International Conference on Developments in Education Hosted from Amsterdam, Netherlands https :
econferencezone.org 22 nd July 2022 29 qolishini istamaydi, shuning uchun hozirgi kunda ta’limning modeliga aylangan “blended
learning” asosida o‘qigan kadrlarga jahon bozorida talab katta, chunki bu model asosida
o‘qigan kadrlar kompyuter texnologiyalaridan mustaqil foydalana oladi, o‘zini ustida mustaqil
va hamkorlikda ishlashini inobatga olganda korxona tashkilot uchun yaxshi kadr hisoblanadi.
Bu ta’lim modelining asosida talabaning mustaqil o‘qishi va yutuqlarga erishish konsepsiyasi
yotadi, an’anaviy darslarda esa talabalarni ko‘proq o‘qitishadi, mustaqil ta’lim jarayonida
talaba o‘zi ishlashi uchun motivatsiya va layoqati yetarli bo‘lmaydi.
Aralashtirilgan ta’lim - bu onlayn o‘quv materiallar va onlayn darslarni an’anaviy usullar bilan
birlashtirilgan ta’lim yondashuvi.
Aralash ta’lim – zamonaviy ta’lim texnologiyasi bo‘lib, uning asosida auditoriya darslari,
axborot kommunikatsion texnologiyalari hamda zamonaviy o‘quv vositalariga asoslangan
elektron texnologiyalarini birlashtirish konsepsiyasi yotadi. Bunday ta’lim muhitida
talabalarga ta’lim berishni tayyor materiallarni berish bilan ko‘zlangan natijaga erishish qiyin.
Aralash ta’limni tashkil etib unda ishlash uchun bir qancha modellar ishlab chiqilgan,
jumladan: Rotation model, Flex model, Flipped Classroom model, Enriched Virtual model,
Standart Invertred Classroom, Micro Flipped Classroom, Discussion-Oriented Flipped
Classroom, Demostration-Based Flipped Classroom, Faux-Flipped Classroom, Group-Based
Flipped Classroom, Virtual Flipped Classroom, Role-Revals 2.0(Flipping The Teacher), Face-
to-Face driver, Online Labs, Selft-blend, Online driver kabi modellari mavjud.
Rotation model(aylanma yoki galma gal modeli). Bu modelda an’anviy sinflarda dars
jadvali asosida dars jarayonida o‘quvchilar o‘qituvchi bilan yuzma-yuz muloqot qilib
o‘qishlari, guruh bo‘lib mashqlarni bajarishi va mustaqil onlayn o‘qish mumkin, bu
o‘quvchilar jadval asosida harakatlanishlari kerak bo‘ladi.