Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə72/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Birinchidan, bu qayta qurish tizimini zarurligi, ya’ni xo’jalikning «og’ir» sektorida qator samarasiz ishlab chiqarish korxonalarni yo’qotish bilan va markazlashgan iqtisodiyot uchun xos bo’lgan resurslarni yo’qotishni to’xtatish bilan bog’liq.
Ikkinchidan, korxonalarni davlat moliyasiga kirib borishini to’xtatish, resurslarni subsidiya qilishni to’xtatish bilan bog’liq. Bu resurslarni iste’mol darajasini, xususan energiyasizlikni pasaytiradi.
Uchinchidan, kapitalni haqiqiy qiymatiga ishonch hospl qilish bilan bog’liq. Xom-ashyo resurslaridan foydalanishda isrofgarlikka barham berish bilan birga ishlab turgan korxonalarda jihozlarni uzluksiz almashtirib turishga to’g’ri keladi, hamda yangilarini qurish va eski texnologiyalarni konservatsiya qilinadi.
To’rtinchidan, xususiylashtirish bilan bog’liq, ya’ni davlatning ekologik harajatlardan holi qilish. So’nggi yillarda bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda zararli chiqindilar hajmi keskin kamaydi. Bu birinchi navbatda iqtisodiyotni isloh qilish sharoitida ishlab chiqarishni pasayishi bilan bog’liq bo’ldi. SHuning uchun tabiat muhofazasi borasida shunday choralar qabul qilish muhimki, qaysiki buni u yoki bu mamlakatda inqirozdan chiqqandan keyin ham qo’llasinlar.
Mintaqali ekologik muammolar turli komissiyalar faoliyatida o’z ifodasini topadi. Ular dunyoning turli qismlarida sotsial-iqtisodiy holatni o’rganadilar, hukumatlar uchun tavsiyanomalar ishlab chiqadilar va loyixalarni tatbiq qilishda ishtirok etadidlar.
Xalqaro hamkorlik bitim va dasturlari. Oxirgi yillarda xalqaro hamkorlikning konventsiya, ko’p yoki ikki tomonlama bitim kelishuvi, shartnoma, dasturlar deb ataluvchi shakllari paydo bo’ldi. Tabiat muhofazasini u yoki bu aspekti bo’yicha mamlakatlarda qabul qilingan majburiyatlar ularning yakuniy ifodasidir. Bu konventsiyalarning eng ahamiyatlisi quyidagilar:
- uzoq masofada havoning transchegaraviy ifloslanishi (1979 yil to’g’risida.)
- Ozon qatlamini muhofazasi to’g’risida (1992 yil)
- Dengizlarni chiqindi va boshqa mahsulotlar bilan ifloslanishini oldini olish to’g’risida (1975 yil).
- qora dengizni ifloslanishdan saqlash bo’yicha (1992 yil).
- Biologik turli-tumanlik to’g’risida (1992 yil).
- Butun dunyo madaniy va tabiiy meroslarni muhofaza qilish to’g’risida va boshqalar.
Yuqorida ko’rsatilgan konventsiyalar ko’zda tutilgan maqsadga erishishda aniq choralarni qo’llashni oldindan ko’rsatib beradi. Masalan: «Havoni transchegaraviy ifloslanishi to’g’risida»gi konventsiyada ma’lum vaqtga oltingugurtni chiqarishni pasaytirish, azot oksidlanishini o’rnatilgan hajmda bo’lishi vazifalari ko’rsatiladi. Oxirgi yillarda chidamli organik birlashmalar va og’ir metallarni chiqarib tashlashni chegaralash bo’yicha tadbirlar o’tkazilmoqda. 1996-1997 yillarda bu konventsiya bir necha kelishuvlar bilan yana to’ldirildi. SHu kabi maqsadlar atrof-muhit muhofazasi bo’yicha konvetsiya va bitim doirasida ishlab chiqilgan xalqaro dasturlarga ega.
1993 yilda Markaziy va SHarqiy Yevropa uchun tabiat muhofazasi bo’yicha harakat dasturi qabul qilindi va mintaqada harakat qiluvchi xalqaro tashkilot va xususiy investorlarning Yevropa kengashi komissiyasi tashkil etildi. Dastur asosini uchta narsa tashkil etadi:
- Siyosatni isloh qilish.
- Institutsion tizimni mustaxkamlash.
- Investitsiya.
Harakat dasturi strategik yondoshuv uchun barcha tadbirlarni qamrab olgan. Asosiy e’tibor birinchi navbatda o’tkaziladigan harakatlarga qaratiladi, ammo shu shart bilan, ya’ni uzoq muddatli ekologik-iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilinishi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Ekologik yondoshish harajat va nafni sinchkovlik bilan tahlil qilinishiga asoslanish kerak.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi mavjud pecypclar atrof-muhit holatini yaxshilash uchun juda chegaralangan imkoniyatga ega. Nari borsa kelasi, besh-o’n yilni o’z ichiga olishi mumkin. Chegaralangan resurslar birinchi navbatda eng zarur muammolarni yechish uchun ishlatishi kerak. Imkoniyat bor yerlarda ifloslanishni nazorat qilish uchun bozor mexanizmidan foydalanish mumkin. Ifloslanganlik uchun soliq to’lash, yoqilg’i uchun soliqlar, harajatlarni qoplash sxemasi kabi bozor mexanizmi elementlaridan foydalanish, atrof-muhitni orzu qilingan holatga keltirishda yordam beradi. Bunga albatta tartibga solishda odatiy yondoshuvlar bilan erishiladi. Tartibga solish chora-tadbirlarini o’tkazish asosan mayda ifloslantiruvchi zarrachalarni zararini sinash nazoratida talab qilinadi. (Og’ir metallar, ayniqsa qo’rg’oshin zarralari zaharli, kimyoviy vositalar).
Birinchi navbatda diqqat e’tiborni lokal muammolarga qaratish kerak. Ko’pgina odamlar ularning sog’ligiga ta’sir ksrsatuvchi atmosfera, tuproq tarkibidagi qo’rg’oshin, havodagi oltingugurt changlari, nitratlar, hamda ichimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi zararli vositalardan jabrlanadilar. Bu muammoni yechish sog’liqni saqlash va farovonlikni oshirishga katta naf keltiradi.
Zararli chiqindilarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar keng miqyosli transchegaraviy va sayyoraviy muammolarni xal qilishda ham o’z hissasini qo’shishi kerak. Oldin ekologik zarar keltirganlik uchun javobgarlik to’g’risidagi masalalarni xal qilish muhimdir. Buni aniqlamaslik moliyalashtirish va xususiylashtirishda qiyinchiliklar tug’diradi. Hukumat amaliy maqsadlarda oldin ifloslanish bilan bog’liq zararlarni qoplash bilan shug’ullanishi kerak. Hukumat ekologik standartlarni aniq belgilashi kerak, chunki bugungi korxonalarning yangi egalari rioya qilishlari kerak hamda yangi sharoitga o’tib ishlash davrini ham aniqlash kerak. Homiy mamlakatlar Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlarida transchegaraviy va sayyoraviy muammolarni yechimini tezlashtirish uchun mablag’ ajratish masalalarini ko’rib chiqishlari kerak. Sarf harajatlarni minimum darajasiga kamaytirpsh Yevropa mamlakatlarini ko’plarini diqqat e’tiborida turibdi. Agar transchegaraviy oqimlarga sof harajatlar qisqarsa, mamlakatlar boshlang’ich bosqichlarda erkin harakat qiladilar yoki eng muhim vazifalarni bajaradilar.
Ekologik - iqtisodiy dastur vazifalarini amalga oshirnsh uchun qator xalqaro tashkilotlarining moliyaviy yordami imkoniyati xalqaro hamkorlikning muhim aspekti hisoblanadi. Bu yordamni Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro Valyuta fondi, qishloq xo’jaligi taraqqiyoti bo’yicha Xalqaro fond, YuNET fondi va boshqalar ajratishi mumkin.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin