K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə43/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71
УМК 2023 (2)

Amaliy mashg’ulot-2.
Amyobalar turkumi. Vakil: Oddiy amyoba. Tuzilishi va ko’payishi.
Kerakli jihozlar: amyoba tuzilishini va harakatlanishini aks ettiruvchi jadvallar, mikroskoplar, amyobaning bo’yalgan tayyor mikropreparatlari, tirik amyobalar mavjud bo’lgan suv, buyum va qoplagich oynalar, tomizgichlar, filtr qog’ozining bo’lakchalari, arcella va difflyugiyalar mavjud bo’lgan suv, mum yoki plastilin bo’lakchalari.
Amyoba chiriyotgan o’simlik qoldiqlari orasida ko’lmak suvlarda, hovuzlarda uchraydi. U bir hujayrali suv o’tlari va bakteriyalar bilan oziqlanadi. Kattaligi 0,4-0,5mm bo’lib, sitoplazmadan iborat (2-rasm). U ikki qavatdan: amyoba tanasini ko’plab turuvchi va uni tashqi ta’sirlardan saqlaydigan shishasimon tiniq va quyuq qavat - ektoplazmadan, nisbatan suyuqroq, donador tuzilishiga ega bo’lgan ichki qavat - endoplazmadan iborat. Bu ikkala qavat bir xil, kolloid moddaning ikki xil holatda bo’lib ko’rinishidir. Ular orasida ajratib turadigan chegara moddalar bo’lmaydi. Shuning uchun ham, ularni biri ikkinchisiga aylanishi mumkin.





2-rasm. Oddiy amyoba (Amoeba proteus)
1-ektoplazma; 2-endoplazma; 3-qisqaruvchi vakuola;
4-ovqat hazm qilish vakuolasi; 5-yadro.

Amyoba tanasining biror qismida soxta oyoqlar hosil bo’lib, qarama-qarshi tomonida esa ular qisqarib, sitoplazmaga qo’shilib ketadi. Natijada amyobaning sitioplazmasi oqib borayotganga o’xshab ko’rinadi, aslida sitoplazmaning ma’lum bir qismlari bilan substratga tayanib, amyoba "qadamlab" harakatlanadi. Soxta oyoqchalar - psevdopodiyalar harakatlanish organioidlari bo’libgina qolmasdan, ular ovqat moddalarini qamrab olish vazifasini ham bajaradi. Bu esa amyobaning fagocitoz usuli bilan oziqlanishidir. Keyingi vaqtda elektron mikroskoplar yordamida amyobaning ikkinchi xil - pinocitoz usuli bilan ovqat moddalarini qabul qilishi ham aniqlangan. Bu yo’l bilan faqat suyuq mahsulotlar suriladi. Amyobaning tashqi qavatidan sitoplazmaga tomon ingichka naysimon kanal botib turadi. O’ngga amyoba atrofidagi suyuq modda suriladi. Keyingi pinocitozda vakuola uzilib sitoplazmaga tushadi.


Qamrab olingan ovqat moddasi bir oz suv bilan birga sitoplazmaga o’tadi va uning atrofida hazm vakuolasi hosil qiladi. Amyobaning ovqat modda bilan uchrashgan turli qismida bu vakuolalar paydo bo’ladi. Sitoplazmaning fermentlari ta’sirida vakuolada ovqat hazm bo’ladi, qoldiq moddalar esa amyoba tanasining har xil joyidan hazm vakuolasining yorilishi natijasida chiqariladi. Amyoba hayotida qisqaruvchi vakuola ham muhim ahamiyatga ega. Sitoplazmada yig’ilgan suv va qisman qoldiq moddalar bilan to’la boshlaganda vakuolaning hajmi kattalashadi keyin hujayra membranasiga yaqinlashadi va yoriladi, suv esa amyoba tanasini qoplab to’rgan membrana teshikchalari orqali tashqariga chiqariladi. Uy haroratida qisqaruvchi vakuola har 5-8 daqiqada bir marta qisqaradi.
Sitoplazmada erigan tuzlarning miqdori atrof muhitidagidan ko’p bo’lganligi sababli osmotik bosim ham yuqori bo’ladi. Shuning uchun amyoba tanasiga doim suv kirib turadi. Natijada sitoplazmada to’planadigan ortiqcha suvni chiqarishda qisqaruvchi vakuola ishtirok etib, u osmoregulyaciya (osmotik bosimni boshqarish) vazifasini bajaradi. Suv bilan birga kislorod sitoplazmaga o’tadi, oqsil va uglevodlarning parchalanishidan hosil bo’ladigan qoldiq moddalar, karbonad angidrid gazlari esa chiqariladi. Demak, qisqaruvchi vakuola qisman ayrish va nafas olish vazifalarini bajaradigan organoid hamdir.
Amyobaning endoplazmasida yadro joylashgan. Lekin uni maxsus bo’yalgan mikropreparatlardagina kuzatish mumkin. Amyoba faqat bo’linish yo’li bilan jinssiz ko’payadi. Ovqat moddalari yetarli bo’lganida, 20-250 temperaturada 1-2 sutka davomida u bir marta bo’linadi.


Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin