Jumayeva N. A. Osiyo xalqlari etnologiyasi Metodik qo’llanma


O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlari lingvistik tuzilishi va antropologik va xo‘jalik-madaniy tiplari



Yüklə 14,94 Mb.
səhifə26/52
tarix16.12.2023
ölçüsü14,94 Mb.
#183479
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52
12642 1 E0AED3805A03EC0D92083647C1F3D84D63AF60C2

O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlari lingvistik tuzilishi va antropologik va xo‘jalik-madaniy tiplari
Arxeologik va antropologik ilmiy tadqiqotlar Markaziy Osiyo mintaqasi bir necha ming yillar davomida murakkab etnik jarayonlar, katta va kichik guruhlarning aralashuv makoni bo‘lib kelganligini ko‘rsatadi. Antropolog tadqiqotchilar hozirgi kunda Markaziy Osiyo mintaqasini uchta yirik antropologik hududga ajratadilar. Har bir hudud aholisining o‘ziga xos irqiy xususiyatlari bor.30 Shunga ko‘ra o‘zbek va tojik xalqlari O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i antropologik tipi vakillari hisoblanadilar.
Markaziy Osiyoning tub axolisi asosan ikki katta irqqa: mon­goloid va yevropoid irqiga mansubdir. Mongoloid irqiga qozok, qirg‘iz, qorakalpoq, yevropoid irqiga bo‘lsa o‘zbek, tojik, turkman va boshqa xalqlar kiradi. Lekin ayrim etnik guruhlarda aralash tiplar ham uchraydi. Markaziy Osiyo xalqlarining antropologik qiyofasi miloddan avvalgi 1 ming yillikda shakllana boshlagan.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixiy tarakkiyotining ayrim davrlarida axoli tarkibida mo‘g‘uliy belgilarning nisbiy mikdori borligi aniqlandi. Turk xoqonligi davrida, ya’ni milodning VI asridan boshlab, Markaziy Osiyo xalqlari tarkibida mug‘uliy bel­gilarning o‘sib borishi to‘g‘risida fanda keng tarkalgan fikrlar mavjud. Lekin kirkka yaqin ilk O‘rta asr davriga oid arxeologik yodgorliklardan olingan antropologik materiallar asosida Turk xoqonligi davrida Markaziy Osiyoda antik davriga nisbatan axoli tarkibida mo‘g‘uliy belgilarning nisbiy mikdori ancha kamaygani kuzatilishi aniqlangan.
Hozirgi kunda Markaziy Osiyo hududlarida yashab turgan mahalliy aholining siymosini o‘rganish, birinchi navbatda ularning bosh chanog‘ini biologik va antropologik jihatdan o‘rganish tufayli antropologik tiplari aniqlangan. Ular asosan 3 tipni tashkil etadi. Masalan, qozok, qirg‘iz va qoraqalpoqlar asosan "Janubiy Sibir” tipiga kiradilar (bu tip o‘ziga xam mongo­loid, xam yevropeoid belgilarini oladi), tog‘li tojiklar, turkmanlar esa '"Kaspiy orti” tipining vakillaridir. Hozirgi zamon o‘zbeklari va voxa tojiklari (tojiklarning o‘zi ikki oraliq tipga bulinadi: 1. Shimoliy. 2.Janubiy. Shimoliy guruhda mongoloid belgilari ko‘proq hisoblanadi) “O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i“ tipiga kiradilar. Bu tiplarning xar biriga aloxida tavsif beradigan bo‘lsak, ularning yuz tuzilishlari quyidagicha ta’riflanadi:


  1. Yüklə 14,94 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin