Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan


BO‘LAJAK FALSAFA DOKTORLARINING



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/88
tarix15.08.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#139502
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   88
2-son qushimcha

BO‘LAJAK FALSAFA DOKTORLARINING 
TADQIQOTCHILIK VA INNOVATSION 
KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA 
LOYIHAVIY YONDASHUV
(xorijiy tajribalar asosida)
Y
angi iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy sharoitda ta’lim va fanning sifati va raqo
-
batbardoshligini oshirish, O‘zbekistonning xalqaro ta’lim va ilmiy makonga 
integratsiyalashuvini jadallashtirishga qaratilgan tub o‘zgarishlar zarurati
ta’limda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, uning sifatini innovatsion asosda 
oshirish O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategi
-
yasida ham ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bugungi kunda mamlakatimizda ham 
oliy ta’limning ilmiy-pedagogik xodimlarini ilmiy-tadqiqot va innovatsion tayyorlashga 
katta e’tibor talab qiladi, chunki oliy ta’lim sifati ilmiy va pedagogik kadrlarning mala
-
kasiga bog‘liq.
Mamlakatimizda falsafa doktorlarini tayyorlashda transformatsion o‘zgarishlarga 
sabab bo‘lgan asosiy omil esa, dastavval bilimlar ko‘lami, so‘ngra axborot texnologiya
-
larning rivojlanishi va shunga mos ravishda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash
-


22
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
ga ijtimoiy talabning o‘sishi edi. Bunday sharoitda oliy ta’lim iqtisodiy o‘sish va rivojlan
-
gan ijtimoiy soha hisobiga inson kapitalini yaratish va mehnat unumdorligi darajasini 
oshirishning asosiy manbai hisoblanadi.
Bo‘lajak falsafa doktorlarini tayyorlash tizimi rivojlanishining ma’lum bosqichida 
sohaga oid ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va amaliyotda tatbiq etish ilmiy-pedagogik 
kadrlarning tadqiqotchilik va innovatsion kompetentligini rivojlantirishda bevosita va 
bilvosita ta’sir etishi shubhasiz. 
Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar o‘z taraqqiyotlarini aynan oliy ta’lim
-
dan keyingi ta’limdagi keskin burilish va tadqiqotchilik qobiliyatiga bo‘lgan e’tibordan 
boshlaganlarinini yashirmaydilar. Milliy elitani shakllantirish zarur bo‘lgan yuqori ma
-
lakali kadrlar zaxirasini, uning intellektual potensialining tarkibini ilmiy-amaliy jihatdan 
yuzaga chiqarish va undan oqilona, jamiyat tarqqiyoti yo‘lida unumli foydalanishdir.
Xorijiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, keyingi o‘n besh yil ichida rivojlangan 
mamlakatlarda ham doktoranturada tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu o‘zgarishlar dokto
-
rantura dasturlariga kengroq kirish, tuzilgan o‘quv va ilmiy dasturlarni joriy etish hamda 
ta’lim natijalariga kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limni amalga oshirish, 
doktoranturaga loyihaviy yondashuvni joriy etish, falsafa doktorlarining akademik ha
-
rakatchanligini oshirish, ularni tayyorlash jarayonida axborot texnologiyalardan sama
-
rali foydalanishda ustuvorlik berilishi bilan ko‘zga tashlandi. 
Xorijiy mamlakatlarda oliy ta’limning uchinchi bosqichiga e’tiborning kuchayishi 
o‘quv va ilmiy jarayonni tashkil etishning yangi samarali shakllari hamda ilmiy-tadqiqot 
va innovatsion faoliyat uchun bo‘lajak falsafa doktorlarini tayyorlash usullari, jumladan, 
tadqiqot guruhi modeliga “shogirdlik” modeli, loyiha asosida tashkil etilgan ta’lim (koo
-
perativ ta’lim, ijtimoiy tadbirkorlik, ishlab chiqarishda malaka oshirish, ilmiy konsalting, 
PhD kollokviumlari, ish joyida o‘qitish)ni joriy etishga olib keldi. 
Yevropa Komissiyasi 2011-yilda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Vazirlar Kenga shi 
tomonidan tasdiqlangan yevropa tadqiqot hududi doirasida innovatsion doktorlik ta’li
-
mining yettita tamoyilini ishlab chiqdi. Shu ma’noda “innovatsion doktorantura” atama
-
si asl tadqiqot o‘tkazish, ijtimoiy muammolarni kompleks hal etish uchun bilim yaratish 
va falsafa doktorlarni kasbga tayyorlash o‘rtasidagi muvozanatni topishni anglatadi. 
Belgilangan yettita tamoyil quyidagi qoidalarni o‘z ichiga oladi:
– fundamental tadqiqot olib borishga e’tibor qaratish (tadqiqotchilarning yangi av
-
lod vakillari ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak); 
– jozibador innovatsion muhitni yaratish (doktorantlar mustaqil tadqiqotchi bo‘lish
-
lari uchun qulay mehnat sharoitlariga ega bo‘lishi va kasbiy rivojlanishi uchun imkoni
-
yatlarga ega bo‘lishi kerak); 
– fanlar o‘rtasidagi bog‘liqlik va integratsiyani ta’minlash; 
– tarmoqlararo hamkorlikni mustahkamlash (kadrlar tayyorlash sohasida manfa
-
atdor tomonlarni jalb qilish, doktorantlar tayyorlashni birgalikda moliyalashtirish mexa
-
nizmlari); 
– xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish (qo‘shma tadqiqotlar, ikki tomonlama 
diplomlar, mobillik); 
– umumiy kasbiy ko‘nikmalarga o‘rgatish (muloqot, jamoada ishlash, tadbirkorlik, 
loyihalarni boshqarish, etika, standartlashtirish va boshqalar); 
– falsafa doktorlarini tayyorlash jarayoni sifatini kafolatlash (tadqiqot muhiti sifatini 
ta’minlash, qabul qilish, nazorat qilish, doktorlik darajasini olish va kasbiy o‘sishning 
shaffof tartibi).


23
Yuqori malakali intellektual mehnat mutaxassislariga bo‘lgan kuchli ijtimoiy talab 
va yevropa Ittifoqining oliy ta’limni uchinchi bosqichini rivojlantirish bo‘yicha tizimli siyo
-
sati dunyoda falsafa doktorlarini tayyorlashning ommaviylashuviga olib keldi. 
Yevropada ilmiy kadrlar tayyorlashning “shogirdlik modeli” (“Apprenticeship Mo
-
del”) keng tarqalgan bo‘lib, u ko‘proq professor tomonidan doktorantlarni tayyorlashda 
individual yondashadi. Doktorantdan rahbar tavsiyalariga ko‘ra, bir nechta uslubiy se
-
minarlardan o‘tishi va tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ilmiy loyihalarda qat
-
nashishi talab etiladi. Binobarin, ko‘pchilik doktorantlar dissertatsiya ishlarini o‘z-o‘zini 
tarbiyalash va zarur ko‘nikmalarni mustaqil rivojlantirish uchun tayyorlaydilar, chun
-
ki yevropa va Britaniya an’analari doktorantni “talaba”dan ko‘ra ko‘proq tadqiqotchi 
bo‘lishiga tayanadi. 
So‘nggi o‘n yillikda yevropadagi ko‘plab oliy ta’lim tizimlari o‘zlarining doktorantura 
tizimini an’anaviy Gumboldt modelidan “professional model” deb ataladigan yangicha 
tizimga, ya’ni mehnat bozoriga yo‘naltirilgan gibrid yondashuvga ustuvorlik berdilar.
Bugungi kunda bu an’ana tobora an’anaviylashib bormoqda. Demak, ilmiy-pedagogik 
kadrlar tayyorlashdagi navbatdagi tendensiya bu professionallashtirish va malakaga 
asoslangan yondashuvdir. 
Xorijiy ilmiy jamoatchilik falsafa doktorlaridan tobora ko‘proq fanlararo (sinergetik) 
bilim va kompetensiyalarga talab qilmoqda, chunki tor bilimlarga asoslangan ilmiy bi
-
limlar jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli emas. Tadbirkorlik faoliyati, ijtimoiy 
o‘zaro ta’sir kabi umumiy kompetensiyalar yangi sohalarda juda muhimdir, shuning 
uchun ular tadqiqot va o‘qitishdan kam talabga ega emas. 
Yevropa universitetlari assotsiatsiyasining hisobotida ta’kidlanganidek, PhD da
-
rajasiga ega bo‘lgan xodimlarni ishga qabul qilishda ish beruvchilar ularning yangi 
g‘oyalarni yaratish yoki mavjud yechimlarni takomillashtirish, ijodiy qobiliyatlar, shu
-
ningdek, muloqot, yetakchilik, o‘zgarishlarga moslashish kabi ko‘nikmalarga alohida 
e’tibor berishadi. 
Har qanday faoliyat sohasida bunday kompetensiyalar ingliz tilidagi adabiyotlarda 
quyidagicha nomlanadi: “generic skills” (umumiy qobiliyat), “elite skills” (xos qobiliyat), 
“career skills” (karera qilish qobiliyati), “combined skills” (birlashgan qobiliyat), “high 
level skills” (yuqori darajadagi malakalar). Ushbu tushunchalarning o‘xshashi bizda 
“umumiy” va “tayanch” malakalar, deb nomlanadi.
Doktorantning yutuqlarini baholashda subyektivizmga yo‘l qo‘ymaslik uchun ax
-
borotlashgan asrimizda falsafa doktorining kompetentligini baholash imkonini beradi
-
gan ma’lum mezonlar tizimi mavjud bo‘lishi kerak. Amerikalik tadqiqotchilar bu muam
-
moni kompetensiyaviy yondashuvdan foydalangan holda hal qilishni taklif qilmoqdalar. 
Zero hozirgi vaqtda doktorantlar faoliyatini baholash hali ham rasmiy bo‘lib, asosan 
dissertatsiyani himoya qilish va topshirishga asoslangan. Binobarin, ilmiy kadrlarni 
tayyorlash muammolari bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar da’vogarlarning mutaxas
-
sisligidan qat’i nazar barcha nomzodlari uchun umumiy bo‘lgan o‘nta toifadagi kompe
-
tensiyalarni keltiradilar:
– soha bo‘yicha keng konseptual bilim
– tanlangan ilmiy mutaxassislik bo‘yicha chuqur bilim; 
– tanqidiy fikrlash; 
– eksperimental ko‘nikmalar;
– mas’uliyatli tadqiqot; 
– axborot bilan ishlash qobiliyati;


24
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
– hamkorlik va ilmiy jamoada ishlash; 
– muloqot qobiliyatlari; 
– yetakchilik va boshqaruv;
– yashash qobiliyatlari.
Tabiiy, matematika va texnik mutaxassisliklar vakillari ushbu modelga eng yaxs
-
hi moslashdilar, chunki universitet kafedralarining an’anaviy ravishda korxonalar bi
-
lan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalari doktorantlar ishtirokida qo‘shma ilmiy loyihalarni amal
-
ga oshirish bo‘yicha katta hamkorlik tajribasini ta’minladi. Bu innovatsiyalar va tad
-
birkorlikka yo‘naltirilgan ko‘plab fanlararo dasturlarning paydo bo‘lishiga, shuningdek, 
STEAM sohasida doktorantlar sonining ko‘payishiga yordam berdi. Iqtisodiy hamkorlik 
va taraqqiyot tashkiloti ma’lumotlarining shahodat berishicha, aksariyat mamlakatlarda 
ularning soni 60 foizdan ko‘proqqa oshgan. Bunday yondashuvning mohiyati shundaki, 
doktorantlar ko‘p vaqtlarini hamkor kompaniyaning ish joyida ishlash bilan birgalikda
eng muhim yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqotlar olib borishdi. Shu bilan birga, universitetlar 
tadbirkorlik faoliyatini ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan birlashtirishni ta’minladi. Ish 
beruvchilar, o‘z navbatida, dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va baholashning 
qo‘shma jarayonlarida ishtirok etish orqali universitetlar va ularning doktorantlari bi
-
lan faol hamkorlik qiladilar va buning natijasida taklif etilgan loyihalar, ishlab chiqarish 
jarayonlari va kompaniyaning o‘z mahsulotlari sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Demak, 
bunday o‘zaro aloqada bo‘lajak falsafa doktorining dissertatsiya ishi aniq maqsad va 
aniq natijalarga ega bo‘lgan haqiqiy loyiha sifatida belgilangan muddatda amalga os
-
hiriladi. Bu doktorantura ta’limini loyihalashtirish va tegishli idoralar tomonidan tadqiqot 
dasturlarini moliyalashtirishning samarali mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi.
Kaliforniya universiteti bo‘lajak falsafa doktorlarini tayyorlash bo‘yicha amaliyot 
dasturini ishlab chiqdi, bu esa, tizimli o‘rganish va amaliy tajribani ta’minladi. Bunday 
dasturlarda ishtirok etish PhD da’vogarlarining tadqiqot o‘tkazish va qarorlar qabul qi
-
lish, shuningdek, ularni kasbiy o‘sish (karera) ko‘nikmalari bilan qurollantirishga bo‘l
-
gan ishonchini oshirdi. 
Yevropa Ittifoqi siyosati zamonaviy doktorlik ta’limining muhim tarkibiy qismi sifa
-
tida soha vakillarining faol hamkorligi, ya’ni tugal integratsiyalashuvida shu sohaning 
muammolari teran anglanadi. Innovatsion tafakkurning shakllantirilishi bilan innovat
-
sion muhit paydo bo‘ladi, muammo – ilmiy g‘oya – intellektual mulk obyekti – yangi 
ishlanmaning joriy etilishi tizimi ishlaydi va soha rivojlanishi jadallashadi.
G‘arb ta’lim tizimida tarqalgan eng samarali o‘qitish usullaridan biri hamkorlik, faol 
ishtirok etish va o‘zaro ta’sir orqali bilim, ko‘nikma va yangi bilimlarni o‘zlashtirishga 
imkon beruvchi loyihaviy yondashuv (Project–Based Learning) hisoblanadi.
Xorijiy adabiyotlarda bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda, xususan, doktorantu
-
rada loyihaga yo‘naltirilgan texnologiyalarni qo‘llashning zamonaviy namunalari keng 
yoritilgan. 
Janubiy Indiana universitetida (AQSh) ijtimoiy tadbirkorlik modeli asosida o‘quv 
faoliyati amalga oshiriladi. Xayme І universitetida (Ispaniya) faoliyat yurituvchi baka
-
lavrlar, magistrlar va PhDlar uchun biznes imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha to‘rt 
bosqichli o‘quv dasturi asosida o‘qitish, Massachusetts texnologiya institutida (AQSh) 
esa, muhandislikka ixtisoslashgan oliy ta’limda loyihalarni boshqarish bo‘yicha pro
-
fessional ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha innovatsion ta’lim dasturi amaliyoti joriy 
etilgan. 
Shimoliy yevropa mamlakatlari: Norvegiya, Daniya, Shvetsiyada “universitet – hu
-


25
kumat – biznes” hamkorlik uchburchagida istiqbolli tadqiqot amaliyoti joriy etilgan. 
Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSh texnika universitetlarining polimer profili 
bo‘yicha mutaxassislarni loyihaviy o‘qitishni qo‘llash bo‘yicha ilg‘or tajriba ommalas
-
hgan. Ispaniyaning Madrid politexnika universitetida loyiha asosidagi ta’lim bilan bir
-
lashtirgan kooperativ ta’lim usuli tatbiq etilgan. O‘qitish jarayonida loyiha mijozlari bi
-
lan professional aloqalar o‘rnatiladi. Bo‘lajak falsafa doktorlari loyiha ustida birgalikda 
ishlash jarayonida real muammolarni hal qilish uchun imkoniyat qoldiradi. Bu jarayon 
davomida ular loyiha ishtirokchilari bilan bevosita muloqotda olingan amaliy bilimlar 
bilan boyitiladi, bu esa, ularga yangi bilimlarni egallash imkonini beradi. 
Norvegiyada 2008-yildan buyon sanoat falsafa doktorini tayyorlash dasturi (In
-
dustry–Oriented PhD) joriy etilgan bo‘lib, uning doirasida kompaniyalar belgilangan 
malakani olishga intilayotgan da’vogarni uch yil muddatga qo‘llab-quvvatlaydi. 
Ispaniyada da’vogar akademik PhD darajasiga qo‘shimcha ravishda sanoat dok
-
tori darajasini olishi mumkin. Buning uchun tijorat kompaniyasida, xususiy yoki davlat 
sektorida ishlashi, kompaniyadagi sanoat tadqiqotlari yoki eksperimental loyihalarda 
ishtirok etishi talab etiladi. Nomzod ishtirok etayotgan loyiha dissertatsiya mavzusi bi
-
lan bog‘liq bo‘lishi kerak.
Braziliya olimlarining fikricha, doktoranturaga qabul qilingan paytdan boshlab 
doktorantning mustaqillik darajasi va uning vazifalari murakkabligi bosqichma-bosqich 
oshirilishi kerak. Agar u dastlab ilmiy rahbariga shogird bo‘lsa ham, unga kelajakdagi 
hamkorlik sifatida qaraladi. Kasbiy takomillashuvdan tashqari loyihalarda ishtirok etish 
dissertatsiya ishini yakunlash uchun kuchli moliyaviy asosga aylanadi.
Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida falsafa doktorlarini ilmiy-tadqiqot va innovatsion 
faoliyatga tayyorlash jarayonida ularning malaka oshirish dasturiga kiritilgan karerani 
rejalashtirish faoliyati (Career Development Activity) alohida ahamiyatga ega. 
Xulosa, bo‘lajak falsafa doktorlarining tadqiqotchilik va innovatsion kompetentligi
-
ni rivojlantirishda loyiha ustida ishlash kelajakdagi kasbiy faoliyat uchun muhim bo‘l
-
gan malakalar: jamoaviy ish, muloqot, yetakchilik, maqsadlilik va motivatsiya, ochiqlik, 
ijodkorlik, natijaga yo‘naltirilganlik, moslashish va innovatsiya qilish qobiliyati, muam
-
molarni hal qilish va boshqalarni rivojlantirishni ta’minlaydi. Bunday kompetensiyalar 
xaritasi mamlakatimizda falsafa doktorlarini tayyorlash, o‘qitishning maqsadi va kuti
-
layotgan natijalarini shakllantirish borasida o‘quv dasturini ishlab chiqish uchun asos 
bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin