Amaliy mashg’ulot-3. Foraminiferalar turkumi. Vakil: Elphidium crispa. Tuzilishi va ko’payishi. Kerakli jihozlar: Elphidium crispa tuzilishini va harakatlanishini aks ettiruvchi jadvallar, mikroskoplar, buyum va qoplagich oynalar, tomizgichlar, filtr qog’ozining bo’lakchalari.
Foraminiferalarning tuzilishi. Foraminiferalar dengiz va okean hayvonlari, 0’rta Osiyoning sho’rlangan yer osti va quduq suvlarida uchraydi. Ularning sitoplazmatik tanasi turli shakldagi qum va ohaktoshdan tarkib topgan chig’anoq ichida joylashgan. Chig’anog'i himoya vazifasini bajaradi. Foraminiferalar turlariga qarab chig’anoqlari bir kamerali va bir-biri bilan tutashgan ko’p kamerali bo’ladi.
Ko’p kamerali foraminiferalar o’z hayotining dastlabki davrini bitta kamerali chig’anoqda yashashdan boshlaydi. Keyinchalik uning yonida boshqa kameralar hosil bo’ladi. Ammo birinchi paydo bo’lgan chig’anoq kamerasi keyingilariga nisbatan kichik bo’ladi. U embrion kamera deb ataladi. hamma kameralar bir-biridan ular orasidagi to’siqlar bilan ajralib turadi, ammo bu to’siqlarda ko’p mayda teshikchalar mavjud. Shuning uchun ham foraminiferalaming protoplazmatik tanasi bir xonadan ikkinchi xonaga o’tib turadi. Ba'zi foraminiferalaming chig’anoqi devorida mayda teshikchalar bo’ladi. Ular orqali soxta oyoqlari chiqib turadi. Agar bunday teshikchalar bo’lmasa, oyoqlar chig’anoqning oxirgi kamerasidan tashqariga chiqadi.
Foraminiferalar jinssiz va jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Ko’p kamerali elfidium foraminiferasida jinssiz ko’payishi quyidagicha sodir bo’ladi: elfidiumning mikrosferik individida dastlab yadrolar bir necha marta ketma-ket bo’linib, ulaming soni bir necha yuztagacha boradi. Keyin uning protoplazmasi ham yadrolar soniga barobar bo’laklarga ajraladi. Natijada, bir yadroli mayda individlar hosil bo’ladi. Yosh individlar chig’anoqdan tashqariga chiqqandan so’ng, uning atrofida bir kamerali chig’anoq hosil bo’ladi. Shundan keyin uning yonidan navbatdagi kameralar ham shakllanadi. Ana shu yo’l bilan har bir yosh individlardan ko’p kamerali foraminiferalar hosil bo’ladi. Jinssiz yo’l bilan hosil bo'lgan navbatdagi stadiya makrosfera deb ataladi. Makrosfera faqat jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Bunda ulaming yadrosi ham ko’p marta bolinadi, protoplazmasi ham yadrolar soniga muvofiq ravishda ajraladi, lekin bu individlarda xivchinlar boladi. Bular jinsiy hujayralar, ya'ni mikro va makrogametalardir.
Mikro va makrogametalaming qo’shilishidan zigota hosil bo’ladi. Zigota rivojianib, undan mikrosfera shakllanadi va yuqorida qayd qilganimizdek, faqat jinssiz yoki bilan ko’payadi. Shunday qilib foraminiferalarda nasl almashinuvi sodir bo’lib turadi, ya'ni jinssiz ko’payish yoki bilan makrosfera, jinsiy ko'payish orqali esa mikrosferalar hosil bo’ladi.