Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan


Key words.  Person, team, individual, individuality, social, child, adaptation, junior school age. Yulduz YARMANOVA



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/88
tarix15.08.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#139502
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   88
2-son qushimcha

Key words. 
Person, team, individual, individuality, social, child, adaptation, junior school age.
Yulduz YARMANOVA,
Qarshi davlat universiteti, 
‘‘Boshlang‘ich ta’lim’’ kafedrasi katta o‘qituvchisi
SHAXS IJTIMOIY-MADANIY ADAPTATSIYASI VA UNI 
SHAKLLANTIRISH MAZMUNI
Annotatsiya
M
amlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash masalalariga katta e’tibor 
qaratilib, kichik maktab yoshidagi bolalar ta’lim-tarbiyasi hamda ularni 
tayyorlovchi pedagoglar tayyorlash masalasi davlat siyosatining ustuvor 
yo‘nalishi darajasiga ko‘tarilgan. Ya’ni yosh avlodning ongida yangicha dunyoqaras
-
hni, mustaqil tafakkurni hamda ahloqiy fazilatlarni yuksak darajada shakllantirish 
vazifasini zimmasiga olgan pedagoglar tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratish lozim. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “Yana bir muammoni hal 
etish o‘ta muhim hisoblanadi: bu pedagoglar va professor-o‘qituvchilar tarkibining pro
-
fessional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta’lim olish, ma’naviy-ma’rifiy 
kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarining shakllantirish jarayonlariga faol ko‘mak 
beradigan muhitni yaratish zarur”.
1
– deb aytgan fikrlari muammoning dolzarbligini 
asoslaydi. 
Rivojlanish sohasidagi izlanishlar shundan dalolat beradiki, bola hayotining dast
-
labki to‘qqiz yili o‘sish davrining muayyan davomiyligida o‘tadi, bu umumiy bo‘lgan 
bosqichdir. Bu bosqichlar rivojlanishning har bir sohasidagi o‘zgarishlar bilan ajralib 
turadi: jismoniy, hissiy, ijtimoiy va kognitiv. Bolalar o‘sishining o‘ziga xosligi to‘g‘risi
-
dagi bilimlar tarbiyachilarga ta’lim muhitini yaratishga va faoliyatning muvofiq turlari
-

Mirziyoev 
Sh.M. “Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining 
kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”. – T., 2017, 45-bet. 


36
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
ni rejalashtirishda tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Rivojlanish xususiyatlariga mos kelish 
usullarini muvaffaqqiyatli qo‘llash uchun tarbiyachilar meyordagi rivojlanishning boris
-
hi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishlari kerak. Bunda uni yodda tutishi lozimki, bola
-
lar rivojlanishning bir xil bosqichini bosib o‘tishlariga qaramasdan, ularda bu jarayon 
bir vaqtning o‘zida kechmaydi. Bir xil yoshdagi bolalarda o‘ziga xos individual farqlar 
bo‘lishi muqarrar.
Jamoaviy munosabatlarda o‘quvchilar axloq meyorlarini anglashi, shuningdek, 
ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlari jadal ravishda rivoj
-
lanishda davom etadi. Bu avvalo keng doiraga chiqish ehtiyoji, ijtimoiy munosabatlarni 
o‘zlashtirish, bilish ehtiyojlarining mavjudligidir. Boshlang‘ich ta’lim davrida o‘quvchilar 
nutqi birmuncha rivojlangan bo‘lishiga qaramasdan, yangi muhitda bilim olish ehtiyoji 
tufayli nutqni o‘stirishga bo‘lgan ehtiyoj, kattalar bilan va jamoa a’zolari bilan muloqotga 
kirishish meyorlarini o‘zlashtirish ehtiyoji yuqoriligi ko‘zga tashlanadi. Ular tor doiradan 
kengroq doiradagi jamoaviy munosabatlarga intila boshlaydilar. Ular endi nafaqat oila 
jamoasi, qo‘ni-qo‘shnilarning bolalari bilan bir jamoa bo‘ladilar, balki endi sinf jamoasi, 
maktab jamoasi a’zosi ham hisoblanadilar.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida “jamoa – (arabcha - birlashma; uyushma; guruh) 
muayyan, bir xil ish bajaruvchi kishilar guruhi” sifatida tavsiflangan
2

Jamoaviy munosabatlar – odamlarning o‘zaro yaqinligi va hamkorligi asosida 
shakllangan, dunyo xalqlari madaniyatida tarixan shakllanib kelgan ijtimoiy birlikni 
anglatuvchi tushuncha bo‘lib, Pedagogika ensiklopediyasida “Jamoaviylik (arabcha 
birlashma; uyushma; guruh) – 1) yagona jamiyat va kishilar uchun foydali maqsad, 
faoliyatga ko‘ra birlashgan, jamiyat va kishilar manfaatini ko‘zlaydigan kishilarning ta-
shkiliy guruhi; 2) kishilarning qadimiy uyushuv shakli” tarzida talqin qilingan
3 .
Jamoaviy munosabatlar – odamlarning o‘zaro hamkorligi, yordamga asoslangan 
hayot kechirish va turmush tarzi bo‘lib, individualizm, shaxsiy xudbinlik, egotsentrizm
-
ning aksi hisoblanadi. Jamoaviy munosabatlarning mavjudligi ijtimoiy birlik, mahalla, 
elat va xalqlarning taraqqiyotini, turmush tarzining mazmun-mohiyatini belgilab bera
-
digan eng muhim omillardan biri bo‘lib, tarixiy shart-sharoitlar asosida shakllangan va 
yuksak ma’naviy qadriyat sifatida qaror topgan. 
Jamiyatda shaxsni rivojlanish muammosini ko‘rib chiqish uchun “shaxs”, “individ”, 
“individuallik”, “jamoa” va “jamoatchilik” tushunchalarining mohiyatini aniqlashimiz za
-
rur.
Gumanitar fanlarning turli sohalarida ushbu tushunchalarning talqinlari juda ko‘p, 
shuning uchun pedagogika va psixologiya fanlarida umumiy qabul qilingan nuqtayi 
nazarga rioya qilgan holda, shaxs – inson madaniy va tarixiy jarayonining subyek
-
ti sifatida, moddiy va ma’naviy madaniyatning rivojlanishida bosh omil hisoblanadi. 
Haqiqiy hayotda o‘zlashtiriladigan o‘ziga xoslik va insonning aniq bir faoliyati mazkur 
tushunchaning mazmuniga kirmaydi.
“Individ” tushunchasi pedagogik lug‘atda “lot. individuum – bo‘linmas ma’nosini 
anglatib, mustaqil, aql ato etilgan mavjudot sifatidagi inson” sifatida ta’riflanadi.
4
Shu-

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. A-D / 5 jildli. Birinchi jild. A. Madvaliyev tahriri ostida. – Т.: “O‘zbekiston milliy 
ensiklopediyasi’’ Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – 679 b. 

Pedagogika ensiklopediya. III jild. Jamoa // –T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 
2017. – 424 b.

Pedagogika: ensiklopediya. II jild. Jamoa // – T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 
2015. – 376 b. 


37
ningdek, u o‘zini o‘zi idora etishi mumkinligi, lekin shu bilan birga o‘zining tashqi muno
-
sabatlarida umuminsoniy qadriyatlarni eltuvchi ham hisoblanishi qayd etiladi. 
“Individuallik” – yuqoridagi ikkala tushunchaga nisbatan torroq tushuncha bo‘lib, u 
aniq odamni boshqa bir aniq odamdan farqlovchi barcha o‘ziga xos xususiyatlar maj
-
muini o‘z ichiga oladi. Ushbu tushunchaning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “individga 
xoslik, individga oid xatti-harakat” ma’nolarini anglatishi ko‘rsatilgan
5
.
Har bir bolaning o‘ziga xosligi o‘rtoqlar orasida bolalar jamosida namoyon bo‘la
-
di. Bola o‘zini qadrlagan, sevgan, tushungan, himoyalangan joyida qulay his qiladi. 
Bu jamoa axloqiy munosabatlar hukmron bo‘lgan jamoadir. Ko‘p narsani bajara olish 
qo‘lidan kelmaydigan bola ko‘pincha tengdoshlarining tanqidiga, hatto qattiq tanbehla
-
riga duch keladi. Shu sababli, bolalarning munosabatlari hamdardlik, g‘amxo‘rlik kabi 
axloqiy asoslarga qurilsagina, bunday jamoa har bir bola uchun zarurdir.
Jamoaviy munosabatlarda kichik maktab yoshidagi bolalarda ijtimoiy xulq-atvor 
madaniyatini shakllantirish ham muhim ahamiyatga ega. Shu asosda jamoa a’zolari
-
da tartib-qoidalar va huquqiy meyorlarga amal qilish, axloq-odob va madaniyat ko‘ri
-
nishlarini egallash ko‘nikmasi shakllantiriladi. Bu jarayonda jamoaning har bir a’zosi 
o‘z-o‘zini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Real hayotda o‘quvchilar jamoa
-
si faoliyatini, o‘quvchilarning barchasini qiziqishlari va ehtiyojlarini qondiradigan tarzda 
tashkil etish deyarli mumkin emas. Odatda, ushbu faoliyat kattalarning individualligi, 
ularning qiziqishlari, o‘ziga xosliklari va tashkilotchilik qobiliyatlari bilan bog‘liq. Shu 
sababli, birgalikdagi qiziqarli faoliyat bolalarning erkin muloqot qilishlari, shaxsiy o‘zi
-
ga xosliklarini va erkin jamoaviy munosabatlar muloqotini rivojlantirish uchun alohida 
ahamiyatga egadir.
Maktabga tayyorlov davrida amalga oshiriladigan psixologik-pedagogik treninglar 
jarayonida bolalar tevarak-atrof haqidagi bilimlari, muhitda amal qiladigan meyorlar 
va tartib-intizom qoidalari haqidagi tasavvvurlari kengayadi, o‘z shaxsiy tajribalari va 
mash g‘ulotlardan olgan bilimlarini amalda qo‘llash malakasi hamda fikrlash va ijodiy 
qobiliyatlari rivojlantiriladi. Bu esa bolalarning kelgusida maktab muhitiga ijtimoiy-ma
-
daniy moslashishini, boshlang‘ich ta’lim davri yengilroq, qiziqarliroq o‘tishini ta’minlay
-
di. Demak, bola dunyoqarashining shakllanishida tashqi muhit, psixologik holat, mu
-
loqotlar kabi omillar ta’sirida shakllanadi hamda ma’lumotlarni o‘zlashtirish, anglash, 
ijtimoiy meyorlariga amal qilish, munosabat bildirish talab etiladi.

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin