Jumayeva N. A. Osiyo xalqlari etnologiyasi Metodik qo’llanma



Yüklə 14,94 Mb.
səhifə28/52
tarix16.12.2023
ölçüsü14,94 Mb.
#183479
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52
12642 1 E0AED3805A03EC0D92083647C1F3D84D63AF60C2

Turkiy tillar. Mintaka axolisining ko‘pchiligi Oltoy oilasining turkiy tillar guruxiga kiradigan til va shevalarda so‘zlashadi. Bu guruxga o‘zbek, kozok, kirgiz, korakalpok, turkman, uygur, tatar tillari kiradi. Turkiy tilda so‘zlashadigan axoli butun mintaka xalklarining taxminan 60 foizidan ortig‘ini tash­kil etadi. Umuman olganda, turkiy tillarda so‘zlashuvchilarning umumiy soni 130 million kishidan ortik.
Ayrim tilshunos olimlar turkiy tillarni mug‘ul tillari xamda tungusmanjur tillari bilan birga ko‘shib, oltoy tillari oilasiga birlashtiradilar. Ye. D. Polivanov, G. Y. Ramstedt kabi tilshunoslarning fikricha, ushbu tillar oilasi koreys va yapon tillarini ko‘shish xisobiga kengayishi mumkin. Oltoy nazariyasiga ko‘ra, turkiy tilning tarixi oltoy tillari bir til bo‘lib tashkil topgan kadimgi zamondan oltoy davridan boshlanadi. Oltoy bobotili (asos til) dastlab ikkiga tungus - manjur va turk- mug‘ul tillariga, so‘ngra turk- mug‘ul tili ham ikkiga turk va mug‘ul tillariga ajralgan. Lekin turkiy tilning Oltoy tilla­riga genetik aloqadorligi hakidagi masala xamon faraz darajasida karalmokda.
Turkiy tillar deganda Sibirdan Bolkon yarim oroligacha bir chizik bo‘ylab cho‘zilgan ulkan geografik xududda tarkalgan o‘zbek, uygur, kozok, kirgiz, korakalpok, saxa (yokut), tuva, xakas, oltoy, karagas, shor, turkman, ozarbayjon, turk, gagauz, tatar, boshkird, chuvash, kumik, nugoy, korachoybolkor, tofalar, chuvash kabi 25 dan ortik til tushuniladi.
Eng kadimgi turkiy yozma yodgorliklar (Urxun Enasoy yozuvlarida) VII XI asrlarga mansub bo‘lib, ular asosan kabrtoshlar tarzida Shimoliy Mug‘uliston, Kirgizistonda, Yenisey daryosining yukori kismi, Talas vodiysida va boshka joylarda topilgan.34 Braxmi va sug‘d yozuvlarida bitilgan kadimgi turkiy yodgorliklar xam uchraydi (Sharkiy Turkiston va O‘rta Osiyo). Keyinchalik uygur va arab alifbolari asosidagi turkiy yozuv sharkka (Koshgar, O‘rta Osiyo, Oltin O‘rda hududi, Volgabuyida) va g‘arbda (Saljukiylar davlatida, Ozarbayjon, Turkiya va b. xududlarda) rivojlandi. Xitoyda yashovchi uygurlar XI asrdan xozirgacha arab alifbosi asosi­dagi yozuvdan foydalanadilar.
Turkiy xalq deganda qadim zamondan boshlab Turon va Turkistonda yashab kelgan o‘troq turkiy xalq – bizkim, o‘zbeklar nazarda tutiladigan bo‘ldi. 1924-yili Turkistonda milliy-davlat chegaralanishi o‘tkazilib, O‘zbekiston SSR tuzilgach, xalqimizga rasman o‘zbek deb nom berildi. Shuningdek, turkiy til va turkiy adabiyot deganda Turon va Turkistonda vujudga kelgan, qariyb ming yillik tarixga ega bo‘lgan va o‘troq turkiy xalq – o‘zbeklar qo‘llab kelgan til va ular yaratgan adabiyot tushuniladigan bo‘ldi. Bu hol ijtimoiy – siyosiy hayotning boshqa sohalariga ham tegishlidir. Bu o‘rinda shunday aniqlik kiritib ketish kerakki, turon zaminda yashab kelgan yon qo‘shnilarimiz, masalan, turkmanlarda adabiyot boshidan turkman adabiyoti shaklida, qozoqlarda qozoq adabiyoti shaklida, qirg‘izlarda qirg‘iz adabiyoti shaklida vujudga kelgan. Ma’rifatparvar shoir Abay Qo‘nonboyev (1845-1904) qozoq yozma adabiyotiga asos solgan. Ilk qirg‘iz alifbosida 1924 yilda tuzilgan. Shu davrdan boshlab qirg‘iz adabiy tili va yozma adabiyoti shakllangan. Turkil tilli xalqlar deyilganda bir otadan tarqalgan og‘a-ini barcha qardosh xalqlar tushuniladi, turkiy tilli adabiyotlar deyilganda barcha qardosh xalqlarning adabiyotlari tushuniladi. Bu atama ijtimoiy-siyosiy hayotning boshqa sohalariga ham birdek tegishlidir. Demak, endi bundan buyog‘iga “turkiy” atamasi “o‘zbek” atamasining ekvivalenti sifatida qo‘lllanilishda davom etaveradi. Ahmad Yassaviy, Qutb Xorazmiy, Hofiz Xorazmiy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Nosiruddin Rabg‘uziy, Sayfi Saroyi, Otoyi, Sakkokiy, Lutfiy, Navoiy, Husayniy, Bobur, Ubaydiylardan tortib to Mashrab, Huvaydo, Muqimiy, Furqatlargacha, o‘zlari e’tirof qilganlaridek, turkiyda ijod etgandirlar. Bu turkiy tilning hozirgi nomi o‘zbek tilidir. Shaklan ikki xilu, mazmunan birdir.35
Xind Yevropa til oilasi eroniy guruxiga tojiklar, balujlar, kurdlar, forslar va boshkalar kiradi.
Mintakada yashovchi ruslar, ukrainlar, beloruslar, dunganlar, koreyslar, yaxudiy, maxalliy lo‘li va arablar xam bir nechta til turkumiga oid xalklarning avlodlari xisoblanadi. Demak, Mar­kaziy Osiyo ko‘pmillatli mintaka xisoblanib, yuzdan ziyod millat va elatlar umrguzaronlik kilishadi. Tojiklardan tashkari yagnoblar, shugnonlar, rushanlar, voxanlar, bartanglar, yozg‘ulomlar, ishkashimlar, bajuylar xamda bir kancha boshka Pomir xalklari mavjud.
O‘zbekistonning Buxoro, Samarkand viloyatlari va Farg‘ona vodiysida yashaydigan Buxoro yaxudiylari, Markaziy Osiyo lo‘lilari tojik tilida so‘zlashadi.
Eroniy tillar guruxiga kiradigan til va shevalarda gaplashadigan oz sonli xalklardan balujlar, kurdlar va fors eroniylardir. Turkmanistonda yashaydigan ballujlar uz ona tilining Xuroson shevasida so‘zlashishadi. Xurosondan kelib kolgan kurdlar esa Turkmanistonning Ashg‘abot va Mari viloyatlarida yashaydi va o‘zaro Xuroson shevasida muomala kilishadi. Eroniy forsiy xalkning bir guruxi (Buxoro, Samarkand shaxarlari atrofida) turli tarixiy davrlarda Erondan ko‘chib kelishgan. Buxoro eroniylari eroniycha, Samarkand forsiylari esa asosan tojik va o‘zbek tillarida so‘zlashadi.
Markaziy Osiyoda yashayotgan xalklar orasida turkiy tillarning uch xil guruxi tarkalgan: janubi g‘arbiy (uguz), shimoli sharkiy (kipchok) va janubi sharkiy (karluk).36
Ug‘uz tillar guruxi VIII XIII asrlar davomida ug‘uzlar va XI asrlarda saljukiylar orasida tashkil topgan. Bu tillarga, jumladan, turkman tili kiradi.37 Bu shevalar odatda ikki guruxga bo‘linadi.
Birinchi guruxni Turkmanistonning g‘arbiy tumanlari va Toshxovuz viloyatining ko‘pchilik kismiga tarkalgan yovmut shevasi, Turkmanistonning Kizil Arvotidan Bayramaligacha cho‘zilgan markaziy tumanlarida ko‘llanayotgan tekin shevasi, Korakalin tumanining guklan shevasi, Saraxs tumani bilan xozirgi Turkman obod viloyatining shimoliy kismiga tarkalgan salir shevasi, Yulatan va Paxtabozor tumanidagi sarik xamda Turkmaniston­ning Turkmanobod viloyatining Chorjuy va Kerki tumanlarida muomaladagi ersari shevasi tashkil etadi.
Ikkinchi guruh shevalari (no‘xurli, oynovli, xasarli va oshkalar) Eron bilan O‘zbekistonga chegaradosh tumanlarida keng tarkalgan.
Kipchok tillari guruxi kirgiz, kozok va korakalpok tillari dan iborat.

Yüklə 14,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin