K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə36/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   71
УМК 2023 (2)

Parazit infuzoriyalar. Infuzoriyalarning bir qancha turlari odam va turli hayvonlar organizmida yashaydi. Parazit infuzoriyalar orasida ayniqsa, ixtioftirius (Ichthyopthirius multifillis) katta ahamiyatga ega. Parazit zog'ora gulmoyi, do‘ngpeshona, oq amur baliqlarining suzgich qanotlari va jabralarida yashaydi. Baliqlarni infuzoriyaning tomitlapu - (suvda yashaydigan juda mayda (20-30 mkm) “daydi” stadiyasi) zararlaydi. Bir necha kun ichida parazit teriosti to'qimasi hujayralari hisobida oziqlanib tez o‘sadi. Uning kattaligi 0,5-1 mm.ga yetgach, teridan suvga chiqadi. Bir qancha vaqt o'tgach, parazit suv tubiga cho'kib sistaga aylanadi. Parazitning tanasi sista ichida ko‘p marta ketma-ket bo'linish natijasida 2000 ga yaqin juda mayda kiprikli yosh infuzoriyalar daydilar paydo bo'ladi. Daydi stadiyasida infuzoriyalar sistani tashlab chiqadi va boshqa baliqlarni zararlaydi.
Ixtioftirius juda keng tarqalgan, u hovuzlarda boqiladigan zog'ora va losossimon baliqlarga ayniqsa, katta ziyon keltiradi. Ixtioftirioz kasalligi baliq chavoqlarini ko'plab qirilib ketishiga sabab bo'ladi. Baliqlar terisi, jabrasi va suzgich qanotlari ustida yapaloq disk shaklida trixodina avlodiga mansub infuzoriyalar parazitlik qiladi. Trixodina juda tez ko'payib ketganida yosh baliqchalarga katta ziyon keltiradi.
Odamning yo'g'on ichagida ba’zan balantidiy infuzoriyasi (Balantidium coli) uchraydi. Infuzoriya tuxumsimon shaklda, oldingi tomonida og'izoldi chuqurchasi tubida og'iz teshigi joylashgan. Infuzoriya ichak bo‘shlig‘ida yashaganida odatda odamga ziyon keltirmaydi. Lekin u ko'pincha ichak epiteliysiga kirib olib, qon eritrotsitlari hisobiga oziqlana boshlaydi. Infuzoriya ichak devorida yara hosil qilib, og'ir qonli ichburug' paydo qilishi mumkin. Balantidiy odatda cho'chqalarning ichagida ko‘p uchraydi. Ayniqsa, cho‘chqa bolalari balantidioz bilan kuchli zararlanadi.
Gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganda balantidiy sistalari iflos qo‘l orqali odam ichagiga tushadi va to‘g ‘ri ichakda parazit sistadan chiqadi.
Kiprikli infuzoriyalar sinfi teng kipriklilar, spiral kipriklilar, to’garak kipriklilar va boshqa kenja sinflarga bo ‘linadi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin