International Conference on Developments in Education
Hosted from Amsterdam, Netherlands
https
:
econferencezone.org 22
nd
July 2022
28
Annotation
This article provides
information on the origin, use, types, and advantages of the Mixed
Distance Learning Model.
Key words:
:
blended learning,
hybrid learning, technology-mediated instruction, EPIC
Learning, Rotation model,
Flex model, Flipped Classroom model, Enriched Virtual model,
Standart
Invertred Classroom, Micro Flipped Classroom, Discussion-Oriented Flipped
Classroom, Demostration-Based Flipped Classroom, Faux-Flipped Classroom, Group-Based
Flipped Classroom, Virtual Flipped Classroom, Role-Revals 2.0, Face-to-Face driver, Online
Labs, Selft-blend, Online driver, blended education, education systems.
Ta’limga bilan zamonaviy texnologiyalarning kirib kelishi ta’lim
berish jarayonlarni va
modellarini o‘zgartirib yubordi. Pochta, radio, televideniya, telefon va internet asosiy axborot
tashuvchi texnologiyalar hisoblanadi. Bu texnologiyalardan ta’lim jarayonida foydalanish har
doim o‘zining ijobiy natijasi berib kelmoqda. Yuqoridagi texnologiyalar ta’lim berishni
chegarasini
kengaytirib, olis masofada joylashgan insonlarga ham ta’lim olishi uchun
imkoniyatni yaratib berdi. Kompyuter texnologiyalarining taraqqiy etishi ta’lim jarayoni
“electron learning” atamasini paydo bo‘lishiga olib keldi. Ta’limda
kompyuter
texnologiyalarning birga qo‘llanishi ta’lim berish jarayonidagi o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi
munosabatlarni turli zamonaviy qurilmalar yordamida tashkil qilish, darsni elektron vositlar
bilan olib borish, o‘quvchilar dars mashg‘ulotlarini va o‘quv materiallarini o‘zlari uchun qulay
vaqtda o‘zlashtirish imkoniyatlarini yanada ko‘paytirib berdi. Eng asosiy eLearningni
an’anaviy sinflarga moslashtirish yoki ma’ruza va laboratoriyalar onlayn muhitiga qo‘shish
orqali, ta’limni zamonaviy texnologiya bilan aralashi yuz berdi, bu jarayon aralash ta’lim
(blended learning) atamasi bilan nomlandi.
Tadqiqot adabiyotlarida "blended learning"(aralashgan ta’lim), "hybrid learning"(gibrid
ta’lim), "technology-mediated instruction"(texnologiya vositasida o‘qitish), "Web-enhanced
instruction"(Web-kengaytirilgan o‘qitish) va "mixed-mode instruction"(aralash
rejimda
o‘qitish) atamalari ko‘pincha bir-birining o‘rnida ishlatiladi. Aralashtirilgan ta’limning asosiy
tushunchalari birinchi 1960-yillarida paydo bo‘lgan bo‘lsada, uni 90-yillarning oxiriga qadar
turli ta’riflashgan. Atamaning birinchi marotaba 1999-yilda Atlantada joylashgan Ta’lim
bo‘yicha Interfaol O‘quv markazlari jurnalida EPIC Learning deb nomlangan maqolasida
qo‘llanilgan. 2006-yilda ushbu atama Amerikalik olimlar C.Bonk va CH.Grexemning
"Aralashtirilgan ta’lim to‘g‘risida" birinchi qo‘llanmasida yanada aniqroq ta’rif berilgan.
CH.Grexem atamaning ta’rifining kengligi va noaniqligiga ta’kidlab, "aralashtirilgan ta’lim
tizimlari" ni "yuzma-yuz o‘qishni kompyuter vositasida o‘qitish bilan birlashtiradigan" o‘quv
tizimlari yordamida amalga oshiriladigan o‘quv jarayoni deb aytib o‘tgan. Ishlab chiqaruvchi
korxonalarning zamonaviylashuvi, ularni yangi texnologiyalardan
foydalana oladigan va
mustaqil o‘z ustida ishlab yangilikka qiziquvchan hodimlarga bo‘lgan talablar ortib bordi.
Rivojlanish davrida hech qaysi korxona o‘zi bilan raqobat qilayotgan korxonadan ortda