K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə12/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71
УМК 2023 (2)

Nerv sistemasi va sezgi a’zolari. Ko’pchilik hayvonlar faol harakat qilib, o’z ozig’ini topadi va dushmanlaridan saqlanadi. Bu esa tashqi muhitni doimo o’zgarib turishiga sabab bo’ladi. Nerv sistemasi hayvonlarni o’zgarib turadigan tabiiy muhitga moslashuviga, binobarin ularni yashab qolishiga imkon beradi. Shuning uchun hamma ko’p hujayrali hayvonlarda nerv hujayralari va sezgi organlari rivojlangan. Tuban ko’p hujayralilarda (bo’shliqichlilar) nerv hujayralari tanada tarqoq joylashgan,ya’ni markazlashmagan bo’ladi.
Evolyutsiya jarayonida tana tuzilishining murakkablashuvi va hayvonlarning harakatchanligi ortishi bilan nerv sistemasi ham murakkablasha boradi. Birmuncha sodda tuzilgan ko’p hujayralilarning nerv sistemasi tanasining oldingi qismida joylashgan nerv tugunlari va ulardan tana bo’ylab oldinga va orqaga ketuvchi nerv stvollaridan iborat. Tanasi bo’g’imlarga bo’lingan va yurish oyoqlari rivojlangan halqali chuvalchanglar va bo’g’imoyoqlilarning markaziy nerv sistemasi xalqumusti nerv gangliylari va qorin nerv zanjirini hosil qiladi. Umurtqali hayvonlarning markaziy nerv sistemasi bosh va orqa miyadan iborat.
Nerv sistemasining ta’siriga beradigan javobi refleks deb ataladi. Reflekslar shartsiz (tug’ma) va shartli (hayot davomida hosil qilingan) bo’lishi mumkin. Sodda tuzilgan hayvonlarda faqat oddiy shartsiz reflekslar hosil bo’ladi. Nerv sistemasi yaxshi rivojlangan hayvonlar (masalan hasharotlar, umurtqalilar) da juda xilma xil to’qima reflekslar rivojlangan. Hayvonlarning to’qima nerv faoliyati instinkt deb ataladi.
Sezgi organlari muhitdan keladigan ta’sirotlarni qabul qilish va ularni markazga uzatish vazifasini bajaradi. Bir hujayrali hayvonlar ham muhitning turli ta’sirotlarini qabul qilish va unga javob berish xususiyatiga ega. Suvda yashovchi bir hujayralilar suvning tarkibiga va haroratiga ta’sirchan bo’ladi, Ayrim yashil xivchinlilarda yorug’likni sezuvchi qizil pigment ko’zchasi bo’ladi. Bir muncha murakkab tuzilgan hayvonlarda ko’rish, eshitish, ta’m bilish, hid bilish va tuyg’u a’zolari rivojlangan. Sezgi a’zolari xilma xil tuzilgan va tananing turli qismlarida joylashgan bo’lishi mumkin.
Sezgi organlarida ta’sirotni qabul qiluvchi nerv uchlari retseptorlar joylashgan.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin