K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə7/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71
УМК 2023 (2)

To’qimalar. Ko’p hujayrali hayvonlar hujayralarining shakli, tuzilishi va organizmidagi funksiyalar turlicha bo’ladi. Tuzilishi va funksiyalari bilan o’xshash bo’lgan hujayralar to’qimalarni hosil qiladi.
Hayvonlar organizmida epiteliy (qoplovchi), biriktiruvchi, muskul va nerv to’qimalari bo’ladi.
Epiteliy to’qimasi yassi kubsimon yoki silindrsimon hujayralardan tashkil topgan. Uning hujayralari o’zaro zich joylashgan bo’lib, oraliq moddasi juda kam bo’ladi. Bu to’qima hayvon tanasi sirtini qoplab turuvchi terini hosil qiladi. Tana bo’shlig’i, ichak devori va ichki organlar bo’shlig’ining ichki yuzasi ham shu to’qima bilan qoplangan. Epiteliy organizmni tashqi va ichki muhitning zararli ta’siridan himoya qiladi. Chuvalchanglar tanasi sirtidagi kutikulasi, bo’g’imoyoqilarning xitin qoplag’ichi, umurtqali hayvonlarning juni, pat, pari va tirnoqlari teri epiteliysidan hosil bo’ladi. Epiteliy sekretsiya funksiyasini ham bajaradi. Masalan, ichak va oshqozon devori bezlari hazm shirasi, ichki sekretsiya bezlari epiteliysi gormonlar ishlab chiqaradi. Teridagi maxsus epiteliy hujayralari teri sirtiga ter va sut ishlab chiqaradi.
Biriktiruvchi to’qima hujayralararo moddaning hujayralarga nisbatan ko’pligi bilan boshqa to’qimalardan farq qiladi. Bu modda qattiq yoki suyuq bo’lishi mumkin. Organizmda biriktiruvchi to’qima organlar va to’qimalarni bir biri bilan tutashtirib turish, tayanch (skelet) hosil qilish, organizmni oziq moddalar va kislorod bilan ta’minlash, zahira oziq to’plash va boshqa bir qancha vazifalarni bajaradi. Bo’shliqichlilar tipiga mansub hayvonlarning shilimshiq moddaga o’xshash biriktiruvchi to’qimasida oziq taqsimlash, skelet hosil qilish, jinsiy hujayralar hosil qilish kabi turli vazifalarni bajaruvchi har hil hujayralar bo’ladi. Yassi chuvalchanglar tanasidagi ichki organlar oralig’ini to’ldirib turuvchi parenxima g’ovak tolali biriktiruvchi to’qimaga misol bo’ladi. Bu to’qima ichki muhit vazifasini bajaradi.
Ba’zi umurtqasiz hayvonlar va hamma umurtqalilarning turli organlari va teri osti qavati tarkibiga zich biriktiruvchi to’qima kiradi. Nafas olish organlari va qon tomirlari devori hamda terining qayishqoqligi ana shu to’qima hujayralararo moddasida joylashgan tolalar xossasiga bog’liq bo’ladi. Tayanch skelet vazifasini bajaruvchi pay va suyak to’qimalari ham tiniq tolali to’qimalarga misol bo’ladi.
Qon suyuq biriktiruvchi to’qimadan iborat. Umurtqali hayvonlar qoni hujayralardan va qon zardobidan iborat. Qon zardobi shu hujayralararo moddani, qon hujayralari (eritrotsitlar, leykotsitlar va boshqalar) to’qima hujayralarini hosil qiladi. Umurtqasiz hayvonlarning qoni ko’pincha rangsiz, kislorod tashuvchi gemoglobin oqsili qon zardobi tarkibiga kiradi.
Ko’pchilik hayvonlar; (hasharotlar va umurtqalilar) uchun xos bo’lgan yog’ to’qimasi ham o’zining tuzilish xususiyatiga ko’ra biriktiruvchi to’qimaga kiradi. Yog’ to’qimasi hujayralarda zahira oziq modda yog’ to’playdi.
Muskul to’qimasi qisqarish xususiyatiga ega bo’lgan tolalardan tashkil topgan. Bu to’qimalar ikki xil: silliq va ko’ndalang chiziqli muskul to’qimalariga ajratiladi. Silliq muskullar duksimon bitta yadroli hujayralardan tashkil topgan. Ular sodda hayvonlar va bo’shliqichlilardan tashqari barcha umurtqasiz hayvonlar va umurtqali hayvonlarning ichki organlari tarkibiga kiradi. Bu muskullar kuchsiz, lekin bir maromda qisqaradi. Ko’ndalang chiziqli muskullar ko’p yadroli uzun tolali hujayralardan iborat. Bu xildagi muskullar bo’g’imoyoqlilar, qisqichbaqasimonlar, o’rgimchaksimonlar va hasharotlarning harakat organlari, umurtqali hayvonlarning skeleti bilan bog’langan. Ko’ndalang chiziqli muskullar har xil kuch bilan qisqarishi mumkin.
Nerv to’qimasi nerv hujayralaridan va hujayra oralig’i moddalaridan tashkil topgan. Nerv to’qimasi tashqi muhitdan va organizmning o’zidan keladigan qo’zg’alishni qabul qilish va o’tkazish vazifasini bajaradi. Nerv hujayralari dastlab tuban ko’p hujayralilardan bo’shliqichlilarda paydo bo’ladi. Yassi chuvalchanglarda nerv hujayralari markazlashgan bosh nerv tugunini hosil qiladi. Bo’g’imoyoqlilar va umurtqali hayvonlarning nerv hujayralari yanada kuchliroq markazlashishi natijasida markaziy nerv sistemasini hosil qiladi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin