Jumayeva N. A. Osiyo xalqlari etnologiyasi Metodik qo’llanma



Yüklə 14,94 Mb.
səhifə35/52
tarix16.12.2023
ölçüsü14,94 Mb.
#183479
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   52
12642 1 E0AED3805A03EC0D92083647C1F3D84D63AF60C2

Gʻarbiy turk xokonligi. Gʻarbiy turk davlatini “O‘n kamon o‘qi davlati” deb atashardi. Ashina sulolasiga mansub g‘arbiy xukmdorlarning rasmiy unvonlari “turk jabgu xokoni” yoki “o‘n o‘k davlati xokoni” bo‘lgan. Gʻarbiy turk davlatida yetakchi o‘rinni ikki yirik birlashmadan iborat “o‘n o‘q budun”"o‘n kamon o‘qi dav­lati” egallagan edi.54 Ulardan biri beshta kabila “nushibi” uyush masini tashkil kilib, Sirdaryodan Chuy daryosigacha bo‘lgan yerlarni egallagan, umumiy “dulu” nomi ostida birlashgan boshka beshtasi Chuy daryosidan tortib Oltoy va Jungoriyani xam o‘z ichiga oluvchi xududga joylashgandi. Gʻarbiy turk xokonligi Sharkiy Turkiston, Markaziy Osiyoning boy dexkonchilik viloyatlarini, Orol buyi dashtlari, Kuyi Volga bo‘yi va Shimoliy Kavkazni o‘z ichiga olgandi. Davlatning ma’muriy siyosiy markazi avval Talas vodiysi, bu yerda Ming bulok (xozirgi Buy Terek kishlog‘i atrofi) yozgi karorgox xizmatini o‘tagan, keyin Chuy vodiysi bo‘lgan. 618 yil­dan boshlab Gʻarbiy turk xokonlari poytaxti Suyob shaxri bo‘lgan (Tukmok shaxri yakinidagi Ok Beshim vayronalari).
O‘zaro urushlar okibatida g‘arbiy turklar fakat Tun Jabgu Xokon xukmronligi davrida (618-630 yillar) uz mavkelarini tiklab oladilar. Kabiladoshlari uni davlat arbobi va sarkarda sifatida juda yukori baxolashardi: "U jasur va extiyotkor. Uning xar bir jangi g‘alaba bilan yakunlanadi”. Tun Jabgu xokon Eron­ga karshi siyosatda faollik ko‘rsatib, ulardan Xurosonni tortib oldi, Afg‘oniston va Shimoliy Hindistonning bir kismini ishg‘ol kildi. Vizantiya imperatori Irakliy bilan ittifok tuzib, Eronning Kavkaz orti yer mulklariga xujum kiladi va Darband, Tbilisi va Dratov shaxarlarini ishg‘ol kildi.
Tun Jabgu xokon muxim ma’muriy siyosiy isloxotni amalga oshiradi. Markaziy Osiyo xamda Sharkiy Turkiston vodiysidagi ko‘chmanchi va o‘trok zodagonlar xukuklarini tenglashtirdi, nokonuniy soliklarni ancha kamaytirdi. Hukmdorlarni nazorat qilish va soliklarni yig‘ish uchun noiblar tayinlandi.55
Turklar tashki siyosatda muvaffakiyatlarga erishardi. Lekin, doimiy urushlar va uzok davom etuvchi yurishlar yukori tabakani boyitib, oddiy xalkka deyarli xech narsa bermasdi. Bundan norozi bo‘lgan xalk nolib, ko‘pchilik davlatdan ajralib chika boshladi. Natijada qo‘zg‘olonchi feodallardan biri karorgoxga qo‘qqisdan xujum kiladi va Tun Jabgu xokonni o‘ldiradi.
Bu xarakat Ashina sulolasi obro‘sini fakat "o‘n kamon o‘qi davlati” o‘rtasida emas, balki Markaziy Osiyodagi tobe yerlarda xam tushirib yuboradi. Kayta boshlangan o‘zaro urushlar, xokonlarning tez tez almashinishga va bo‘linishning kuchayishiga olib keldi. “O‘n o‘k" davlati raxbarlari isloxot o‘tkazishga, dulu va nushi bi kabila birlashmalarini markaziy xokimiyat xukmidan ozod kilib, mustakillik berishga majbur kildilar, bu ularning a’yonlari ta’sirini kuchaytirdi.
VII asrning birinchi yarmida Tan sulolasi (618 907 yillar) kuchaydi. Imperator Tay Szun yetakchiligidagi Xitoy feodallarining a’yonlari o‘z oldilariga Buyuk ipak yo‘lini bosib olishni asosiy vazifa kilib ko‘ydilar. 630 yilda ko‘chmanchi tuguz uguz kabilalari bilan ittifokda bo‘lgan Tay Szun lashkarlari Sharkiy turk xokonligini tormor etdi. Tay Szun turli turk otryadlari kuchi bilan Gaochan davlatini (Turfon voxasi) bosib oldi va uning hududida Ansi tobe o‘lkasini tashkil kildilar. Xuddi mana shu mavze Gʻarbiy turk xokonligiga xujum kilishda baza xizmatini o‘tadi. Turklar, Sharkiy Turkiston xalklari bilan birgalikda dushman xujumlariga uzoq bardosh berdilar. Ammo Ma daryosidagi jangda (656 yil) xitoylik sarkarda Su Danfan Ishbar xokon ko‘shinini yengishga muvaffak bo‘ldi. Xokon janglar bilan Chuy vodiysiga chekindi va shu yerda 657 yilda butkul yengildi va xalok bo‘ldi.
Xitoy imperatorining Tyanshanni uzok o‘lkalari ustidan real xokimiyatni o‘rnata olmay, “o‘n o‘k davlati” ga Ashina sulolasi g‘arb shoxobchasi vakilini xon kilib ko‘ydi. Bu ko‘g‘irchok xokonlar xalk o‘rtasida obruga ega bo‘lmadilar, axoli esa boskinchilarga karshi kurashini to‘xtatmadi. Xokonlik tanazzuli davom etdi va Ashina sulolasidan chikkan yigirma uchinchi xokonni 704 yilda turgashlar Kulon shaxrida (xozirgi Lugovaya stansiyasi yakinida) o‘ldirdilar. Yettisuv va Tyanshanda xokimiyat turgashlik xokonlar sulolasi ko‘liga o‘tdi. Gʻarbiy Turk xoqonligi o‘rnida Turgash hoqonligi (702-756) paydo bo‘ldi.
O‘rta Osiyoning turli hoqonliklari tarkibiga kirgan davridagi moddiy madaniyati o‘zida mahalliy-o‘troq xalqlar va ko‘chmanchi turklarning mushtarakligini aks ettiradi. Ularning mushtarakligi qurol-aslaha, zeb-ziynat buyumlarining o‘xshashligida, qimmatbaho metaldan yasalgan idish shaklida, ya’ni O‘rta Osiyo jamiyatining harbiy, aristokratik doiralari bilan bog‘liq predmetlarda namoyon bo‘lgan. Moddiy madaniyatdagi umumiylik eng avvalo, tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, so‘g‘d shaharlari va turka xoqonligi manfaatlarining mushtarakligi bilan bog‘liqdir. 56
O‘rta Osiyoning turk xoqonliklari tarkibiga kiritilishi ijobiy ahamiyatga ega bo‘ldi. U turkiy qabilalarning jipslashuviga xizmat qildi, O‘rta Osiyodagi bir qator turkiy xalqlarning shakllanishiga asos bo‘ldi. Xoqonliklarning qudratli harbiy tashkiloti Xitoy va Eronning O‘rta Osiyo xalqlariga nisbatan tajovuzkorona siyosati yo‘liga mustahkam to‘siq qo‘ydi. Bepoyon, ulkan davlat birlashmalarining tashkil topishi, hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi uchun qulay imkoniyat yaratdi. Turklar tomonidan amalga oshirilgan Markaziy Osiyoda so‘g‘d kolonistlari qishloqlarining barpo etilishi cho‘l uzoq rayonlarida iqtisodiy hayotning jonlanishiga ko‘mak berdi. Mana shu hol hoqonlikning iqtisodiy va madaniy qiyofasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdiki, uni turklarning uncha katta bo‘lmagan o‘troqlashgan qismidan hamda davlatning madani y hayotida, dehqonchiligi, hunarmandchiligi va savdoda asosiy mavqelarni egallagan so‘g‘dlardan iborat o‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi va siyosiy jihatdan hukmron bo‘lgan, ko‘chmanchilik ishlab chiqarishiga asoslangan ko‘chmanchi turk aholisining qo‘shilib ketishi xos edi.57
Yuqorida bayon qilingan barcha fikrlarni yakunlab, shunday xulosaga kelish mumkin: O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘ida mavjud bo‘lgan davlatlar Turk hoqonligi va Gʻarbiy Turk hoqonliklari tarkibiga qo‘shilib olinguniga qadar VI-VII asrlarda o‘z holicha rivojlanganlar. Turk ko‘chmanchi davlatlari uchun xos bo‘lgan ba’zi bir belgilarni o‘zida saqlab va ularni dehqonchilikka oid xo‘jalik tarziga moslashtirib, davlatchilik O‘rta Osiyoning qadimiy an’analari va yangi turk – ko‘chmanchilar tomonidan keltirilgan an’analar asosida simbioz xarakter kasb etadi. Bunda siyosiy ittifoq, O‘rta Osiyodagi mustaqil va yarim mustaqil mulklarning federasiyasi shakllanadi. Buning natijasida O‘rta Osiyo xalqlari uzoq vaqt mobaynida Qutayba boshchiligidagi arab qo‘shinlarining olg‘a siljishini to‘xtatib turishga muvaffaq bo‘ldilar.58

Yüklə 14,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin