K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə8/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71
УМК 2023 (2)

Organlar va organlar sistemasi. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan to’qimalar organlarni tashkil etadi. Har qaysi organ tarkibiga bir necha xil to’qima kiradi. Har bir organ organizmda ma’lum bir vazifani bajarishga moslashgan bo’ladi. Bir biri bilan uzviy bog’langan va organizmda bitta umumiy vazifani bajaradigan organlar sistemaga birlashtiriladi. Masalan, og’iz bo’shlig’i, halqum, oshqozon, ichaklar va ovqat hazm qilish bezlari ovqat hazm qilish sistemasini tashkil etadi. Evolyutsion taraqqiyotning birmuncha yuqori pog’onasida joylashgan hayvonlarda ovqat hazm qilish, nafas olish, ayirish, tayanch-harakat, qon aylanish, nerv va boshqa bir qancha organlar sistemalari rivojlanadi.
Tana simmetriyasi. Simmetriya hayvonlar tanasinnng o’xshash qismlarini simmetriya markazi (nuqta, to’g’ri chiziq yoki yuza) atrofida ma’lum bir geometrik tartibda mutanosib joylashuvidan iborat. Tana simmetriyasi uzoq davom etib kelayotgan evolyutsion taraqqiyot natijasi bo’lib, yashash muhiti bilan chambarchas bog’liq. Hayvonlar tana simmetriyasining asosiy xillari quyidagilardan iborat.
1. Radial nurli, ya’ni teng o’qli simmetriya suvda qalqib hayot kechiradigan sharsimon plankton hayvonlar (quyoshlilar, nurlilar, volvokslar va boshqalar) da ko’rish mumkin. Ular tanasinnng o’xshash qismlari bir nuqtadan tarqaladigan radial nurlar yo’nalishida joylashgan.
Radial nurli simmetriya suv muhitida qalqib turuvchi hayvon yashab turgan muhitining tananing hamma tomonida bir xil bo’lishi bilan bir xildagi tana simmetriyasiga ega bo’lgan hayvonlar tashqi muhit ta’siriga javob reaksiyasi ham tananing hamma tomonida bir xilda bo’ladi.
2. Radial o’qli simmetriya suv tubida o’troq yashaydigan bo’shliqichlilar va ularning erkin yashovchi meduzalari, shuningdek taroqlilar va ninaterililar uchun xosdir. Radial o’qli simmetriyaga ega bo’lgan hayvonlar tananing o’xshash qismlari aylanish o’qi atrofida joylashgan. Hayvonlar tanasidagi simmetrik bo’laklar soni tana sirtida joylashgan paypaslagichlar (bo’shliqichlilar, taroqlilar, g’ovaktanlilar) yoki tana markazidan ketuvchi nurlar soni bilan belgilanadi.
Ninaterililar ya’ni ikki yoqlama simmetriya juda ko’pchilik harakatchan umurtqasiz hayvonlar va hamma umurtqali hayvonlar uchun xos bo’ladi. Bu hayvonlar tanasini markaziy o’q orqali o’tadigan yagona chiziq orqali faqat ikkita teng bo’laklarga ajratish mumkin. Bilaterial simmetriyasiga ega bo’lgan hayvonlar tanasining chap va o’ng yarmini, oldingi (bosh) va keyingi (dum), orqa (yelka) va qorin tomonlarini aniq ajratib olish mumkin. Odatda radial nurli tana simmetriyasi faqat bir hujayralilar, radial o’qli simmetriya birmuncha sodda tuzilgan umurtqasizlar uchun xarakterlidir.
Shuning bilan birga ayrim hayvonlar tanasi simmetriyasiz tuzilmagan bo’ladi. Bunday hayvonlarga sodda tuzilgan yalang’och amyobalar bilan bir qatorda qorin oyoqli mollyuskalar ham misol bo’ladi. Qorin oyoqlilar tanasining assimmetrik tuzilishi spiral chig’anoqning hosil bo’lishi bilan tananing bir tomonga buralishi natijasida kelib chiqan bo’lib, ikkilamchi xarakterga egadir.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin