26 (5). And oblasti Patagoniyadan shimol tarafga toki karibgacha bo’lgan qismi kiradi. CHekkasidagi orollari ham kiradi. Bu oblastda 1 ta oila 10 lab avlod va bir necha yuzlab turlar endem hisoblanadi.
27 (1). Kap o’simliklar hukmronligi va oblasti. Bu hukmronlik juda kichik maydonni egallab, Afrika materigining eng janubiy qismida joylashgan. By hukmronlik 1 ta oblast hisoblanadi. Olimlar bu kichik oblastga hukmronlik darajasini berishiga sabab nixoyatda o’simliklar florasiga boy va o’ziga xos takrorlanmas. Shuning uchun yer sharidagi eng kichik Tsirkomborial oblastga nisbatan bir necha yuz barobar kichkina o’simliklar hukmronligi hisoblanadi. Bu hududda 7 mingdan ortik o’simlik turi bo’lib, ularning ichida bir necha minglab endemik tur, 280 dan ortik avlod va 7 ta oila endem hisoblanadi.
5. Avstraliya o’simlik hukmronligi - bu o’simlik hukmronligiga asosan Avstraliya materigi va uning atrofidagi bir necha orollar kiradi. Bu hukmronlik hududidagi o’simliklar yer sharining boshqa oblastidan keskin ajralib turadi. Endemik turlarga boy. O’ziga xos o’simlik turlari mavjud. 8 dan ortiq endem oila 570 dan ortiq avlod va 1000 lab o’simlik turi endemik hisoblanadi. Bu xukmronlik 3 ta oblastga bo’linadi.
28 (1). Shimoli-sharqiy Avstraliya oblasti. Bunga Avstraliyaning shimoli-sharqiy qismi, Tasmaniya va bir necha mayda orollar kiradi. Bu oblastda 4 endem oila 200 dan ortiq avlod va bir necha yuzlab turlar endem hisoblanadi.
29 (2). Janubiy-G’arbiy Avstraliya oblasti. Bu oblast Avstraliya hukmronligi ichida eng kichigi bo’lib, Avstraliyaning janubi-g’arbida joylashgan. Bunga qirg’oqqa yaqin bir necha orollar ham kiradi. Lekin bu oblast endemik turlarga boyligi bilan ajralib turadi, ya’ni materiklar ichida yagona. Bu oblastda 2841 tur o’simlik yashab, 2472 endem tur, 125 avlod, 4 ta oila endem hisoblanadi.
30 (3). Markaziy Avstraliya oblasti. Bu uchchala oblast tarkibida eng kattasi hisoblanadi. Bunga Avstraliya cho’llari, Xind okeani qirg’ogidagi bir necha orollar kiradi. Bu oblast hududida 85 avlod endem bir necha yuzlab turlar endem hisoblanadi. Endem oila Avstraliya cho’llarida daraxtli va butali savanna o’rmonlari ko’proq uchraydi.