Jumayeva N. A. Osiyo xalqlari etnologiyasi Metodik qo’llanma


O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlari oila nikoh va ijtimoiy munosabatlari, madaniyati



Yüklə 14,94 Mb.
səhifə33/52
tarix16.12.2023
ölçüsü14,94 Mb.
#183479
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52
12642 1 E0AED3805A03EC0D92083647C1F3D84D63AF60C2

O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlari oila nikoh va ijtimoiy munosabatlari, madaniyati
Uzok vakt mobaynida Markaziy Osiyoga ko‘chib kelgan elatlar o‘lkamiz zaminida o‘ziga xos moddiy madaniyat yodgorliklarini koldirishgan. Bu yerda 1ming yillikning o‘rtalarida ketma ket ko‘chib kela boshlagan xunnlar, xionlar, ok xunnlar, abdallar, bajanakdar va boshka turk elatlarining ko‘plab kelishi, maxalliy xalklar orasida turkiy axoli nufuzini va turkiy til mavkeini mustaxkamlaydi. Ammo aborigenlar (tub axoli) orasida xam apasiak, augasiylar deb nom olgan kadimiy turk elati xam bo‘lgan. Bu elat rus solnomalarida ko‘p tilga olingan pechene (bajanak)lar degan fikr xam mavjud. Ayrim tadkikotchilar taxminicha, auga siylarni keyinchalik "uguz” nomi bilan mashxur turk elati desa bo‘ladi51.
Turkiy xalklarning tarix saxnasiga kelishi: mil. avv. 1 ming yilligida Janubiy Sibir, kuyi Volga yerlarida bir kancha tur­kiy tilda so‘zlashuvchi kabilalarning va xokonliklarning shakllanishi yuz berdi.
Turkiy xalklarning kadimgi tarixi mil. avv. III asrdan bosh­lab, kadimgi xunnlar imperiyasining tashkil topganidan boshlanadi va milodning IX asrigacha bo‘lgan davrni kamrab oladi. Demak, mil. avv. III asrdan IX asr o‘rtalarigacha xunnlar, turkiylar davri turkiy xalklar madaniyati tarixining asosi bo‘lib xisoblanadi.
Turkiy kabilalarning o‘zagi Markaziy Osiyo xunnlari orasi­da (III asr V asr O‘rtalari) shakllangan. Kabila ona buri Ashinaning afsonaviy o‘g‘lini o‘zining ajdodi deb biladi.52 V asr o‘rtalarida turklar Markaziy Osiyoda xukmronlik kilgan Juan Juan xokonligiga tobe bo‘lishgan va Oltoyda yashashgan. Bu yerda ular konlarni o‘zlashtirib, temir eritishni shunday ko‘lamda tashkil etishganki, xatto Juan Juanga o‘lponni temir bilan to‘lashgan. Turklarning g‘ayratli yetakchilari Asanshod, Tur va Bumin konchilar, temir kuyuvchilar, temirchilar imkoniyatlaridan iloji boricha yaxshirok foydalanib, o‘z otlik askarlariga sovut kiydirishgan va yuz yildan ko‘proq muddat mobaynida Oltoydagi barcha kabilalarni o‘zlariga buysundirishgan. Bumin 546 yilda oltoyliklar bilan birga Jung‘oriyada yashab turgan ko‘p sonli tegret xalkini xam o‘z karamog‘iga oladi. Shu davrdan boshlab turklar o‘lpon to‘lovchilikdan Markaziy Osiyoda Juan Juanlarning rakibiga aylanadilar.

Yüklə 14,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin