K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə51/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71
УМК 2023 (2)

Amaliy mashg’ulot-10.
Qon sporalilar turkumi. Vakil: Plasmodium vivax. Tuzilishi va ko’payishi.
Kerakli jihozlar: qon sporalilarini tuzilishini aks ettiruvchi jadvallar, o’tkir uchli qaychilar, qisqichlar, soat oynalari, buyum va qoplag’ich oynalar, to’g’nag’ichlar, fiziologik eritma, tomizgichlar, suvarak ichki organlarini ochish uchun vannachalar, preparoval ninalar.
Qon sporalilari (Haemosporidia) turkumi. Qon sporalilari ho’jayin almashtirib rivojlanadigan bir necha o’nlab turlarni o’z ichiga oladi. Ularning jinsiy ko’payishi qon So’ruvchi pashshalar ichagida, jinssiz ko’payishi esa odam va boshqa umurtqalilar (qushlar, sutemivchilar, sudralib yuruvchilar) organizmida boradi. Pashshalar ularning asosiy ho’jayini, odam va umurtqali hayvonlar esa orqaliq ho’jayini hisoblanadi. Qon sporalilarining sporogoniyasi (spora ichida ko’payishi) hech vaqt tashqi muhitda emas, balki odatda pashshalar organizmida boradi. Bu hasharotlar qon sporaliparini tashuvchilar hisoblanadi.

11-rasm. Plasmodlumning hayot sikli.
Bezgak plazmodiysi (Plasmodium)ning hayot sikli. Plasmodium urug’iga odamda parazitlik qiluvchi to’rtta tur kiradi. Bu plazmodiylarning hayot sikli bir biriga o’xshash bo’lib, quyidagicha boradi. Bezgak pashshasi (Anopheles)ning urg’ochisi odam qonini so’rganida (erkak pashshalar qon so’rmasdan, balki gul nektari bilan oziqlanadi) qonga bezgak plazmodiysining juda ko’p sporozoitlarini o’tkazadi (11-rasm). Plazmodiy sporozoitlari 5-8 mkm keladigan juda kichik chuvalchangsimon bir yadroli hujayralar bo’lib, tuzilishi kokcidiyalarning sporozoitlariga o’xshaydi. Lekin qonoidi bo’lmaydi. Sporozoitlar qon oqimi bilan butun tanaga tarqalib ketadi. Ular jigar va qon tomirlari endoteliysi (ichki qoplama qavati) hujayralariga kirib olib, trofozoit va shizont stadiyalarini o’taydi. Jinssiz ko’payish (shizogoniya) natijasida shizontlardan juda ko’p bir yadroli hujayralar merozoitlar hosil bo’ladi. Merozoitlar endi zararlangan organning boshqa hujayralariga va qon eritrocitlariga kirib olib o’sadi. Parazitning eritrocitlar gemoglobini hisobida oziqlanib o’sadigan stadiyasi trofozoitlar deyiladi.
Rivojlanishning boshlanish davrida trofozoitlar tanasinnng markazida vakuoli bo’lganligi sababli o’q shaklida ko’rinadi. Keyinroq vakuola asta sekin yo’qoladi va parazit amyobasimon shaklga kiradi. Trofozoitlardan bo’linib ko’payuvchi shizontlar hosil bo’ladi. O’sayotgan trofozoitlarda kokcidiyalar merozoitlaridagiga o’xshash ultracitostom bo’lishi aniqlangan. Shizontlar eritrocit hujayrasini to’ldirib oladi. Parazit eritrotsitlar gemoglobinining bir qismini hazm qiladi, hazm bo’lmasdan qolgan qismi esa qoramtir pigment melaninga aylanadi. Har xaysi eritrocitlardagi xar bir shizont bo’linib (shizogoniya) 10-20 merozoit hosil qiladi. Merozoitlar eritrocitlarni yemirib, qon plazmasiga chiqadi va yangi eritrotsitlarga kirib oladi. Jinssiz ko’payish yana takrorlanadi.
Eritrotsitlar yemirilganida qonga melanin bilan birga zaxarli moddalar almashinuv mahsulotlari chiqariladi. Zaxarli mahsulotlar ta’sirida odam organizmida moddalar almashinuvi o’zgarib, tana xarorati keskin ko’tariladi va bezgak qila qila bonshaydi. Bir necha marta jinssiz ko’payish (shizogoniya) siklidan keyin parazit ko’payishdan to’xtaydi. Eritrotsitlarga kirgan merozoitlar o’sib, shizontlarni emas, balki bo’linmaydigan gametocitlar, ya’ni gamontlar (gameta hosil xiluvchi hujayralar)ni hosil qiladi. Eritrotsitlardagi gametocitlar ikki tipda: birmuncha yirik makrogametocitlar va kichikroq mikrogametotsitlar bo’ladi. Gametotsitlarning bundan keyingi rivojlanishi faqat bezgak pashshasi (Anopheles) tanasida davom etadi. Urg’ochi pashsha qon so’rganida uning ichidagi makrogametocitlar yirik makrogametalarga aylanadi. Mikrogametocit yadrosi bo’linib 5-6 ta chuvalchangsimon harakatchan va mayda mikrogame talarni hosil qiladi. Pashsha ichagi bo’shlig’ida mikro va makrogametalar qo’shiladi va urug’lanish sodir bo’ladi. Hosil bo’lgan zigota juda harakatchan bo’lgani sababli ookineta deyiladi. Zigota pashsha ichagi devorini teshib kiradi va uning ustki, tana bo’shlig’iga qaragan tomoniga o’tib oladi. Bu yerda zigota elastik po’st bilan o’ralib, oocistaga aylanadi. Oosista ichak devorida juda tez o’sadi, uning xajmi bir necha yuz barobar kattlashadi. U o’sgan sayin yadrosi ham ko’p marta bo’lina boradi. Bu jarayon oocista ichida juda mayda (14 mkm gacha)ingichka bir yadroli ko’p sonli (bitta oocistada 10 minggacha) harakatchan sporozoitlarni hosil bo’lishi bilan tugallanadi. Oosista qobig’i yorilgandan so’ng sporozoitlar tana bo’shlig’i suyuqligi (gemolimfa) ga chiqadi. Tana suyuqligidan sporozoitlar papppaning so’lak bezlariga, so’ng so’lak chiqaruvchi naylarga o’tib oladi. Pashsha chaqqanda parazitlar yana odam qoniga o’tadi va jinssiz sikl boshlanadi.
Shunday qilib, bezgak plazmodiylarining hayot sikli faqat ho’jayinlar (pashsha va odam) organizmida o’tadi. Shuning uchun u noqulay tashqi muhitdan himoyalanishga imkon beruvchi qattiq po’st bilan qoplangan spora hosil qilmaydi.
Odam organizmida bezgak kasalini paydo qiluvchi Plasmodium avlodining 4 turi (P.vivax, P.malariae, P.falciparum, P.ovale) uchraydi. Ular bir biridan ayrim morfologik va biologik hususiyatlari bilan farq qiladi. P.malariae turida jinssiz sikl binobarin bezgakning xuruj qilishi xar 72 soatda takrorlanib turadi. Shuning uchun bu tur paydo qiladigan kasallik 4 kunlik bezgak deyiladi. P.vivax juda keng tarqalgan qon parazita bo’lib, shizogoniya xar 48 soat davom etadi, bezgak ham xar 3 kunda xuruj qilib turadi. P.falciparum parazitida shizogoniya 24 yoki 48 soat davom etadi, lekin bezgak xuruji uzoq davom etgani sababli eng xavfli hisoblanadi. P.falciparum paydo qilgan kasallik tropik bezgak deb ataladi. P.ovale juda kam, faqat Afrikada uchraydi.
Bezgak plazmodiysi odam qoniga o’tgandan so’ng kasallik alomatlari paydo bo’lguncha birmuncha vaqt o’tadi. Bu vaqt kasallikning yashirin, ya’ni inkubaciya davri deyiladi. Bezgak kasalligining inkubaciya davri odatda 2 hafta davom etadi. Ba’zan 6 oygacha va undan ko’proq davom etishi mumkin. Kasallik xaroratning juda tez va keskin (40° va undan yuqori) ko’tarilishi bilan boshlanadi. Birozdan so’ng xarorat yana me’yorga keladi, lekin isitmalash har doim ma’lum vaqt (24, 48 yoki 72 soat) o’tgandan so’ng takrorlanib turadi. Bezgak xuruji shizogoniya natijasida xosil bo’lgan merozoitlarning eritrocitlardan qon zardobiga chiqish davriga to‘g‘ri keladi. Merozoitlarning eritrocitlarga kirib olgandan so’ng yangi shizogoniyaga qadar kasallik xuruji to’xtayi. Bezgak kasalliщda kuchli anemiya (kam qonli) lik paydo bo’ladi. 1 mm3 qondagi eritrocitlar soni normadagi 5 mlndan bir mln.gacha tushib qoladi. Kasallangan kishining qoni, jigari va talog’ida melanin to’planib qoladi. Jigar shishib ketadi.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin