Mikroskop bilan ishlash tatibi. Mikroskopni stol ustida shtativ dastasini o’zingizga qaratib qo’ying.
Mikroskop bilan ishlaganda awalo okulyarga chap ko’z bilan qarab, mikroskop oynasini yoruglik manbai (deraza, lampa) tomon aylantirib tubusning ichki tomonida yorug’ doira, ya'ni ko’rish maydonini hosil qiling. So’ngra buyum stolchasidagi teshik ustiga 8x ob'ektivni qo’ying. Preparat shishasini buyum stolchasiga shunday qo’yish kerakki, tekshirilayotgan ob'ekt stolcha markazidagi teshikchaga to’gri bolsin. Keyin stolchaga qarab tubusni preparatga yaqin kelguncha pastga tushiring. So’ngra okulyarga qarab ob'ekt ko’ringuncha makrovintni o’zingiz tomon burang, ya'ni tubusni sekin-asta yuqori ko’taring. Keyin mikro- vintdan foydalanib tekshiriladigan ob'ektni aniqlang.
Mikroskopda katta ob'ektni kuzatish uchun tubusni ko’tarmasdan (aks holda ob'ekt ko’rinmay qoladi), revolverni burab, zarur bolgan ob'ektiv qo’yiladi. So’ngra okulyar orqali qarab turib, mikrovint bilan tubus pastga tushiriladi va ob'ekt aniqlanadi. Mikroskop bilan birinchi marta ish boshlaganda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
1. Mikroskop bilan ish boshlashdan oldin kondensor yuqoriga ko’tariladi, diafragma ochiladi va kichik ob'ektiv (8x) ob'ekt ustiga keltiriladi.
2. 8x va 40x ob'ektivlar bilan ishlaganda botiq ko’zgudan, 90x raqamli (yog’li sistema) ob'ektiv bilan ishlaganda esa tekis ko’zgudan foydaianiladi.
3. Preparatdagi ob'ekt o’rganila boshlaganda kichik (8x) ob'ektiv ishlatiladi. Zarur bo'lganda esa katta ob'ektivga ko’chiriladi.
4. Mikroskop tubusini pastga tushirganda, ob'ektiv preparatga tegmasligi uchun albatta buyum stolchasiga qarab turish kerak, aks holda ob'ektiv va o’rganilayotgan preparat sinishi yoki buzilishi mumkin.
5. Mikroskop yordamida ob'ektlarni tekshirganda chap ko’z bilan okulyarga, o’ng ko’z bilan esa qog’ozga qarab ob'ektning rasmini chizish lozim. Bunda o’ng ko’zni yopish yaramaydi. Chap qo’l bilan mikrovintni biroz aylantirib, preparatni turli chuqurlikdagi sathini ko’rish mumkin.
6. Mikroskop bilan juda ehtiyot bo’lib ishlash kerak, ayniqsa uning linzalardan iborat bo'lgan okulyar va ob'ektivlarini yumshoq oq-toza gazlamadan tayyorlangan ro’molcha bilan tozalash maqsadga muvofiq.