K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor


Teng kipriklilar (Holotricha) kenja sinfi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə37/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71
УМК 2023 (2)

1. Teng kipriklilar (Holotricha) kenja sinfi eng sodda tuzilgan, lekin keng tarqalgan va xilma-xil turlarni o ‘z ichiga oladi. Tanasi ko‘p sonli, ko'pincha bir xil tuzilgan, ya’ni juda ham ixtisoslashgan kipriklar bilan qoplangan. Ayrim turlari tanasining bir qismida kipriklari bo’lmaydi yoki ular to‘p bo'lib joylashgan. Ayrim vakillarining og'iz teshigi reduksiyaga uchragan. Ko'pchilik teng kipriklilarning yaxshi rivojlangan og'iz teshigi bor. Og'iz teshigi terminal (tanasi uchki qismida) joylashgan (Holophrya, Didinium avlodlari) yoki tanasining yon tomoniga siljigan (Nassula, Paramaecium). Teng kipriklilarning aksariyat ko'pchilik turlari erkin yashaydi. Bakteriyalar, mayda suv o'tlari hamda boshqa organik zarralar bilan oziqlanadi. Didinium avlodi turlari yirtqich hayot kechiradi. Bu kenja sinfga kavsh qaytaruvchi hayvonlar oshqozonida simbioz уashaydigan (Endodiniomorfa), shuningdek hayvonlar va odamlar organizmiua parazitlik qiluvchi (Jxtioftirius, Balantidiy), turlari ham kiradi. Ko'pchilikka yaxshi ma’lum bo'lgan tufelka infuzoriyasi ham teng kipriklilar kenja sinfi va gimenostomata (Hymenostomata) turkumiga kiradi.
2. Spiral kipriklilar (Spirotricha) kenja sinfi vakillarida kipriklar og'iz atrofida soat mili aylanadigan tomonga spiralga o'xshash buralib joylashgan. Bu kipriklar og'iz oldida bir necha qator membranellalarni hosil qiladi. Spiral kipriklilar tuzilishi va hayot kechirishi bilan xilma-xil bo'lgan bir hujayralilardan iborat. Bu kenja sinfning ko'pchilik turlari eng yirik infuzoriyalar hisoblanadi.
Spiral kipriklilar har xil kipriklilar (Heterotricha), qorin kipriklilar (Hypotricha) va kam kipriklilar (Oligotricha) turkumlariga bo’linadi. Har xil kipriklilar (Heterotricha) turkumi turlarida og'iz atrofidan tashqari butun tana yuzasi bir xil mayda kipriklar bilan qoplangan. Har xil kipriklilar eng yirik infuzoriyalardir. Ularning katta yadrosi zanjirsimon (trubach - Stentor avlodi), spiralsimon (Spirostomium) bo’ladi. Boshqa bir vakili bursariya (Bursaria)ning juda keng qopga o'xshash og'izoldi chuqurchasi bo'ladi. Ayrim vakillari baqalarda parazitlik qiladi.
Qorin kipriklilar (Hypotricha) turkumiga mansub bo'lgan turlar chuchuk suvlarda va dengizlarda ko'p uchraydi. Qorin qismida joylashgan bir qancha kipriklari birlashib, ancha yo‘g‘on pixlar tsirrilarni hosil qiladi. Chuchuk suvlarda keng tarqalgan yirik infuzoriya stilonixiya (Stylonishia) ana shu tsirrilari yordamida suv tubidagi narsalar ustida yugurib yurishi mumkin.
Kam kipriklilar (Oligotrisha) turkumida kipriklar faqat og‘iz yonidagi membranalardan iborat. Ularning tanasi yengil konussimon chig'anoq, ichida joylashgan. Chig‘anoqdan og'izoldi membranalari chiqib turadi. Hamma vakillari dengiz planktoni tarkibiga kiradi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin