K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor


Hayvonlarning individual rivojlanishi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə14/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71
УМК 2023 (2)

Hayvonlarning individual rivojlanishi urug'langan yoki partenogenetik tuxumni voyaga yetgan organizmga aylanish davri individual rivojlanish, ya’ni ontogenez deyiladi. Postembrional rivojlanish hayvonlarda ikki yo'l bilan boradi. embrional (murtakning rivojlanishi) va postembrional (organizmning tug 'ilgandan yoki tuxumdan chiqqandan keyingi) davrlarni o'z ichiga oladi. Embrional rivojlanish davri tuxum qo'yuvchilarda embrionning tuxumdan chiqishi, tirik tug'uvchilarda esa embrionning tug'ilishi bilan tomom bo'ladi.
Postembrional rivojlanish hayvonlarda ikki yo'l bilan boradi. Ko'pchilik hayvonlarda, masalan, ayrim bo'shliqichililar, halqali va to’garak chuvalchanglar, o'rgimchaksimonlar, chuchuk suvda yashovchi qisqichbaqasimonlar, ko'pchilik xordalilarning murtagidan embrional rivojlanish natijasida voyaga yetgan hayvonlarning o'ziga o'xshash organizm yetishib chiqadi. Bu tipdagi rivojlanish o'zgarishsiz yoki to‘g‘ri bevosita rivojlanish deyiladi. Boshqa hayvonlar (masalan, dengiz bo'shliqichlilari, ko'pchilik halqali chuvalchanglar, dengiz qisqichbaqasimonlari va mollyuskalari, qanotli hasharotlar, ninaterililar) da embrional rivojlanish natijasida hosil bo'lgan yosh organizm voyaga yetgan ota-ona organizmidan tana tuzilishi va hayot kechirish tarzi bilan farq qiladi. Yosh organizm postembrional davrida bir necha o‘zgarishlardan keyin yetishgan ota-ona organizmga o‘xshash bo'lib qoladi.
Rivojlanishning bu tipi o'zgarishli rivojlanish yoki metamorfoz deyiladi.
Hayvonlarning rivojlanishi va o'sishi ular hayotining dastlabki davrlariga to'g'ri keladi. Tana qoplag'ichi yumshoq bo'lgan hayvonlarning o'sishi to'xtovsiz, deyarli bir me’yorda boradi. To’garak chuvalchanglar, bo’g'imoyoqlilar va boshqa bir qancha hayvonlarning tanasi qattiq po'st bilan qoplangan. Qattiq po'st o'sishga to'sqinlik qiladi. Shuning uchun bu hayvonlarning o'sishi tullashdan so'ng, ya’ni eski qattiq po'stni tashlagandan so'ng boshlanib yangi po'st qotib o'sishga to'sqinlik qilguncha davom etaveradi.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin