Jurayeva d. J



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/24
tarix25.09.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#148030
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
TIMSS TADQIQOTLARI UCHUN TOPSHIRIQLARI TO‘PLAMI (1)

30-topshiriq 
Beshta yigit bir etikda qolishi uchun nima qilish kerak? 
(Ularning har birining bittadan etigini yechib olish) 
31-topshiriq 
2+2*2 ning javobi necha bo‘ladi? 
(6, avval ko‘paytirish bajariladi) 
32-topshiriq 
Ikki kishi shaxmat o‘ynayotgan edi. Ularning har biri 5 
martadan yutdi. Bu qanday qilib mumkin? 
(Ular boshqa-boshqa odamlar bilan o‘ynayotgan edilar) 
33-topshiriq 
Tuxumni balandlikdan tashlab yuborishdi. U pastga tomon 3 
metr tushganda ham yorilmadi. Buning sababi nimada? 
(Tuxum 10 metr balandlikdan tashlangandi. 3 metr o‘tgach, 
sinishi uchun yana 7 metr masofa qolgandi) 


30 
34-topshiriq 
Sun’iy yo‘ldosh yer orbitasini 1 soat 40 daqiqada aylanib 
chiqadi, lekin teskari yo‘nalishda shu aylanib chiqish uchun 100 
daqiqa vaqt ketadi. Buning sababini izohlang. 
(100 daqiqa == 1 soat 40 daqiqa) 
35-topshiriq 
Bir kilo tosh og‘irmi yoki bir kilo paxta? 
(Ikkalasi ham bir xilda og‘ir) 
36-topshiriq 
Bir erkak bozorga borib, 50 so‘mga ot sotib oldi. Bir hafta 
o‘tgach, otlarning narxi qimmatladi va erkak foyda qilaman deb 
olgan otini 60 so‘mga sotib yubordi. Bir-ikki kun o‘tgach, uzoq 
safarga chiqish uchun ulovi yo‘qligini o‘ylab, borib endigi safar 70 
so‘mga ot sotib oldi. Qimmat olib qo‘ydimmikin deb uzoq o‘ylanib, 
nima bo‘lsa-bo‘ldi deb o‘sha otni 80 so‘mga sotib yubordi. Erkak 
qancha zarar yoki foyda ko‘rdi? 
((-50) + 60 + (-70) + 80 = 20 so‘m foyda qildi) 
37-topshiriq 
Damir avval avtomobilda 4,8 km, keyin avtobusda 1,5 km yurdi. 
Damir qancha masofani bosib o‘tdi? (A) 
A)6.3 km
B)5.8 km
C)5.13 km
D)4.95 km 
38-topshiriq 
Poyezd Rudnidan ertalab 8 soat 45 minutda jo‘nadi. U 
Qo‘stanayga 2 soat 18 daqiqada etib kelgan. Poezd Qo‘stanayga soat 
nechada yetib keldi? 
A)
10 da
B)10.58
C) 11.03
D) 11.02 
39-topshiriq 
Dumanning 20 zedasi bor, u 3,65 zeda uchun kitob va 2.70 zeda 
uchun jurnal sotib oldi. Dumanda qancha pul qoldi? (C) 
A)6.35 zeda B)14.65 zeda C)13.65 zeda D)16.35 zeda 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin