K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə52/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71
УМК 2023 (2)

Amaliy mashg’ulot-11.
Platisporalilar turkumi. Vakil: Myxobolus pfeifferi. Tuzilishi va ko’payishi.
Kerakli jihozlar. Miksosporidiyalar va mikrosporidiyalarga oid bo’lgan mikropreparatlar, mikroskop, diafilmlar hamda mavzuga tegishli rangli jadvallar.
Miksosporidiyalar (Myxozoa) yoki Knidosporidiyalar (Cnidosporidia) tipi yaqin-yaqinga qadar sporalilar bilan qo’shib o’rganilar edi. Lekin ularning rivojlanish sikli har tomonlama chuqur o’rganilgach, morfologik va fiziologik jihatdan sporalilardan farq qilishini hisobga olib, miksosporidiyalar va mikrosporidiyalarni mustaqil tiplar darajasiga ko’tarishga imkon yaratildi.
Miksosporidiyalarda vegetativ va generativ yadrolar borligi, sporalari ko’p hujayrali murakkab tuzilishga ega ekanligi aniqlandi. Yana shuni ham aytish kerakki, miksosporidiyalarning ko’payishi va tarqalishi uchun xizmat qiladigan kapsulali sporalari deyarli hamma vaqt yetishib turishi ular uchun juda xarakterli.
Miksosporidiyalarning vakillari hayvonlarning hujayrasida parazitlik qilib yashaydi. Ularning sporalari kapsula ichida bo’ladi. Kapsulada o’ralib yotgan kuydirgich ipi bo’lib, xo’jayin ichiga tushganda ip kapsuladan otilib chiqib, ichakning epiteliysiga sanchiladi. So’ngra amyobasimon embrion sporadan chiqib xo’jayin to’qimasi ichiga kiradi.
Miksosporidiyalar tipiga 2 ta sinf kiradi. 1. Aktinomiksidiyalar yoki aktinosporalilar sinfi. 2. Miksosporalilar yoki shilimshiq sporalilar sinfi.
Aktinomiksidiyalar (Actinosporeae) sinfi vakillari asosan halqali chuvalchanglarda parazitlik qiladi va 20 dan ortiq turi bor.
Miksosporalilar yoki shilimshiq sporalilar (Myxosporea) sinfiga 1000 dan ortiq tur kiradi. Ular asosan baliqlarda parazitlik qiladi va baliqchilik xo’jaligiga katta iqtisodiy zarar yetkazadi.
MDH da bu sinf vakillarini V.A.Dogel va S.S.Shulmanlar o’rganishgan. Miksosporalilar shizogoniya, jinsiy jarayon, sporogoniya davrlari va nasllar gallanishining yo’qligi bilan sporalilardan farq qiladi.
Shilimshiq sporalilardan Myxobolus pfeifferi turi baliqlarning har xil to’qima va organlarida (jabralari, terisi, o’t pufagi va muskullarida) parazitlik qiladi. Baliqlarning terisida shishlar paydo bo’lib, ko’plab yosh baliqlar qirilib ketadi.
Miksosporalilarning o’lchami bir necha mikrondan 2 sm gacha boradi. Rivojlanishi deyarli o’z xo’jayini-baliqlarning organizmida ketadi, ya’ni baliqlar parazit sporalarini yutib zararlanadi.
Sporalari juda murakkab tuzilgan ko’p hujayrali bo’lib, qutbli kapsula va uning ichida spiral kabi o’ralgan otiluvchi iplar joylashgan. Sporalar baliqlarning hazm organlariga o’tganida ta’sirlanib, iplar kapsula ichidan tashqariga otilib chiqadi va xo’jayin to’qimasiga sanchiladi. Shu yo’l bilan sporalar organlar devoriga qattiq o’rnashib oladi va keyingi taroqqiyotini davom ettiradi. Bundan tashqari, spora ichida amyobasimon embrion, yadrolar va boshqa organellalar joylashgan.
Baliq ichiga kirgan sporalarning po’sti shiralar ta’sirida yoriladi va uning ichidan chiqqan amyobasimon embrion ma’lum to’qima yoki organga o’rnashib, ko’p yadroli, yirik vegetative shaklga aylanadi. Keyinchalik ulardan sporalar yetishadi va tashqariga-suvga chiqadi. Boshqa baliqlar ham bu sporalarni yutib zararlanadi.


Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin