Jumayeva N. A. Osiyo xalqlari etnologiyasi Metodik qo’llanma



Yüklə 14,94 Mb.
səhifə32/52
tarix16.12.2023
ölçüsü14,94 Mb.
#183479
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   52
12642 1 E0AED3805A03EC0D92083647C1F3D84D63AF60C2

Baktr tili. O‘tmishda xozirgi Afg‘onistoning shimoliy kismida, Tojikistonning g‘arbi janubiy yerlari, Termiz atroflarida yashagan axolining tili xisoblangan. Ilgari bu til bizga ma’lum emas edi. Fakat XX asr 50 yillarining ikkinchi yarmida olib borilgan arxeologik kazilmalar vaktida topilgan yodgorliklardan keyingina bu til to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlar to‘plandi.
Kadimgi baktr tili ko‘p jixatlaridan sug‘d, kadimiy xorazm, parfiya, xozirda esa afg‘on tiliga o‘xshab ketadi. Arablar istilosidan ancha oldin Toxariston davlati yerlariga fors (tojik) tili tarkala boshlaydi. Milodning VIII asrlaridan bu yerlardagi axoli, eng avval Balxda tojik tilda gaplashgan.
Parfiya tili. Turkmanistonning janubiy kismi va Xuroson yerlarida miloddan oldingi III asrda yashagan kabilalar orasida ko‘llanib kelingan til bo‘lib, milodning V VI asrlarida butun­lay yo‘koladi. Lekin bu til fors tojik tilining rivoji va shakllanishida katta rol o‘ynaydi.
Markaziy Osiyo xalklari orasida xozirda ko‘llanib kelinayotgan eroniy tillardan tojik tilini aloxida ko‘rsatib o‘tish kerak. Eroniy tillariga yana yagnob, pomir tillari, balluj xamda kurd tillari kiradi.
Tojik tilida tojik xalkidan tashkari Buxoro yaxudiylari, Markaziy Osiyo lo‘lilari, arablari va ballujlarining bir kismi foydalanishadi.44
Tojik tili g‘arbiy Eron tillari guruxiga kiradi. Arablar xukmronligi, Somoniylar davrida sug‘d tili o‘rniga tojik tili ishlatila boshlanadi. Bu jarayon, ya’ni sug‘d tilining tojik tili tomonidan sikib chikarilishi jarayoni ikki asrdan ortik davom etadi. IX- X asrlarga kelib tojik xalkining etnik tarkibiga kirgan barcha etnik guruxlar uchun umumiy, yagona til bo‘lib koldi.45
Yagnob tili (eroniy tillarning sharkiy guruxiga mansub va Tojikistondagi Yagnob daryosi vodiysida tarkalgan til. Unda so‘zlashuvchilar 2,5 ming kishiga yakin. Yagnoblar o‘z xududlaridan tashkarida va tojiklar orasida fakat yagnob so‘zlaridan iborat maxfiy tildan foydalanadilar. O‘z yozuviga ega emas, yozma til sifatida tojik tili ko‘llaniladi.) Bu til sug‘d tili shevalarining biridan kelib chikkan. Xozir Yagnob daryosining O‘rta okimi atrofidagi vodiyda joylashgan baland tog‘lik kishloklarning axolisi yagnob tilida so‘zlashadi. Varzob daryo vodiysidagi bir kancha kishlok odamlari xam ana shu tilda gaplashadi. Yagnob tili ikki xil shevaga bo‘linadi: g‘arbiy sheva, yagnob daryosining etagida esa sharkiy sheva tarkalgan.46
Gʻarbiy Pomir tillariga shugnon, rushon, yozgulom, ishkoshim va voxan tillari kiradi. Shugnonrushon tillar guruxiga shugnon, rushon, bargang, oroshar tillari kiradi.
Baluj tili. Eroniy tillarining shimoli-g‘arbiy guruxiga kirib, Turkmaniston hududida yashayotgan balujlar bu tilning g‘arbiy (Xuroson) shevasida gaplashadi. Midiylar tili shevalarining biridan bu til paydo bo‘lgan.
Kurd tili. Eroniy tillarining shimoli-g‘arbiy guruxiga mansub bo‘lib, kurmanji, kurdi va bir kancha shevalarga bo‘linadi. Kurdlar Turkmanistonda yashaydilar. Tadkikotchilarning fikri­cha, ular Xurosondan kelib kolishgan.47



Yüklə 14,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin