K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə16/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71
УМК 2023 (2)

1. Amyobalar turkumi (Amoebina). Sodda tuzilgan, qattiq skelet yoki chig’anog’i rivojlanmagan ildizoyoqlilarni o’z ichiga oladi. Ko’pchilik turlari chuchuk suvlarda, ayrim vakillari tuproqda va dengiz suvida hayot kechiradi. Bir qancha turlari odam va hayvonlarning ovqat hazm qilish sistemasida parazitlik qiladi. Har xil turlari bir-biridan katta-kichikligi va psevdopodiylarining tuzilishi bilan farq qiladi. Kichik chuchuk suv havzalarining chirindiga boy loyli tubida ancha yirik (0,5 mm) oddiy amyoba uchraydi. Tanasi tiniq sitoplazmadan tashkil topganligi uchun uni oddiy ko’z bilan payqab olish qiyin.
Amyobaning psevdopodiylari uzun va to’mtoq uchli (lobopodiylar) bo’ladi. Psevdopodiylar shakli va soni doimiy bo’lmaydi. Qulay sharoitda amyoba doimo harakat qilib turadi. Uning harakatlanishi bir tomchi suvning oqishiga o’xshaydi. Sitoplazmasi yangidan hosil bo’layotgan psevdopodiylari tomoniga oqib o’tishi tufayli amyoba siljiydi. Turli tashqi omillar (harorat, yorug’lik, kimyoviy moddalar) amyoba harakatiga ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sirlar amyobada to’g’ri yoki aks taksis paydo qiladi; natijada amyoba u yoki bu tomonga harakat qiladi.
Psevdopodiylar oziqni qamrab sitoplazmaga о’tkazish funksiyasini ham bajaradi. Amyobalar sitoplazmasiga oziq modda har xil usulda o ‘tadi. Bir xil amyobalar (masalan, A. proteus) psevdopodiylari oziq zarrasini ikki tomonidan oqib o’tib qamrab olsa, boshqalari ipsimon suv o'tlarini harakat qilmasdan sitoplazmasiga tortib oladi. Avval suv o ‘tining bir uchi amyoba tanasi sirtiga yopishib qoladi, so’ngra sitoplazmaga botib kirib, hazm suyuqligi ta’sirida spiralga o’xshab o’raladi. Sitoplazmaga o’tgan oziq zarrasi atrofiga hazm suyuqligi ajralib, ovqat hazm qilish vakuolasi shakllanadi. Oziqning hazm bo’lgan qismi sitoplazmaga so’riladi; hazm bo’lmagan qismi esa sitoplazmaning to’g’ri kelgan joyidan tashqi muhitga chiqarib tashlanadi. Oziq moddalarning hujayra ichiga tortib olinib, hazm qilinishi fagotsitoz deb ataladi. Ko’pchilik bir hujayralilar va tuban tuzilgan ko’p hujayralilar fagotsitoz usulida oziqlanadi. Amyobalar sitoplazmasi aniq ikki qismdan iborat. Sitoplazmaning tashqi birmuncha yupqa, lekin tiniq va quyuqroq qatlarni ektoplazma, ichki suyuqroq va donador qatlami endoplazma deb ataladi. Bu ikki qatlam o’rtasida aniq chegara bo’lmaydi. Psevdopodiylar hosil bo’lishi jarayonida oqib kelayotgan sitoplazmaning sirtqi qismi yelimga o’xshash quyuqlasha borib, ektoplazmaga aylanadi. O’sha daqiqada tanasining qarama-qarshi tomonidagi ektoplazmasi suyuqlashib, qisman endoplazmaga aylanadi.
Amyobaning endoplazmada hazm qiluvchi vakuloalar bilan birga tiniq va yirik pufakcha shaklidagi qisqaruvchi vakuol joylashgan. Bu vakuol bir daqiqa yo’qolishi va yana hosil bolishi mumkin. Vakuol sitoplazmadan sizib o’tadigan suyuqlik bilan to’lib turadi. Uning o’lchami ma’lum bir darajaga yetgach, qisqarish sodir bo’ladi va suyuqlik maxsus teshikcha orqali sitoplazmadan chiqarib tashlanadi. Oddiy amyoba vakuolining suyuqlik bilan to’lishi va qisqarishi xona haroratida 5-8 minut davom etadi.
Qisqaruvchi vakuol tana bosimini muqobillashtirib turuvchi osmoregulyatsiya organoidi hisoblanadi. Tashqi muhitdan amyoba sitoplazmasiga sizib o’tadigan suvning ortiqcha qismi ana shu yo’l bilan chiqarib turiladi. Vakuoldagi suyuqlik bilan birga hujayrada hosil boladigan modda almashinish mahsulotlari ham chiqarab yuboriladi. Vakuol ishlashi natijasida sitoplazma orqali doimo suv oqib turadi. Amyoba ana shu tarzda suv tarkibidagi kislorod bilan nafas oladi. Amyoba endoplazmasida faqat bitta yirik yadro bo’ladi, lekin tirik hayvonda uni payqab olish qiyin. Yadroni maxsus bo'yovchi moddalar bilan ishlangan preparatlarda ko’rish mumkin. Amyoba faqat ikkiga bo’linish orqali jinssiz ko’payadi. Bu jarayon haqiqiy mitozdan iborat bo’lib, dastlab yadro moddalari teng ikkiga ajraladi: so’ngra amyoba tanasi bo’linadigan joyidan siqilib, ikkiga ajraladi va har qaysi bo’lagidan bittadan yadro hosil bo’ladi. Bo’linish haroratga bog’liq bo’lib, 1-2 sutka davom etadi. Jinsiy ko’payish faqat ayrim turlarda (Amoeba diploida) aniqlangan.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin