K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə49/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71
УМК 2023 (2)

Amaliy mashg’ulot-8.
Koksidiyalar turkumi. Vakil: Eimeria magna. Tuzilishi va ko’payishi.


Kerakli jihozlar: Koksidiyali har xil preparatlar, quyon fekali, osh tuzi (0,75%) eritmasi, tomizgichlar, buyum va qoplag’ich oynalar, immersion ob'ektivli mikroskoplar, ko’rgazmali vositalar.

Eimeria magna ingichka, harakatchan sporozoitlar bo’ladi. Hayvonlar koksidiyalarning oosistalik stadiyasini suv yoki oziq moddasi orqali yuqtiradilar.


Quyon ichida oosistaning qobig’i erib ketadi, sporaiarning po’sti yorilib, ulardan duksimon ko’rinishdagi harakatchan sporozoitlar chiqadi va tezlikda epitelial hujayralarga kirib oladi. Epitelial hujayralarda sporozoitlar yumaloqlashib, o’sib hajmiga kattalashadi va yadrosi bir nechtaga (8-60 ta) bo’linadi. Shundan keyin yadrolar soniga qarab protoplazma ham o’shancha bo’lakka bo’linadi va yangi avlod merozoitlar shakllanadi. Merozoitlar epiteliy hujayralaridan ichak bo’shlig’iga chiqib, qaytadan sog'lom epitelial hujayralariga kirib oladi va yana jinssiz yo’1 bilan ko’payib navbatdagi avlodni hosil qiladi.
Ko’p marta bo’linish orqali jinssiz ko’payish shizogoniya deyiladi. Shizogoniya natijasida parazitlaming soni keskin ko’payib ketadi. Jinssiz ko’payish 4-5 marta takrorlangandan so’ng, merozoitlar-dan jinsiy hujayralar- makro va mikrogametositlar hosil bo’ladi. Keyinchalik har bir makrogametositdan bitta makrogameta (urg’ochi) har qaysi mikrogametositdan esa kichkina, uzunchoq va bir jufit xivchinlari bo’lgan bir nechta harakatchan mikrogametalar voyaga yetadi. Mikrogametaiar epiteliy hujayralaridan ichak bo’shlig’iga chiqib, hujayradagi kam harakatchan makrogametalar bilan qo’shiladi. Buning natijasida zigota hosil bo’ladi. Zigota o’zidan ikki qavatli mustahkam qobiq ishlab chiqarib oosistaga aylanadi. Eymeriya avlodining oosistalari faqat kislorodli muhitda rivojlana oladi. Shu tufayli oosista xo’jayinning tezagi bilan tashqi muhitga chiqadi. Tashqi muhitda oosista yadrosi ikki marta bo’linadi, ya'ni 4 ta yadro hosil bo’ladi. Yadrolar soniga qarab protoplazma ham o’shanchagacha ajraladi va oosistada sporoblastlar shakllanadi. Keyinchalik sporoblastlardan sporalar, sporalar ichida esa ikkitadan sporozoitlar hosil bo’ladi. Shunday qilib oosista ichida 4 ta spora va 8 ta sporozoitlar voyaga yetadi. Oosista invazion (zararlaydigan) stadiya bo’lib, shunday oosistani o’ziga yuqtirgan hayvonlar koksidiya bilan zararlanadi.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin