2. Arktogey Hayvonlar hukmronligi. Bu hukmronlik 2 ta kichik hukmronlikka bo’linadi.
1.Palearktik faunistik kichik hukmronligi. Bu hukmronlik 3 ta oblastga bo’linadi:
1. Yevropa-Sibir oblasti
2. Qadimgi O’rta yer oblasti (Turon)
3. Sharqiy Osiyo oblasti
2. Neoarktik faunistik hayvonlar kichik hukmronlik 2 ta olastga bo’linadi.
1. Kanada oblasti
2. Sanor oblasti
3. Neogey hayvonlar hukmronligi 2 ta oblastga ajratiladi:
1. Neotropik
2. Karip
4. Notog’ey hayvonlar hukmronligi 3 ta oblastga bo’linadi:
1. Avstraliya oblasti
2. Yangi Zelandiya oblasti
3. Patagoniya oblasti
Paleogey hayvonlar hukmronligi kuyidagi 4 ta oblastga bo’linadi:
1. Efiopiya oblasti. Bu oblast hududiga Afrika materigining Janubiy qismidan boshlab, Saxroi Kabrgacha bo’lgan maydonni o’z ichiga oladi. Bu oblastning asosiy qismini ekvatorial iqlim mintakasi tashqil qilganligi uchun ekvatorial o’rmonlar va savannalardan iborat. Shuning uchun bu oblastda uziga xos hayvonlar tarqalgan. Sut emizuvchilarning ko’pchilik turlari endem hisoblanadi. Jumladan, Antilopa, Alenlarning 2 turi, Jirafa, zebra, Afrika fili, Shimpanze, Gorilla, Martishka, Begemotlarning 2 turi, Nosorok, yirtqichlardan Afrika yo’lbarsi, Geopard, yovvoyi mushuk, Giena (bo’ri yo’q). Giena Afrika savannalari uchun sanitariyalik vazifasini bajaradi. Bu oblastda sudralib yuruvchilar keng tarqalgan. Masalan: kaltakesak echkiemarlar, gekonlar, aspidlar iolasiga mansub bo’lgan kobralar, umuman 20 dan ortik xil ilonlar yashaydi. Ekvatorial o’rmonlar zonasida 7-9 metr keladigan pitonlar yashaydi. Bu oblastda endem turkumlardan straus (Afrika tuyaqushi). Umurtqasizlardan turli xil xasharotlar endem hisoblanadi.
2. Indomalay oblasti. Bu oblast hududiga Osiyoning tropik va subtropik qismi kiradi, ya’ni Xindiston, Pokiston, Xitoyning janubiy qismi, Birma, Vьetnam, Katta va Kichik zond orollar, Yangi Gvineya va Fidji orollari kiradi. Bu oblast iqlimi juda xilma-xil. Ko’p orollar bir-biridan yaxshi ajralgan. Shuning uchun hayvonot olami ham bir-biridan keskin farq qilib, xilma-xildir. Birgina sut emizuvchilarning 46 oilasi endem hisoblanadi.
Koqchigliylarni 5 ta oilasi, yirtqichlarning juda ko’p vaqillari yulbars, leopard, geopard keng tarqalgan. Uziga xos hayvonlardan Xindiston fillari, taprlar, nosoroklar, tungizlar, buyvollar, arxarlar keng tarqalgan. Primatlarning orangutan, gibbon, lemur, shimpanze kabi turlari tarqalgan. Qushlardan jannat qushi, kazauralar, tovuslar, boyyogli (sava), sudralib yuruvchilardan toshbaqalar, kaltakesaklar, ilonlar, timsoxlar, uchar kaltakesaklar, ilonlarni 45 ta endem turi bor. Jumladan, gadyuka, aspid, kuzanakshli ilonlar endem hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |