Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


O’simliklarning asosiy guruhlari quyidagi taxminiy



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə3/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

O’simliklarning asosiy guruhlari quyidagi taxminiy
turlardan iborat:
Bakteriyalar (Bacteriophyta) 1200
Ko’kyashil suvo’tlar (Cyanophyta) 2000
Tillarng suvo’tlar (Chrysophyta) 1000
Diatom suvo’tlar (Bacillariophyta) 14000-16000
Sariqyashil suvo’tlar (Xanthophyta) 300
Qo’ng’ir suvo’tlar (Phaeophyta) 1500
Qizil suvo’tlar (Rhodophyta) 3800
Pirofit suvo’tlar (Pyrrophyta) 1200
Yashil suvo’tlar (Chlorophyta) 8000
Boshqa suvo’tlar (Euglenophyta va boshqa) 1000
Zamburug’lar (Mycota) 40000-50000
Lishayniklar (Lichenes) 20000
Moxsimonlar (Bryophyta) 25000
To’qimali sporalilar (Pteridophyta) 11000
Ochiq urug’lilar (Gymnospermae) 600
Yopiq urug’lilar yoki gullilar(Angispermae) 260000
Suvo’tlarning 34000-35000 ba’zi istisnolar bilan chuchuk suvda, ulardan 55-60% dengizlarda tarqalib ulardan 11000-14000 tur atrofidagisini diatom suvo’tlari tashkil qiladi. Shuni ta’kidlashimiz lozimki, biz hozir gulli o’simliklarning barq urib o’sib rivojlanayotgan davrida yashayapmiz. Shu boisdan o’sim-liklarning Yer yuzi bo’ylab tarqalishida biz urug’li o’simlik-larning geografiyasi haqida so’z yuritamiz.
Biogeografiya fanining o’rganish metodi asosan o’simliklar florasi va hayvonlar faunasini o’rganish metodlariga asoslangan. Xar ikkalasi birgalikda biododlar deyiladi, xosil qilingan massa biota deyiladi. Demak, biogeografiyaning asosiy maqsadi biotaning tarqalish qonuniyatlari va ularni ratsional foydalanish ekologik hayotni yaxshilashdan iborat.
Oparin nazariyasi - Hayot dastlab suvda paydo bo’lib, buni laboratoriyada aniqlash mumkin. Suvni tapkibida CA2O, S, N, O2, H, C kabi elementlar bo’ladi, bular yukori temperaturada o’zaro birikib H2O, H2S, NA3, CO3, CH hosil qilgan. 2 bosqichda H2CO3, HNO3 moddalari hosil bo’ladi. Bular yana o’zaro bir-biri bilan birikadi.



Hayotning anorganik moddalardan abiogen molekulyar evolu-tsiya natijasida hosil bo'lishi to'g'risidagi nazariya rus olimi A. I. Oparin (1924) va ingliz olimi J. Xoldeyn (1929) tomonidan yaratilgan.


Tabiatshunoslar fikriga ko'ra Yer bundan taxminan 4,5—5 mil­liard yillar oldin paydo boigan. Dastlab Yer changsimon holatdu, harorati juda yuqori (4000—8000°C) boigan. Asta-sekin sovish jarayonida og'ir elementlar sayyoramizning markaziga, yengillarl esa periferik qismiga joylasha boshlagan.
Yerda eng qadimgi oddiy tirik organizmlar taxminan 3,5 mil­liard yil avval paydo boigan deb taxmin qilinadi. Hayot avval kimyoviy, keyin esa biologik evolutsiyaning mahsulidir.
Kimyoviy evolutsiya Yerning birlamchi atmosferasi tarkibidagi N, H, С, О o'zaro reaksiyaga kirishib ammiak, metan, uglerod oksidlari, vodorod sulfid, suv bugiari kabi oddiy organic bliiknialarni hosil qilgan. Dastlabki juda ktim miqdordagi erkin kislorod birikmalar tiiikihiga kirib tamom bo'lgan. Biologik monomerlar abiogen usulda sintezlangan. Yerning sovishi natijasida birlamchi okeanlar hosil bo'lgan. Suvdagi kislorod hisobiga oddiy organik birikmalar oksidlanib spirtlar, aldegidlar, aminokislotalar hosil bo'lgan, birlamchi okean murakkab organik moddalar bilan to'yinib borgan.
A I. Oparin hayotning paydo bo'lishini tairibada o'rganish mumkinligi g'oyasini birinchi bo'lib olg'a surdi. Darhaqiqat S Miller (1953) tajribada birlamchi Yer sharoitining modelini yaratdi. U qizdirilgan metan, ammiak, vodorod va suv bug'lariga elektr uchquni ta`sir etib asparagin, glitsin, glutamin aminokislotalarini sintezladi (bu sistemada gazlar birlamchi atmosferani, uchquni esa yashinni imitatsiyalaydi).
D. Oro vodorod sianid, ammiak va suvni qizdirib adeninni sintezlaydi. Metan, ammiak va suv aralashmasidan ionlashtiruvchi miliar la'sirida riboza va dezoksiriboza sintezlandi. Bunday tajri-balai natijasi ko'plab tadqiqotlarda tasdiqlandi.
Evolntsiya jarayonida monomerlar biologik polimerlar (polipeptidhir, polinukleotidlar)ga aylangan. Bu farazlar ham tajribalarda tasdiqlandi. S. Foks aminokislotalar aralashmasini qizdirib proteinlar (oqsilsimon moddalar)ni sintezladi. Keyinchalik tajriba­da iniklcotidlar polimerlari ham sintezlandi.
Oparin fikriga ko'ra oqsil molekulalari kolloid birikmalarni liosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan konservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi (lotincha koatservus — quyqa, quyuq narsa ma'nosini anglatadi).
Koalservatlar o'ziga suvdan har xil moddalarni biriktirib, bir-birlaridan tobora farqlanib borgan, ularda kimyoviy reaksiyalar kuzatilgan, keraksiz moddalar ajratilib chiqarilgan.
Koalservatlarni tirik mavjudotlar deb atash mumkin emas. Kimvoviy evolutsiyaning so'nggi bosqichlarida koatservatlar o'sa boslilagan, moddalar almashinishiga o'xshagan tirik organizmlarga sos hclgilar paydo bo'lgan. Koatservatlar membrana bilan o'rala boshlagan va ularda bo'linish xususiyati paydo bo'lgan deb faraz qilinadi.
Bunday koatservatlar protobiontlar yoki birlamchi hujayralar deb ataladi.
Koatservatlarga o'xshagan birikmalar A. I. Oparin va uning shogirdlari tomonidan tajribada hosil qilingan va ularning xususi-yatlari yaxshi o'rganilgan.
Protobiontlar ham hali toiiq hayot shakli emas. Ularda asta-sekin fermentlar (kofermentlar, xususiy fermentlar), ATFga o'xshash birikmalar abiogen usulda paydo boia boshlagan deb faraz qilinadi.
Protobiontlarning haqiqiy hujayralarga aylanishida oqsillar va nuklein kislotalar funksiyalarining o'zaro moslashishi va qo'shilishi natijasida matritsali sintez usuli paydo bo'lishi katta ahamiyatga ega bolgan.
Matritsali sintez jarayoni paydo bo'lishi bilan kimyoviy evolutsiya o'z o'rnini biologik evolutsiyaga bo'shatib bergan. Hayotning rivojlanishi endi biologik evolutsiya yo'li bilan davom etgan.
Hayotning biokimyoviy evolutsiyasida avval oqsillar paydo boiganmi yoki nuklein kislotalarmi degan muammo mavjuddir. A. I. Oparin nazariyasiga ko'ra dastlab oqsil molekulalari paydo boigan. Genetik faraz tarafdorlari esa, aksincha, dastlab nuklein kislotalari paydo boigan deb hisoblashadi. Bu faraz 1929-yilda G. Miller tomonidan taklif etilgan. Laboratoriya tajribalarida nuk­lein kislotalar fermentlar ta'sirisiz ham replikatsiyalanishi mumkin-ligi aniqlangan. Olimlar birlamchi ribosomalar faqat RNKdan tashkil topgan, ularda keyinchalik oqsil sintezlash xususiyati paydo bo'lishi mumkin deb hisoblashadi.
Bu farazni tasdiqlovchi yangi ilmiy maiumotlar olindi. Ribonuklein kislota fcrmentlarsiz ham replikatsiyalanishi, teskari transkripsiya, ya'ni informatsion RNK asosida DNK sintezlanishi mumkinligi genetik farazni tasdiqlovchi dalillardir.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin