21. Yangi Kaledoniya oblasti. Bu oblast ham maydon jixatidan kichik hududni o’z ichiga oladi. Asosan bunga Yangi Kaledoniya oroli va uning atrofidagi bir necha orollar kiradi. Endemizmga juda boy. O’simliklarning oltita oilasi 130 dan ortiq avlod va minglab endem turlar bor.
3. Neotropik o’simliklar hukmronligi. Bu hukmronlik hududiga Florida yarim orolining janubiy qismlari, Meksika qirg’oqlari, Markaziy Amerika, Antil orollari hamda ekvatorial Amerikaning katta qismidagi bir qancha mamlakatlar hududlari kiradi. Bu hukmronlik hududi xilma-xil iqlim sharoitiga ega bo’lganligi tufayli o’ziga xos o’simlik dunyosiga ega va floraga juda boy. Bu xukmronlikda 28 ta oila endem hisoblanadi. Bu hukmronlik quyidagi 5 ta oblastlarga bo’linadi.
22 (1). Karip oblasti - bu oblastga Florida yarim orolining tropik qismi, Kichik Antilь, Galapagos, Bagam, Bermud orollari kiradi. Karip oblasti hududi bir qancha orollar bo’lganligi sababli ularda endemizm kuchli, ya’ni bu oblastda 2 ta oila 500 dan ortiq avlod, 100 lab turlar endem hisoblanadi.
23 (2). Givian tog’lari oblasti - bu oblast maydoni uncha katta emas, lekin Gvian yassi tog’larida juda qadimgi arxio o’simliklar ko’plab uchraydi va o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ya’ni bu oblastda yashaydigan 8000 tur o’simlikning 4000 dan ortig’i endemik turlar hisoblanadi. Bu yassi tog’larning yuqori qismlaridagi ayrim vohalarda endemizm 97 foizgacha boradi. Endem oila faqat bitta xolos.
24 (3). Amazonka oblasti - bu oblast hududiga Amazonkanig barcha irmoqlari bilan birga bo’lgan havzasi kiradi. Teritoriyasi katta va o’ziga xos o’simliklar dunyosiga boy 1 ta oila 500 dan ortiq avlod va 3000 dan ortiq tur emdem hisoblanadi. Bu oblast hududida tropik yomg’irli o’rmonlarning juda katta maydoni mavjud. Bunday o’rmonlar yer sharining boshqa maydonida unchalik katta yaxlit maydonda uchramaydi.
25 (4). Braziliya oblasti. Bunga Braziliya Yassi tog’ligi, Atlantika okeani qirg’og’idagi bir necha mayda orollar kiradi. Bu oblast hududida endem oila yo’k. 400 dan ortiq avlod va 100 lab turlar endem hisoblanadi.