Jumayeva N. A. Osiyo xalqlari etnologiyasi Metodik qo’llanma



Yüklə 14,94 Mb.
səhifə34/52
tarix16.12.2023
ölçüsü14,94 Mb.
#183479
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52
12642 1 E0AED3805A03EC0D92083647C1F3D84D63AF60C2

Turk xokonligi. Urush uchun baxona kidirib keksa Bumin Juan Juanlar xokoni Anakuayning (520-552) kizini o‘ziga xotinlikka so‘raydi. O‘sha davrda kudratli va shuxratli bo‘lgan xokon unga taxkirlovchi shaklda rad javobini beradi. Turklar sardoriga bu urush uchun bir baxona bo‘ldi. 552 yilda u Juan Juanlarga kakshatgich zarba beradi. Anakuan o‘zini o‘zi o‘ldirgan. Gʻolib xokon “elxokon” unvonini oladi va karorgoxini Urxunga (Shimo­liy Mug‘uliston) ko‘chiradi. Urxun Turk xokonligining yangi ma’muriy siyosiy markaziga aylandi. 553 yilning boshlarida turk sulolasi asoschisi elxokon Bumin vafot etdi.
Eron sosoniylari V asrning ikkinchi yarmidan boshlab eftaliylarga katta o‘lpon to‘lab kelardi. Tabiiyki. u bunday mushkulotdan kutulish uchun Istemi bilan yakinlashish yo‘lini izlay boshladi. 555 yilda ular o‘rtasida ittifok tuzildi. Bu ittifok Eron shoxi Xusrav Anushirvon bilan xokon Istemi kizi o‘rtasidagi nikox bilan mustaxkamlandi. Ittifokdoshlar xal kiluvchi jangga puxta tayyorgarlik kurdilar. Gʻarbiy turklar o‘z orka tomonlarining xavfsizligini ta’minlash uchun Orol bo‘yida ko‘chib yuruvchi dush­man bo‘lgan Avarxunlarni Volga ortiga kuvib yubordilar. 563 va 567 yillar oralig‘ida Eron ko‘shinlari g‘arbdan va turk otliklari shimoldan xujum kilib, Eftaliylarni tor mor kildilar. Amudaryo g‘oliblar o‘rtasida chegara bo‘lib koldi. Ko‘shni yerlarni mulkiga olgan o‘nta kabila xokoni Istemi yabg‘u unvoni xam o‘zlashtirdi.
Ammo Eftaliylar tormor etilgandan keyin, ko‘p o‘tmay ittifokdoshlar o‘rtasida nizolar chika boshladi. Dashtliklar odatiga ko‘ra shox Xusrav Anushirvon xokonning kuyovi, kichik karindosh xisoblanar edi. Bu tabiiyki, Eron xukmdoriga ma’kul emasdi. Buning ustiga Istemi ilgari Eftaliylarga to‘langan o‘lponni endilikda turklar xazinasiga to‘lashni talab kildi. Buni Eron tomoni bajarmadi. Xokon va shoxning siyosiy da’volari ortida jiddiy sabablar bor edi: bular Buyuk ipak yo‘li bo‘yicha savdodan olinadigan daromadga oid ziddiyatlardan iborat edi.
Juan Juanlar va Eftaliylar tormor etilgach, turklar Buyuk ipak yo‘lining kattagina kismiga Xitoy devoridan boshlab to Amudaryogacha bo‘lgan xududlarga egalik kila boshladilar. Bu xududda boy va ta’sirli savdogarlar katlami bo‘lgan yirik savdo shaxarlari joylashgan edi. Turk zodagonlari va uning fukarolari o‘z geografik joylashuvlari imkoniyatlaridan mumkin kadar kengrok foydalanishga xarakat kildilar. Ular Xitoy bilan bevosita aloka o‘rnatdilar. Buning ustiga, VI asrga kelib sug‘dlar o‘z ipak gazlamalarini chikara boshladilar. Shunga ko‘ra, sug‘d savdogarlari badavlat Vizantiya bilan vositachilik savdosida boyib borayotgan fors savdogarlarini sikib chikarishga urina boshladi­lar. O‘z savdogarlari va mamlakatini ximoya kilgan Eron turklar va sug‘dlarning Vizantiya ko‘l ostidagi yerlar bilan bo‘lgan bevosi ta alokalariga to‘skinlik kildi va o‘z yerlari orkali savdo karvonlarini o‘tkazmay ko‘ydi.
Turklar Eronga ikki marta elchi yuboradilar, ammo Xusrav Anushirvon uz so‘zidan kaytmaydi. Ikkinchi marotaba yuborilgan elchilik a’zolarining xalok bo‘lishi vaziyatni jiddiylashtirdi. Gʻarbiy turklar va Eron urushga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Sug‘dlar boshligi Maniax Eronning azaliy dushmani Vizantiya bilan sulx tuzishni Istemiga taklif kildi. Maniax boshchiligidagi elchilar aylanma yo‘l bilan Eron yerlaridan o‘tib, Shimoliy Kaspiy bo‘yi va Kavkaz orkali 568 yilda Konstantinopolga yetib keldi. Imperator Yustian II elchilarni yaxshi kutib oldi. Eronga Karshi ittifok tuzish uchun Istemi xuzuriga mashxur lashkarboshi Zemarx boshchiligida elchilarning javob tashrifi uyushtirildi.
Vizantiya elchilari Maniax yo‘lini takrorlab, Talas va Chuy vodiylariga yetib keldi. Shu yerdan Zemarxni xokonning Tyanshandagi Oktogda joylashgan karorgoxiga boshlab bordilar. Bu yerda vizantiyaliklarni dabdabali kabul kilingan. Kutilgan ittifok tuzildi va turk lashkarlari Eron chegaralari yakiniga to‘plana boshladi. Keyingi xodisalarni solnomachilar birmuncha ziddiyatli bayon kiladilar. Turklar Eronning Jurjon viloyatini bosib oladilar, ammo ularning ushbu shijoati g‘arbdan, vizantiyaliklar tomonidan kullab kuvvatlanmadi.
Ikki tomonlama urush olib borishdan cho‘chigan Xusrav Istemi bilan sulx tuzishga shoshildi va turklarga oldingi ‘‘Eftaliylar o‘lponini” to‘lashga rozi bo‘ldi. Aftidan nizoning asl sababi ipak savdosi masalasi xam xal kilingan bo‘lsa kerak. Turklar bilan tuzilgan sulx Eron uchun Vizantiya va Mesopotamiyaga bir necha zarbalar berishga imkon tug‘dirdi. Gʻarbiy turklar Eron ustidan g‘alabaga erishganlaridan so‘ng, greklar bilan ittifok tuzishga bo‘lgan kizikishlarini yo‘kotdilar. Konstantinopolning ittifokni tiklashga bir necha bor urinishlari xam natija bermadi, 576 yilda esa turklar xokimlaridan bo‘lmish Turksanf, Vi­zantiya Kora dengiz bo‘yi yerlariga bostirib kirdi va Bosforni egalladi. 520 yilda turklar Krimga bostirib kirdilar va Xersonesni kurshovga oldilar.
Gʻarbiy turklar dono va gayratli xokon Istemi boshchiligida o‘z tashki siyosatlarida katta muvaffakiyatlarga erishdilar, ammo xokonlikdagi o‘zaro urushlar uni mustaxkamlashga imkon bermadi. 575 yilda dashtliklar orasida juda katta obro‘ga ega bo‘lgan xokon Istemi vafot etdi. Ko‘p o‘tmay Turk xokonligining oliy xukmdori Taspar (575-581 yillar) xam olamdan o‘tadi, u xar xil kabilalardan tarkib topgan davlat boshkaruvini o‘z qo‘lida maxkam ushlab turgan edi. Xokonlik taxti uchun to‘rtta da’vogar ayovsiz birodarkushlik urushini boshladilar, natijada ulardan uchtasi xalok bo‘ldi va xukmdorlar taxtini 587 yidda Istemining g‘arbdagi vorisi Tardu xokon egalladi.
Ammo nizolar 593 yilgacha davom etdi. O‘zaro urushlar Turk xokonligini xoldan toydirdi va uning tashki siyosatini keskin yomonlashtirdi. Bu davrga kelib turklarga katta o‘lpon to‘lagan Eron, 588 yilda Xitoy g‘arbiy turklarni mag‘lub etdi. 590 yil­da esa Vizantiya Bosforni turklardan tortib oldi. 603 yilda Tardu xokon vafot etganidan so‘ng Turk xokonligi rasmiy tarzda Sharkiy va Gʻarbiy xokonlikka ajrab ketdi.53

Yüklə 14,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin