Jumayeva N. A. Osiyo xalqlari etnologiyasi Metodik qo’llanma



Yüklə 14,94 Mb.
səhifə41/52
tarix16.12.2023
ölçüsü14,94 Mb.
#183479
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   52
12642 1 E0AED3805A03EC0D92083647C1F3D84D63AF60C2

Internet saytlari:

  1. www.mirknig.com

  2. www.turklib.com

  3. www.etnology.com


GLOSSARIY


Avtoxton - (yunon.)-mahalliy, jaydari, tub aholi mahalliy er egasi bo‘lgan xalq, mamlakatning ibtidoiy aholisi, aborigenlar.
Animizm (lot.-jon, ruh) - dunyoda jon va ruhlar mavjudligiga ishonish. Ibtidoiy davrda paydo bo‘lgan. Ibtidoiy odamlar tabiat kuchlariga qarshi kurashda ojizlik qilgan, o‘z hayoti va tanasidagi turli hodisalar (tush ko‘rish, gallyusinatsiya, o‘lim va hakazo)ni tushunmagan. Ular jon tana bilan bog‘langan va u tanadan chiqib keta oladi, deb hisoblaganlar. Insonda asta-sekin absrakt tafakkur rivojlanishi bilan moddiy narsalarga bog‘liq ruh to‘g‘risidagi tasavvurlar paydo bo‘lgan. Ruhlar yaxshi, saxiy hamda yomon, yovuz ruhlarga bo‘lingan. Ruhlar odamlar hayotiga, turmushiga ta’sir ko‘rsata oladi deb tasavvur qilingan. SHu sababli zarur paytlarda ularga qurbonliklar qilganlar. Animizmning ayrim ko‘rinishlari bizgacha etib kelgan.
Antropogenez (yunon.) - inson jismoniy qiyofasining shakllanishi, mehnat faoliyatining shuningdek, jamiyatning kundalik rivojlanish jarayoni. Antropogenez haqidagi ta’limot antropologiya tarmog‘i hisoblanadi.
Antropologiya (yunon.)-odamning kelib chiqishi va evolyusiyasi, odamzod irqlarining paydo bo‘lishi, odamning tana tuzilishidagi normal farq, tafovut, o‘zgaruvchanlik haqidagi fan. Antropologlar odam haqida tushuncha, odamni o‘rganuvchi fan odamning suyak tuzilishi, teri va sochining rangi va boshqa tiplari, fiziologik, jinsiy va boshqa xususiyatlarini o‘rganadi. Antropologiya ijtimoiy fanlarga juda yaqin turadigan biologiya sohasidir. Bu fanga doir fikrlar bundan bir necha ming yil ilgari paydo bo‘lganiga qaramay, u fan sifatida faqat XIX asrning ikkinchi yarmidan shakllana boshladi. Antropologiyaning muhim sohasi odam organizmning tuzilishi va rivojlanishiga juda ta’sir qiladigan fiziologik, biokimyoviy va genetik omillarini o‘rganadigan bo‘limi «Odam biologiyasi» degan umumiy nom bilan XX asrning o‘rtalaridan boshlab rivojlandi. Odamning paydo bo‘lishida faqat tabiat olamining qonuniyatlarigina emas, balki ijtimoiy omillar ham muhim rol o‘ynagan. Odam paydo bo‘lganidan hozirgi holatigacha uning butun hayoti ijtimoiy jamiyatning rivojlanishi qonuniyati bilan chambarchas bog‘langan. Antropologiyaning fan bo‘lib rivojlanilishida tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi fanlar ijobiy rol o‘ynadi. Zamonaviy fan nuqtai nazaridan aytganda, antpologiya qo‘idagi uchta katta bo‘limdag iborat: 1) Odam morfologiyasi; 2) Antropologenez; 3) Irqshunoslik (etnik antropolgiya). Morfologiya odamning jismoniy tuzilishidagi belgilarning yosh, jins, kasb va tashqi sharoitga qarab o‘zgarishini tushuntirib beradi. Irqshunoslik odamzod irqlarining kelib chiqishi davri va sabablarini ularning er yuziga tarqalishini izohlab, etnogenez muammolarini echishga ham o‘z hissasini qo‘shadi. Antropologiya biologiya fanining faqat nazariy sohasi bo‘libgina qolmay, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan sohasi hamdir. Uning dalillaridan ko‘p sohalarida masalan, odamning jismoniy o‘sishini o‘rganishda, shuningdek sud ekspertizasida foydalaniladi.

Yüklə 14,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin