K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor


Hayvonlar hayotining asosiy xususiyatlari



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə9/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71
УМК 2023 (2)

Hayvonlar hayotining asosiy xususiyatlari
Hayvonlar zamburug’lar va ko’pchilik bakteriyalar singari geterotrof organizmlar bo’lib, tayyor organik moddalar hisobiga oziqlanadi. Ko’pchilik hayvonlar faol hayot kechiradi, bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yura oladi va har xil harakatlar qiladi. Ular tanasida moddalar almashinuvi ham faol kechadi. Shuning uchun hayvonlar organizmida evolyutsiya jarayonida turli organlar sistemasi hosil bo’lgan. Ko’p hujayrali yuksak tuzilgan hayvonlarda ovqat hazm qilish, ayirish, nafas olish, qon aylanish, tayanch harakat, jinsiy va nerv sistemalari rivojlangan. Hayvonlar bilan boshqa tirik mavjudotlar o’rtasidagi tafovutlar ancha murakkab tuzilgan formalar o’rtasida ko’proq yuzaga chiqadi. Sodda tuzilgan organizmlar o’rtasida esa yuqorida ko’rsatib o’tilgan tafovutlar yaqqol ko’zga tashlanmaydi. Xususan, bir hujayrali hayvonlar (xivchinlilar) orasida o’simlikka o’xshash fotosintez qiluvchi bir qancha avtotrof turlari ham bor. Xuddi shuningdek, bir hujayrali o’simliklar (yashil suv o’tlari) orasida ham faol harakat qiladigan turlari bo’ladi.
Hayvonlar tanasida moddalar almashinuvining borishi. Oziqlanish orqali organizmga oziq moddalar, suv va kislorod o’tadi. Bu moddalardan assimilyatsiya reaksiyalari natijasida hayvonlar hayoti uchun zarur bo’lgan yangi moddalar hosil bo’ladi. Dissimilyatsiya reaksiyalari natijasida hayvonlar tanasidagi organik moddalar (yog’lar, uglevodlar) parchalanib, energiya ajralib chiqadi va organizm uchun keraksiz moddalar (karbonat angidrid gazi, azotli mahsulotlar) hosil bo’ladi. Oziq moddalar, suv va kislorod tananing turli qismlariga yetkazib beriladi, parchalanish mahsulotlari esa tanadan chiqarib tashlanadi. Ko’pchilik tirik organizmlarda assimilyatsiya va dissimilyatsiya mahsulotlari suvda erigan holda hujayra qobig’i orqali organizmga o’tadi va chiqarib tashlanadi. Moddalarning organizm ichidagi bunday harakatlanishi diffuziya deyiladi. Bir hujayrali va tuban ko’p hujayrali hayvonlar tanasida boradigan modda almashinuv jarayonlarida diffuziya asosiy o’rin tutadi.
Hayvonlar tanasinnng yiriklashuvi va tuzilishining murakkablashuvi bilan organizmda moddalarni tashish funksiyasini bajaruvchi maxsus organlar paydo bo’ladi. Bo’shliqichlilarda bu vazifani tana bo’shlig’i, yassi chuvalchanglarda esa shoxlangan ichaklar, to’garak va halqali chuvalchanglar hamda bo’g’imoyoqlilarda tana suyuqligi bajaradi. Yuksak tuzilgan hayvonlarda moddalar almashinuvi va qon aylanish sistemasi asosiy o’rin tutadi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin