va ularning yuqori baholarga sotish balki mavjud ishlab chiqarish
resurslaridagi eng avvalo pul mablag‘laridagi samarali foydalanish hisobiga ham
erishish mumkin. Buning uchun esa korxonalardagi pul mablag‘larining harakati
ularning kelib tushishi va sarflanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish alohida
ahamiyatga egadir. Ushbu vazifa esa eng avvalo pul mablag‘larini hisobga oluvchi
buxgalteriya hisobining schotlari, ularning subschotlari va analitik schotlarida
shakllanadigan ma’lumotlarni yakni korxonani boshqarish uchun zaruriyligi nuqtai-
nazardan yig‘ish qayta ishlash va saqlashni tashkil qilish alohida ahamiyatga ega. Shu
nuqtai-nazardan
qaraganda
pul
mablag‘larining
amaldagi
hisob
tizimini
takomillashtirish zaruriyati vujudga kelmoqda. Chunki amaldagi hisob tizimi real
iqtisodiyot davrida bo‘lib hozirgi bozor munosabatlari talablariga deyarli to‘la javob