Электрон манбалар
11. www. amazon.com.
12. www.Ziyo.net.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
Ro’yxatga olindi: "TASDIQLAYMAN"
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
№_____________________ __________ D.Boytillayev
2019 y. « » “____"_____________2019 yil
«BIOGEOGRAFIYA»
fanining
ISHCHI O’QUV DASTURI
I-KURS
Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar
Ta`lim sohasi: 140000 – Tabiiy fanlar
Ta`lim yo’nalishi: 5140600 – Geografiya yo’nalishi uchun
Namangan
5630100-ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo’nalishi uchun o’quv dasturi 16.09.2011y. OO’MTV № B5630100-11-sonli,18.08.2016 dagi ishchi o’quv reja va 14.03.2012 dagi BD-5630100-sonli o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi: Geografiya fanlari nomzodi, dots. SH.Jumaxanov _________
Taqrizchi: Geografiya fanlari nomzodi, dots. H.Mirzaahmedov_________
Fanning ishchi o’quv dasturi "Geografiya" kafedrasining 2019 yil 28 avgustdagi 1-son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: Mirzaahmedov H.
Fanning ishchi o’quv dasturi "Tabiiy fanlar" fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2019 yil 29 avgustdagi 1-sonli bayonnoma).
Fakul’tet kengashi raisi: Nazarov A.
Kelishildi: O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i: __________Ibraximov X.
KIRISH
Yer shari tabiatining rang-barangligi unda hayot qobig’i biosferaning mavjudligidadir. Tirik organizmlar tabiiy geografik hamda sotsial-iqtisodiy jarayonlarda faol ishtirok etadi. Hozirgi vaqtga kelib esa, tabiatga inson ta’sirining yildan-yilga ortib borishi natijasida atrof-muhitning ifloslanishi, tirik organizmlarning kundan-kunga kamayib borishi, turli hayvonlar va hashoratlarning keng areallarda tarqalishi kuzatilmoqda. Bu esa o’z navbatida tabiatda o’simlik va hayvonlarning tarqalish qonuniyatlarini chuqur bilishni talab etadi. Biogeografiya fundamental geografik fan bo’lib, tabiatdan foydalanish, atrof muhitni muhofaza qilish, planetamizdagi o’simlik va hayvonot olamini hisobga olish, uning xilma-xil zahiralarini o’rganish va ulardan to’g’ri foydalanishni tashkil etishda, nodir o’simlik va hayvon turlarini asrab qolish bilan bog’lik chora-tadbirlarni belgilash, uni monitoringini ta’min etish, amalga oshirishda biogeografiyaning boy dalillari, qonuniyatlari muhim manba xizmatini o’taydi.
O’quv fanning maqsadi va vazifasi.
Fani o’qitishdan maqsad – talabalarda biosfera tarkibida tirik organizmlar va ularning guruhlari o’rtasidagi o’zaro ta’siri va roli, ekologik muhitning yomonlashib borishi natijasida tirik tabiatning o’zgarishini makonda va zamonda ko’rsatib bera olishga doir bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir.
Fanning vazifasi - talabalarga Yer yuzining turli hududlari o’simlik va hayvonot olami jamoalarining evolyutsion kelib chiqishi, shakllanishi, geografik tarqalish qonuniyatlarini, faunistik va floristik tarkibi, biogeografik rayonlashtirish, ularning o’zaro o’xshashlik va farqlarini, bioxilma-xillikni saqlashni o’rgatishdan iborat.
“Biogeografiya” fani bo’yicha talabaning malakasiga quyilgan talablar:
“Biogeografiya” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- biogeografiya fani haqidagi umumiy tushunchalar; biogeografiyaning rivojlanish tarixi; ekologik omillar; tirik organizmlarning klassifikatsiyasi; areallar va ularning ko’lami; Yer yuzasining floristik va faunistik komplekslari; bioxilma-xillik haqida tasavvurga ega bo’lishi kerak;
- tirik organizmlarning rivojlanishi va geografik tarqalish qonuniyatlarini; o’simlik va hayvonlarning hayot formalarini; floristik va faunistik regionlarning tavsifini; madaniy o’simlik va uy tirik organizmlarining kelib chiqishini; asosiy biogeografik qonuniyatlar va ularning faoliyat chegaralarini, biosfera va biogeotsenoz komponentlarining o’zaro munosabatlarini aniqlash va ta’riflash, turli taksonomik darajadagi landshaftlarda o’simliklar va hayvonlar turlarini aniqlay olishni; biogeografik tadqiqotlarini tashkil etish hamda turli karta bilan ishlashni bilishi va ulardan foydalana olishi kerak;
- biogeografik tadqiqotlarning zamonaviy metodlarini, muayyan hududlar biologik resurslarini baholash, areallarni kartalashtirish, muhofaza qilish chora tadbirlarini ishlab chiqish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
O’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
Biogeografiya tabiiy geografiya fani tarkibidagi asosiy umumkasbiy fani sifatida 4 semestrda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish uchun Geografiya yo’nalishining o’quv rejasidan o’rin olgan matematik va tabiiy-ilmiy (oliy matematika, fizika, kimyo, ekologiya asoslari), umumkasbiy (umumiy Yer bilimi, geomorfologiya, geologiya asoslari bilan) fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |