K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə2/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
УМК 2023 (2)

Ma’ruza 8. Hayvonsimon xivchinlilar kenja sinfi.

35

Ma’ruza 9. Sporalilar tipining umumiy tavsifi: Gregarinalar (Gregarinina) sinfi Sporalilar tipining umumiy tavsifi: Gregarinalar (Gregarinina) sinfi.

39

Ma’ruza 10. Koksidiyasimonlar (Coccidiomorpha) sinfining umumiy tavsifi.

41

Ma’ruza 11 Knidosporidiyalar tipining umumiy tavsifi.

48

Ma’ruza 12. Miksosporidiyalar tipining umumiy tavsifi.

50

Ma’ruza 13. Infuzoriyalar tipi.

52

Ma’ruza 14. Erkin yashovchi va parazit infuzoriyalar sinflariga umumiy tavsif.

57

Ma’ruza 15. Bir hujayrali hayvonlar filogeniyasi.

60

II. O’QUV MATERIALLARI (amaliy mashg’ulotlari)

62

Amaliy mashg’ulot 1. Protozoologiya fanining o’rganish usullari.

62

Amaliy mashg’ulot 2. Amyobalar turkumi. Vakil: oddiy amyoba. Tuzilishi va ko’payishi.

65

Amaliy mashg’ulot 3. Foraminiferalar turkumi. Vakil: Elphidium crispa. Tuzilishi va ko’payishi.

67

Amaliy mashg’ulot 4. Euglenasimonlar turkumi. Vakillar: Euglena viridis yoki Euglena gracilis.Tuzilishi va ko’payishi.

68

Amaliy mashg’ulot 5. Kolonial xivchinlilar. Vakil Volvox sp. (volvoks). Tuzilishi va ko’payishi..

70

Amaliy mashg’ulot 6. Kinetoplastida turkumi. Vakillar: tripanosoma va leyshmaniya. Tuzilishi va ko’payishi..

72

Amaliy mashg’ulot 7. Ko’p xivchinlilar turkumi. Vakillar: trixomonas va lyambliya. Tuzilishi va ko’payishi.

75

Amaliy mashg’ulot 8. Koksidiyalar turkumi. Vakil: Eimeria magna. Tuzilishi va ko’payishi.

77

Amaliy mashg’ulot 9. Koksidiyalar turkumi. Vakillar: Theileria annulata va Piroplasma bigeminum. Tuzilishi va ko’payishi.

78

Amaliy mashg’ulot 10. Qon sporalilar turkumi. Vakil: Plasmodium vivax. Tuzilishi va ko’payishi.

80

Amaliy mashg’ulot 11. Platisporalilar turkumi. Vakil: Myxobolus pfeifferi. Tuzilishi va ko’payishi.

83

Amaliy mashg’ulot 12 Nosematidalar turkumi. Vakil: Nosema bombycid. Tuzilishi va ko’payishi.

85

Amaliy mashg’ulot 13 Hymenostomata turkumi. Vakil: Parameciya (tufelka) infuzoriyasining tuzilishi va ko’payishi.

87

Amaliy mashg’ulot 14. Trixomastomatidlar turkumi. Vakil: Balantidium coli. Tuzilishi va ko’payishi.

90

Amaliy mashg’ulot 15. Trixomastomatidlar turkumi. Vakil: Ichthyopthirius multifillis. Tuzilishi va ko’payishi.

91

III.MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI

92

Mustaqil ta’lim bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar va mavzular




IV.Glossariy

93

V.Ilovalar

96

Fanning o’quv dasturi

96

Syllabus

103

VI.Testlar

119




  1. MA’RUZA MAVZULARI

1-ma’ruza. Kirish. Fanning predmeti va vazifasi. Rivojlanish tarixi.
Reja:
1. Protozoologiya fanining ob’ektlari va predmeti.
2. Protozoologiya fanining maqsadi, vazifalari va ahamiyati.
3. Fanning rivojlanishidagi asosiy bosqichlar va uning shakllanishiga katta hissa qo’shgan olimlar.
4. O’zbekistonda protozoologik tadqiqotlarning rivojlanishi.

Protozoologiya fani bir hujayrali hayvonlarni o’rganadi. Protozoologiya boshqa biologiya fanlari, shuningdek tibbiyot, veterinariya va qishloq xo’jaligi bilan uzviy bog’liq.


Protozoologiya fani yutuqlari tabiiyotga ilmiy materialistik dunyoqarashning rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. Protozoologiya fani to’plagan ilmiy dalillar organik olamning rivojlanishi to’g’risidagi evolyutsion ta’limotni yaratish uchun asos bo’lib xizmat qildi. Inson ham uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyot natijasida hayvonot dunyosidan kelib chiqqan va evolyutsion taraqqiyotning eng yuqori pog’onasiga ko’tarilgan ongli mavjudot hisoblanadi.
Insoniyat tarixining ilk davridanoq kishilar hayvonlar hayoti bilan qiziqqanlar. Hayvonlar to’g’risidagi dastlabki yozma ma’lumotlar miloddan avval IV asrga oid Misr, Xitoy va Yunon adabiyotlarida uchraydi. Lekin zoologiyaga taalluqli ilk ilmiy asarlarni miloddan IV asr avval yashab o’tgan Arastu (Aristotel) yaratgan. Uning asarlarida 452 tur hayvonning tuzilishi, hayot kechirishi va tarqalishini tushuntirib berilgan. Arastu hayvonlarni ikki katta guruhga, qonlilar va qonsizlarga ajratadi. Bu guruhlar hozirgi sistemaga muvofiq umurtqalilar va umurtqasizlarga yaqin keladi. Hayvonlar yana 8 ta kichik guruhlarga: to’rtoyoqlilar (sutemizuvchilar), tuxum qo’yuvchi ikkioyoqlilar (qushlar), tuxum qo’yuvchi to’rtoyoqlilar (sudralib yuruvchilar), hasharotlar, Qisqichbaqasimonlar va boshqalarga ajratilgan. Arastu asarlarida organlar tuzilishining o’zaro muvofiqligi (korrelyatsiya) va gradatsiya to’g’risida ham sodda fikrlar bayon etilgan. Qadimgi Rim tabiatshunoslari orasida Gay Pliniy (miloddan so’ng 23-79 yillar) mashhur bo’lgan. U o’zining 37 kitobdan iborat “Tabiat tarixi” asarida o’sha davrda ma’lum bo’lgan barcha hayvonlarni ta’riflab bergan. Din va xurofot hukm surgan o’rta asrlarda tabiatni o’rganish qat’iyan man etilib, ilm fan namoyondalari esa ta’qib ostiga olindi. Ana shu sababli zoologiya fanining rivojlanishi batamom to’xtab qoldi, Aristotel va Gay Pliniy ishlari unutib yuborildi. Uyg’onish davrida (XIV - XV asrlar) ilm-fan taraqqiyotining markazi G’arbiy Yevropaga ko’chdi. Bu davrda barcha tabiiy fanlar, shu jumladan zoologiya sohasida ham muhim kashfiyotlar qilindi. Xristofor Kolumb, Marko Polo, Magellan va boshqa bir qancha sayyohlarning dengizlar osha sarguzashtlari natijasida ilgari noma’lum bo’lgan yangi hayvon turlari kashf etildi. Dunyoning turli burchaklaridan yig’ib keltirilgan behisob materiallarni sistemaga solish va umumlashtirish zarur edi. Ayni shu davrda shveytsariyalik vrach va naturalist K. Gesnerning (1516-1565) 17 jildli “Hayvonlar tarixi” asari paydo bo’ladi. Asar ko’p jihatdan sodda yozilgan va unda noaniq ma’lumotlar ko’p bo’lsada, eng qadimiy ensiklopedik manba hisoblanadi. Zoologiya fanining taraqqiy etishida XVII asrda mikroskopning ixtiro etilishi beqiyos katta ahamiyatga ega bo’ldi. Golland olimi Levenguk (1632-1723) “Mikroskop yordamida ochilgan tabiat sirlari” kitobi bilan ko’z ilg’amas hayvonlar dunyosini ochib berdi. Italiyalik olim M.Malpigi (1628-1694) umurtqali hayvonlar qon aylanish sistemasi kapillyarlari, ayirish organlari va hayvonlar terisining mikroskopik tuzilishini tasvirladi. Angliyalik U. Garvey (1578-1657) odamning qon aylanish sistemasini birinchi bo’lib tushuntirib berdi. Lekin o’sha davrda olimlar o’rtasida jinsiy hujayralar va murtakda bo’lajak organizmning barcha organlari tayyor holda turadi, degan metafizik tushuncha hukmron edi. Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi to’g’risidagi ta’limot XVIII asrda paydo bo’ldi. Bu ta’limotning negizini shved olimi K. Linney (1707-1778) ishlari tashkil etadi. Uning “Tabiat sistemasi” asarida tur, urug’, turkum va sinf kabi sistematik kategoriyalar asoslab berildi. Olim turni urug’ va tur nomi bilan atashni taklif etishi bilan binar nomenklaturaga asos soldi. K.Linney hayvonot dunyosini sutemizuvchilar, qushlar, parrandalar, baliqlar, hasharotlar va chuvalchanglar sinfiga ajratadi. Lekin Linney turli sistematik guruhlar o’rtasida hech qanday bog’lanish yo’q, degan g’oyani himoya qilib chiqqan. K.Linney zamondoshi frantsuz olimi J. Byuffon (1707-1768) o’sha davrgacha zoologiya sohasida ma’lum bo’lgan barcha ma’lumotlarni umumlashtiruvchi 36 jildli “Tabiat tarixi” asarini yaratdi. Asarda u birinchi bo’lib turlarning o’zgarishi to’g’risida o’z fikrini bildiradi. XIX asr boshlarida fransuz olimi J. Kyuve (1769-1832) paleontologik qazilmalarga asoslanib, qadimda yashagan, lekin hozir qirilib ketgan hayvonlar xususida ma’lumot beradi. U organizmning bir butunligi va turli organlarning o’zaro bog’langanligiga asoslanib, o’zining organlar korrelyatsiyasi to’g’risidagi ilmiy g’oyasini ilgari surdi. J. Kyuve zoologiya faniga tip tushunchasini kiritadi. U hayvonot dunyosini to’rt tipga, umurtqalilar (sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar, baliqlar), yumshoq tanlilar (mollyuskalar), bo’g’imlilar (halqali chuvalchanglar va bo’g’imoyoqlilar), nurlilar (ninatanlilar, chuvalchanglar, iifuzoriyalar) ga va 19 sinfga ajratadi. Lekin Kyuve ham xuddi Linney singari turlarning o’zgarmasligi to’g’risidagi metafizik g’oyani himoya qilib chiqqan edi. Unig vatandoshi va zamondoshi Sent Iler (1772-1844) esa turlarning tashqi muhit ta’sirida o’zgarishi borasidagi g’oyani ilgari surgan. XIX asr biologiya fanida tirik tabiatdagi murakkab formalarni eng sodda formalardan kelib chiqishi to’g’risidagi g’oyalarning ustun kelishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda evolyutsion g’oyalarni rivojlanishida T. Shvann (1810-1882) va M.Shleyden (1804-1881) tomonidan hayvonlar va o’simliklarning hujayraviy tuzilishi to’g’risidagi ta’limot katta ahamiyatga molik bo’ldi. Turlarning o’zgarishini, murakkab formalarni oddiy formalardan taraqqiy etib chiqqanligi to’g’risidagi ta’limotni birinchi bo’lib fransuz naturalisti J.B.Lamark (1744-1829) taklif etgan. U “Zoologiya falsafasi” asarida turlarning o’zgarmasligi xususidagi metafizik qarashlarga zarba berib, o’zining evolyutsion ta’limotini asoslab beradi. Lekin Lamark evolyutsion jarayonning sabablarini ochib berolmadi. Olimning asosiy ishlari umurtqasiz hayvonlarni o’rganishga bag’ishlangan edi. U K. Linney sistemasini yanada takomillashtirdi va umurtqasiz hayvonlarni 14 sinfga ajratishni taklif etdi.
Zoologiya fanida evolyutsion g’oyalar faqat Ch. Darvinning (1809-1882) “Tabiiy tanlanish yo’li bilan turlarning kelib chiqishi” (1859) asari bosilib chiqqandan so’ng to’la to’kis o’z asosini topdi. Ch. Darvin turlarning o’zgarishi va organik olam evolyutsiyasini tushuntirib qolmasdan, evolyutsiyaning asosiy faktorlarini ham ochib beradi. U tirik mavjudotlar tuzilishining murakkablashib borishini va tashqi muhitga moslashuvining sababi uzoq davom etgan tabiiy yoki sun’iy tanlanish ekanligini bayon etdi. Darvin ta’limoti hamma zoologiya fanlari taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga egadir. Bu ta’limot biologiya oldiga hayvonlar evolyutsiyasi yo’nalishlari va sabablarini ochib berishdek yangi vazifalarni qo’ydi.
Rossiyada zoologiya sohasidagi ilmiy izlanishlar Pyotr I davrida boshlangan. U chet mamlakatlardan turli hayvonlarning kollesiyasini keltirib, kunstkamera tashkil etadi.
Protozoologiya sohasidagi tadqiqotlarning miqyosi XX asrda ayniqsa kengayib ketdi. Hayvonot dunyosini o’rganish rejali asosda va kompleks ravishda olib boriladigan bo’ldi. Bu sohada Ye. N. Pavlovskiy (parazitologiya), V. A. Dogel (parazitologiya, protistologiya) va boshqa zoologlarning ilmiy maktablari katta yutuqlarni qo’lga kiritdi. Ye. N. Pavlovskiy (1884-1965) organizm bilan uning yashash muhiti o’rtasidagi munosabatlarni o’rganish asosida o’zining transmissiv kasalliklarning tabiiy manbalari to’g’risidagi ta’limotini yaratdi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar hozirgi Markaziy Osiyo, shu jumladan O’zbekiston hayvonot dunyosini, jumladan bir hujayralilarni o’rganishga uzoq davr mobaynida juda kam e’tibor berilganligini ko’rsatadi. Bu sohadagi maxsus tadqiqotlarni faqat XIX asrning ikkinchi yarmidan A. Seversov boshlab berdi. U o’z sayohatlarida Orol dengizi, Ustyurt, Qizilqumning shimoli, Sirdaryo, Tyanshan va Pomir tog’lari hayvonlarini va tabiatini o’rgandi. Markaziy Osiyo hayvonot dunyosini o’rganishda tabiatshunos olim A. P. Fedchenkoning xizmatlari ayniqsa katta. U 1868-1871 yillarda Oloy va Zarafshonda o’tkazgan ekspeditsiyalarida 4000 hayvon turi (asosan hasharotlar) ni o’z ichiga oluvchi 20000 ga yaqin kolleksiya to’playdi. Uning birgina Zarafshon vodiysining yuqori qismida olib borgan tekshirishlarida 1000 dan ortiq hayvon turi yig’ildi. Sayyoh ipakchilik bilan ham qiziqadi. A. P. Fedchenko birinchi bo’lib O’zbekistonda, xususan Samarqandda rishtaning biologiyasini o’rganadi.
Markaziy Osiyo hayvonlarini o’rganish XX asrning boshlarida, ayniqsa, jadal sur’atlar bilan olib borildi. O’tgan asrning 20 va 30 yillarida Markaziy Osiyo hududida yashovchi aholi o’rtasida keng tarqalgan parazitar kasalliklarga qarshi kurashni amalga oshirishga katta e’tibor berildi. Buning uchun zoologiya fani oldiga parazit va kasallik tarqatuvchi hayvonlarni o’rganish vazifasi qo’yildi. Shu masalada Markaziy Osiyoga bir necha ekspeditsiyalar tashkil etiladi. N. I. Xodukin (1896-1954), L. M. Isayev (1868-1964) bezgak pashshalarini o’rganib, ularga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqishadi. L.M.Isayev tashabbusi bilan O’zbekistonda bezgakni tadqiq etuvchi stantsiyalar va tabiiyot parazitologiyasi instituti tashkil etildi. O’sha davrda amalga oshirilgan tadbirlar, 50 yillarda Markaziy Osiyoda bezgak kasali batamom tugatish imkonini berdi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin