Sug‘d tili. Ko‘p asrlar davomida Markaziy Osiyoda madaniyatning turli soxalari, xalkaro savdo sotik ishlarida ko‘llaniladigan birdan-bir umumiy til xisoblab kelingan. Bu tilda kadimda Zarafshon va Kashkadaryo vodiylarida yashagan xalklar so‘zlashgan. Samarkand bilan Xo‘jand oralig‘idagi xududlarda tashkil topgan. Ustrushona va Choch (xozirgi Toshkent) axolisining bir kismi xam ana shu tilda gaplashgan. Milodning dastlabki asrlaridan boshlab bu til Sug‘d yerlaridan Yettisuv va Sharkiy Turkiston o‘lkalariga xam keng yoyila boshlagan. Miloddan avvalgi II asrga kelib oromiy tili (Oromiylar Arabiston ya.o. dan chikkan kuchmanchi somiy kabilalar) Gʻarbiy Osiyoning asosiy og‘zaki nutkiga aylangan. Ularning avlodlari xozirgi ossuriylar (oysorlar) xisoblanishadi. Ularning yozuvi g‘arbiy som yozuvlaridan biri; miloddan avvalgi 1 ming yillikning boshlarida finikiy yozuvi asosida shakllantirgan kansonant yozuv xisoblanadi. Oromiylar, finikiy yozuvining alifbo tarkibini o‘zgartirmagan xolda (oromiy alifbosi fakat undoshlarni ifodalovchi 22 xarfdan iborat bo‘lgan, unga ayrim o‘zgarishlar kiritganlar: xarflarni tashkil etuvchi unsurlar sonini kamaytirish yoki unsurlar shaklini o‘zgartirish orkali juda ko‘p xarflarning shakllarini soddalashtirganlar va yozuvni tez yozishga moslashtirganlar) rasmiy til sifatida ko‘llanila boshlanadi.
Tog‘lik yerlarda sug‘d tili XII XIII asrlarga kelib sekinasta yo‘kola boradi. Ko‘p joylarda aralash, ya’ni xam sug‘d, xam turkiy tilda so‘zlashish keng tarkalgan. Keyinchalik esa butunlay turkiy til ustunlik kilgan.
Kadimiy Xorazm tili.Miloddan avvalgi VII VI asrlarda Amudaryoning kuyi okimidagi yerlarda, ko‘hna Marg‘iyonada va Xorazm bilan Marg‘iyonaga qo‘shni bo‘lgan ko‘pgina joylarda uzok asrlar davomida ko‘llanib kelingan.43 Xorazm tili XIII asr oxirigacha keng ko‘lamda ko‘llanilgan. Xorazm axolisi turkiylashib borishi natijasida kadimiy Xorazm tili sekin asta o‘z o‘rnini turkiy tillarga bo‘shatib bera boshlaydi (XV asrgacha). Tadkikotchilarning fikricha, Xorazm axolisi XIII asrdan keyin ikki (xorazm va turkiy) tilda so‘zlashadigan bo‘lib kolgan.