Nilufar OMONOVA,
Termiz davlat universitetini
Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorant
TA’LIMDA KOOPERATIV YONDASHUVNI
RIVOJLANTIRISHNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Annotatsiya
H
ar bir davlatning rivojlanishi uning o‘sib kelyotgan yoshlariga bog‘liq. Yosh
-
lar shijoatli, ilmli bo‘lsa, davlatda buning uchun sharoit yaratilsa bu yurtning
ertasi porloq, kelajagi buyukdir. Mamlakatlarning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan
ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon
bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor daraja
-
siga bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ‘‘Ta’lim sifatini oshi
-
rish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to‘g‘ri yo‘lidir
1
”-deya aytgan
e’tiroflari O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalish
-
laridan biriligini yana bir karra isbotlaydi. Ta’lim inson shaxsini har tomonlama rivojlan
-
tirish, qobiliyatini yuzaga chiqarish, ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning bir-biriga pay
-
vasta bo‘lib qo‘shilishiga yordam beradi. Shunday ekan, har bir ilm dargohi rivojlanish
imkoniyatini yanada oshirish, ta’lim oluvchilarning bilim olib, kasb egallashi uchun o‘qib
o‘rganishga moyil yoshlarning bir-birlari bilan hamkorlikda erkin munosabat o‘rnatish
-
lari, doimiy hamkor, hamfikr bo‘lib harakat qilishlariga ko‘maklashish zarur.
Respublikamiz ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash mexanizmlarini
takomillashtirishning normativ-huquqiy bazasi yangilandi, moddiy-texnik infrastruktu
-
rasi yaratildi. Oliy ta’lim muassasalarini strategik rivojlantirishning ‘‘yo‘l xarita’’lari i
sh-
lab chiqildi, xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda
1
Lex.
uz
27
qo‘shma fakultetlar, universitet filiallari tashkil etildi va etilmoqda. Ta’lim tizimida olib
borilayotgan bunday islohotlar hamkorlikda o‘qitish vositasida talabalarning birgalik
-
da o‘quv faoliyatini olib borishi, vazifalarini ham hamkorlikda bajarishni rivojlantirish
mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Kooperativ yondashuvning o‘rni va muommolarining nazariy-metodologik jihatlari
D. Jonson, R. Jonson, Sh.A. Amonashvili, V.Ya. Lyaudis, L.N. Tolstoy, H.T. Omonov,
N.X. Xo‘jaev, S.A. Madyarova, E.U. Eshchonov, G.Q. Karimova, G.S. Alixodjaeva kabi
olimlarning izlanishlarida yoritib berilgan.
D. Jonson
2
hamkorlikning asosiy g‘oyasi talabalarning turli xil o‘quv jarayonlarida
birgalikda faol o‘quv faoliyati uchun sharoit yaratishdir deya e’tirof etadi.
Shalva Aleksandrovich Amonashvili
3
o‘zining ekspremental maktabida hamkorlik pe
-
dagogikasining samarali metodikasini ishlab chiqdi va hayotga tatbiq etdi. Sh.A. Amo
-
nashvilining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
• bolaning shaxsiy xislatlarini namoyon qilish orqali unda olijanob inson shakllanis
-
hi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga imkon tug‘dirmoq;
• bolaning qalbi va yuragini ulug‘lamoq;
• boladagi bilishga bo‘lgan kuchlarni rivojlantirish va shakllantirish;
• keng va chuqur bilim hamda malaka olish uchun sharoit tug‘dirmoq;
• ideal tarbiya orqali o‘z-o‘zini tarbiyalamoq;
Pedagog olimlar H.T. Omonov., N.X. Xo‘jaev, S.A. Madyarova, E.U. Eshchonovlar
4
talabalarning hamkorlikda ta’lim olishlari, ta’lim jarayonlarini loyihalashtirish, talabalar
bilan ishlashni loyihalashtirish kabilar ZPTning asosiy metodlari ekanligini izohlagan
.
D. Johnson, R. Johnsonlar
5
hamkorlikdagi munosabatning asosiy omillarini quyi
-
dagi turlarga ajratgan:
•
O‘zaro munosabat
•
G‘oyalarni bo‘lishish
•
Hamkorlik
•
Munozara.
Professor V.Ya. Lyaudis
6
o‘qituvchining o‘quvchilar bilan hamda o‘quvchilarning birga
-
likdagi samarali faoliyati konsepsiyasini ishlab chiqdi.
Tolstoyning
7
tarificha ideal maktab bu – erkin hamkorlikka asoslangan, ya’ni o‘qituvchi
bilimlarni taqdim etadi, o‘quvchilar uni erkin tarzda idrok etishadi. Bunday maktabning
asosiy funksiyasi erkin ta’lim berishdir, degan. Shuningdek u, pedagogik konsepsiya
-
sidagi yetakchi tamoyil, bolalarning o‘ziga xosligini hisobga olish zarurligini ta’kidlaydi
.
2
Jonson D, Jonson R. (1994). Leading the cooperative school (2nd Ed.) Edina, MN: Interaction Book Com
-
pany.
3
Ш.А Амонашвили. Основы гуманной педагогики. Книга 3. Школа жизни. Москва Амрита-Рус 2017.
228 страниц
4
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat darslik. Mualliflar jamoasi. T.: 2007. 40 b
5
Jonson, D., Jonson R. (2009). An educational psychology success story: Social interdependence theory and
cooperative learning. Educational Researcher, 38(365), 365-379.
6
O‘g‘loy Abdullaeva Pedagogik texnologiya o‘quv qo’llanma. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika
universiteti Kengashi yig‘ilishining 2014-yil 25-dekabrdagi № 4-sonli qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan.T.;
2015. 39-43
7
Xodjayev B.X. Umumiy Pedagogika. Pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun darslik «Sa
-
no-standart
»
nashriyoti – T.: 2017 79 b
28
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
Pedagog olimlar G.Q.Karimova, G.S.Alixodjaevalar
8
hamkorlik pedagogikasida
talaba o‘z o‘quv faoliyatining asosiy figurasi hisoblanadi. Ular o‘zaro hamkor, hamfikr,
hamdo‘st, hamijodkor, hamishtirokchi, hamdard tarzida faoliyat yuritishini o‘z izlanish
-
larida tadqiq etgan.
Kooperativ yondashuvning pedagogik-psixologik xususiyatlari, hamkorlikda ish
-
lash, vazifalarni birgalikda bajarish, fikrlashish, kichik guruh tashkil eta olish, nazo
-
ratning yuqorililigini ta’minlay olish bilan obyektiv, subyektiv hamda pedagogik omillar
ta’sir darajasining barqarorligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan.
Kooperativ yondashuvning asosi – hamkorlikdir. Hamkorlikda o‘qitish har bir
o‘quvchini kunlik qizg‘in aqliy mehnatga o‘rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni
tarbiyalash, har bir o‘quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usini vujudga keltirish, o‘z ku
-
chi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda ma`suliyat hissini
shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Hamkorlikda o‘qitish usulini amalga oshirishga yordam beruvchi usul va vositalar:
1. Evristik suhbatlar.
2. Umumiy suhbatlar.
3. Ekskursiyalar.
4. Darslarida kuzatishlar, badiiy asarlar materiallari asosida nutq o‘stirish uchun
yozilgan ijodiy ishlar.
5. Ta`limning ko‘rgazmali metodlari.
6. Mustaqil ishlar.
7. Dars jarayonida og`zaki rasm chizish.
8. Imo-ishorali ko‘rinishlar va boshqalar kiradi.
9
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari pedagogik jarayonni takomillashtirish va uni
o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirishga asoslangan. Bu texnologiyalar ijodkor shaxsni shak
-
llantirishga yo‘naltirilgan ijodiy muhitni yaratish, ta’lim sifati va samaradorligini oshiri-
sh ga xizmat qiladi.
Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlarining asosiy jarayonlari: hamkorlikda fikr al
-
mashish, suhbat, tahlil, munozara, muzokara, amaliy vazifalar bajarish, biror narsani
qurish, yasash, masalalar yechish va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Ma’lum guruhdagi
o‘quvchilarni 3-4 kishidan iborat kichik guruhlarga bo‘lish kerak. Kichik guruhda tala
-
balar psixologik jihatdan bir-biriga mos kelishi shart. Aks holda, tuzilgan kichik guruh
talabalari orasida hamkorlik bo‘lmaydi, har bir tuzilgan guruh uchun alohida vazifalar
beriladi, ya’ni har bir talaba vazifani bajarish uchun mas’ul va asosiy vazifa: kerakli
natijani olish ekanligi tushuntiriladi
10
.
Hamkorlikda o‘qitish mashg`ulotlarini tashkil qilishda: o‘qituvchi – sinf, o‘qituvchi
- kichik guruh, o‘qituvchi – katta guruh, o‘qituvchi – o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quvchi (juft
-
likda ishlash), kichik guruh – kichik guruh, kichik guruh-sinf va boshqa tashkiliy shakllar
qo‘llaniladi.
Hamkorlikda o‘qitish – bu o‘qituvchining ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar gu
-
ruhi, yakka o‘quvchi hamda butun sinf bilan o‘zaro samarali hamkorlikni tashkil qilishi
bilan birgalikda, o‘quvchilarning ham o‘zaro qo‘llab – quvvatlovchi hamkorligini ama
-
8
Karimova G.Q., Alixodjaeva G.S. O’quv uslubiy majmua. Ilg‘or ta’lim-tarbiya texnologiyalari va jahon tajribasi
moduli bo’yicha. T.: 2017. 7 b
9
Saidahmedov N., Abdurahmonov O. Yangi pedagogik texnologiya mohiyati va zamonaviy loyihasi. – T.: RTM, 1999.
– 27 b.
10
Jonson.D, Jonson.R. (1994). Leading the cooperative school (2nd Ed.) Edina, M.N.: Interaction Book Company.
29
g
a oshirishdagi instruktiv va interfaol jarayonlarni ifodalovchi ommalashgan iboradir.
O‘quvchilar hamkorlikda akademik topshiriqlar ustida, kichik guruhlarda ishlashadi va
o‘zlariga hamda o‘z guruhlaridagilarga birgalikda yordam berishadi. Umuman, ham
-
korlikda o‘qitish metodlari quyidagi beshta xususiyatga ega:
1. O‘quvchilar birgalikda, umumiy topshiriq yoki bajarilayotgan faoliyat ustida ish
-
lashadi, bu guruhiy ish orqali yaxshi o‘zlashtiriladi.
2. O‘quvchilar 2-5 a`zodan iborat tarkibda kichik guruhlarda birgalikda ishlashadi.
3. O‘quvchilar umumiy vazifalarning yechimini topishga erishish yoki o‘rganish fa
-
oliyatini amalga oshirish uchun guruh tomonidan ishlab chiqilgan hamda ijtimoiy qabul
qilingan xulq-atvor mezonlariga rioya qilishadi.
4. O‘quvchilar ijodiy va mustaqil bo‘lishadi. Umumiy vazifalarning yechimini to
-
pishga erishish yoki o‘rganish faoliyati bo‘yicha ishlarni tashkil etish, o‘quvchilarning
bir-birlariga ko‘maklashishlari talab etilganini hisobga olgan holda tuzilgan bo‘ladi.
5. O‘quvchilar o‘z ishlari natijasiga yoki boshqacha aytganda, o‘qishga, ta`lim
olish ga, shaxsan mas’uliyatli va javobgardirlar
11 .
Hamkorlikda o‘qitish nima uchun kerak, degan savolga quyidagicha javob beris
-
himiz mumkin:
Hamkorlikda o‘qitish quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:
— o‘quvchining o‘rganish jarayonini boyitadi;
— o‘quvchilarga beriladigan o‘quv vazifalari ular o‘rtasida taqsim qilinib, o‘zlashti
-
rilgan kognitiv axborotlar to‘plamini beradi;
—o‘quvchilarda materialni o‘rganishga ishtiyoq uyg‘otadi;
— o‘quvchilarning o‘z shaxsiy bilim va dunyoqarashlarini shakllantirish imkoniyat
-
larini kengaytiradi;
—
axborotlarni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi;
— o‘quvchilarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchun zarur bilimlarni beradi;
— turli xil madaniyat va ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar o‘rtasida ijobiy o‘zaro munosa
-
batlarni oldinga suradi.
Hamkorlikda o‘qitish usullariga asoslangan mashg‘ulotlarni o‘ziga xos turlarga
ajratish va ularni amalda qo‘llash tizimi mavjud bo‘lib, quyida shu mashg‘ulotlardan
ayrim namunalarni ko‘rsatib o‘tamiz:
— uch pog‘onali intervyu;
— davra suhbati;
— ro‘yhat tuzish;
— muammolar yechishni tashkil qilish;
— bir daqiqalik ishlar;
— juftlik izohlari;
— muammoni jo‘natish;
— baholash chizig‘i;
— kam uchraydigan birlik;
— jamoa kutuvi;
— ikki qismli kundalik;
— o‘zaro savol yo‘llash
12 .
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi o‘quvchining ta’lim olishidagi muvofaqiyati gu
-
ruh muvofaqiyatiga olib kelishini anglagan holda mustaqil va sidqidildan aqliy mehnat
qilishga, o‘quv topshiriqlarini to‘liq va sifatli bajarishga, o‘quv materialini to‘liq o‘zlash
-
11
Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. – T.: Nasaf, 2000. – 19 b.
12
A. Xoliqov “Pedagogik mahorat” – T.: “Iqtisod-moliya” 2010 y 312 b.
30
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
tirishga yordam beradi.
Pedagogik hamkorlikning to‘g`ri tashkil etilishi talabalarda o‘quv materialini sama
-
rali o‘zlashtirish bilan birgalikda ular o‘rtasida munosabat birligining yaratilishi uchun
ham zamin bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, kooperativ yondashuvni rivojlantirish, avvalo, ularning bir
-
galikda o‘qish va hamkorlikda harakatga kirishishi natijasida namoyon bo‘lib, koopera
-
tiv yondashuvning tarkibida mavjud hamkorlikdagi faoliyat muloqot ko‘lamini kengay
-
tirishga yordam beradi, insonni psixologik jihatdan boyitadi
13
. Kooperatsiyaga bo‘lgan
ehtiyojning holati va mazmuni ta’lim-tarbiya tizimi, kooperatsiyaga ehtiyoji yuqori bo‘l
-
gan talabalar ma’lumotlarni oson o‘zlashtirib, odamlarga nisbatan muloqotga moyilligi
yuqori bo‘ladi.Talabalarda kooperativ yondashuvga bo‘lgan munosabatlarini o‘rganib,
quyidagi amaliy takliflarni berishimiz mumkin:
kooperativ yondashuvni rivojlantirish uchun dars davomida o‘qituvchi tomoni
-
dan talabalarni hamkor, hamfikr bo‘lishlari uchun imkoniyat yaratish;
talabalarni birgalikda birlashib, harakat qilishlari va yagona maqsadni amalga
oshirishlari uchun ularni o‘quv faoliyati davomida kichik guruhlarda ishlashlarini tashkil
etish;
talabalarga hamkorlikda bajariladigan vazifalar berish orqali ularning koope
-
ratsiyani rivojlantirish ehtiyojini oshirish ;
guruhda hamma tengligini va vazifalar teng taqsimlanishini ta’minlash zarurdir.
Dostları ilə paylaş: |